Kiritish haqida


xavfsizligining kafolatlari



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/22
tarix20.11.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#165997
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
O‘RQ-445 11.09.2017

xavfsizligining kafolatlari 
Jismoniy shaxsni, uning vakilini, ularning oila a’zolarini, yuridik shaxsni, uning vakilini va yuridik 
shaxs vakilining oila a’zolarini ular o‘z huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ro‘yobga 
chiqarish yoki himoya qilish maqsadida davlat organlariga, tashkilotlarga va ularning mansabdor 
shaxslariga murojaat etganligi, shuningdek murojaatlarda o‘z fikrini bildirganligi va tanqid qilganligi 
munosabati bilan ta’qib etish man etiladi. 
4-bob. Murojaatlarni berish va ularni ko‘rib chiqish tartibi 
21-modda. Murojaatlarni berish tartibi 
Murojaatlar ularda qo‘yilgan masalalarni hal etish o‘z vakolati doirasiga kiradigan davlat organiga, 
tashkilotga yoki ularning mansabdor shaxsiga bevosita yoxud bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi 
organga beriladi. 
Oldingi tahrirga qarang. 
Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatni mustaqil ravishda berishga, shuningdek bu boradagi 
vakolatni o‘z vakiliga berishga yoxud murojaatni pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron 
shaklda yuborishga haqli. Voyaga yetmaganlar, muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati 
cheklangan shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab murojaatlar ularning qonuniy vakillari tomonidan 
qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda berilishi mumkin. 
(21-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 74-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi 
“Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi Qonuni 31-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari. 
Murojaatga u bo‘yicha ilgari qabul qilingan mavjud qarorlar yoki ularning ko‘chirma 
nusxalari, shuningdek uni ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar ilova qilinishi mumkin, 
mazkur hujjatlar qaytarilmaydi, murojaat etuvchi ularni qaytarish haqida yozma ariza bergan hollar 
bundan mustasno. Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar murojaat taalluqliligi bo‘yicha boshqa davlat organiga, 
tashkilotga yoki ularning mansabdor shaxsiga yuborilganda murojaatga ilova qilinishi kerak. 
Murojaat pochta aloqa vositasi orqali konvertda kelib tushganda konvertda murojaat va unga ilovalar 
mavjudligi tekshiriladi. Konvertda murojaat mavjud bo‘lmasa yoki u shikastlangan bo‘lsa, 
shuningdek murojaatda ko‘rsatilgan ilovalar mavjud bo‘lmasa, dalolatnoma tuzilib, uning bir nusxasi 
murojaat etuvchiga konvertda ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha yuboriladi. 



Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin