13-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi tomonidan murojaatlarga doir masalalar bo‘yicha real vaqt rejimida maslahatlar berish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi negizida turli tarmoqlar va faoliyat
sohalaridan malakali mutaxassislarni maslahatchilar sifatida jalb etgan holda, murojaatlarga doir
masalalar bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarga real vaqt rejimida maslahat berish amalga
oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi negizida real vaqt rejimida maslahat
berish, bir tomondan, maslahatchilar o‘rtasida, shuningdek boshqa tomondan, o‘zini qiziqtiradigan
masala yuzasidan tezkor tartibda axborot olish istagida bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida
axborot ayirboshlash yo‘li bilan ta’minlanadi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi negizida turli tarmoqlar va faoliyat sohalaridan malakali mutaxassislarni maslahatchilar sifatida jalb etgan holda, murojaatlar real vaqt rejimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, shu jumladan davlat organlarining, tashkilotlarining ishonch, tezkor aloqa telefonlari orqali va videokonferensaloqa vositasida ham berilishi
mumkin. Hozirgi kunda jismoniy va yuridik shaxslar o‘z murojaatlarini pm.gov.uz saytidagi maxsus murojaat shaklini to‘ldirish orqali, 0-800-210-00-00 murojaatlar raqamiga yoki 1000 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish yoki Xalq qabulxonalariga tashrif buyurib yo‘llash imkoniyatiga ega. Shuningdek, fuqarolar Virtual qabulxonada shaxsiy kabinet ochishlari mumkin. “Fuqarolarning shaxsiy kabineti” modulidan ko‘zlangan maqsad — fuqarolarga virtual qabulxona tizimida ishlashda yuqorida darajada qulaylik yaratish, muayyan shaxsning murojaati bilan bog‘liq barcha yozishmalarni bir joyda saqlashdan iborat. Shaxsiy kabinetga ega bo‘lgan murojaat qiluvchilar har bir yangi murojaatni yuborishda shaxsiy ma’lumotlarni takroran kiritishlariga zarurat tug‘ilmaydi. Shaxsiy kabinetda murojaatchining davlat organlari bilan barcha yozishmalari (barcha murojaatlar va javob xatlari) saqlanadi, bu esa aniq murojaatni va unga javobni topish jarayonini osonlashtiradi.