Kiritish haqida


-modda. Murojaatlarni ko‘rib chiqishda davlat organining, tashkilotning va ular



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/22
tarix20.11.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#165997
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
O‘RQ-445 11.09.2017

33-modda. Murojaatlarni ko‘rib chiqishda davlat organining, tashkilotning va ular 
mansabdor shaxslarining huquqlari va majburiyatlari 
Murojaatlarni ko‘rib chiqishda davlat organi, tashkilot va ularning mansabdor shaxslari quyidagi 
huquqlarga ega: 
murojaatni ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan axborotni belgilangan tartibda so‘rash va 
olish; 
murojaat qiluvchi yoki boshqa shaxs yo‘qligida murojaatni ko‘rib chiqish mumkin 
bo‘lmaganda yoxud murojaatni eshitish uchun uni chaqirish; 
bila turib yolg‘on ma’lumotlar ko‘rsatilgan murojaatni tekshirish sababli yetkazilgan 
xarajatlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risida sudga murojaat qilish. 
Oldingi tahrirga qarang. 
Davlat organi, tashkilot va ularning mansabdor shaxslari qonunchilikka muvofiq boshqa 
huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 
(33-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Davlat organi, tashkilot va ularning mansabdor shaxslari: 
Oldingi tahrirga qarang. 
murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi; 
(33-moddaning uchinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 
03/21/683/0375-son) 
murojaat qiluvchiga uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor 
hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini, agar ular davlat siri yoki 
qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olmasa, jismoniy va yuridik 


shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar 
yetkazmasa, ta’minlashi;
murojaat etuvchiga ko‘rib chiqish natijalari hamda qabul qilingan qaror haqida murojaat 
ko‘rib chiqilganidan so‘ng yozma yoxud elektron shaklda darhol xabar qilishi, ommaviy qabullar 
vaqtida tushgan va joyida hal qilingan og‘zaki murojaatlar bundan mustasno; 
murojaat yuzasidan qabul qilingan qaror ustidan, agar jismoniy yoki yuridik shaxs ushbu 
qarorga rozi bo‘lmasa, shikoyat berish tartibini tushuntirishi; 
murojaatni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra qabul qilingan qarorning ijrosini nazorat qilishi; 
qonunga xilof harakatlarni (harakatsizlikni) bartaraf etish yuzasidan darhol chora-tadbirlar 
ko‘rishi, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishini 
keltirib chiqaruvchi sabablar va sharoitlarni o‘z vakolatlari doirasida aniqlashi; 
jismoniy shaxs, uning vakili, ularning oila a’zolari, yuridik shaxs, uning vakili va yuridik 
shaxs vakilining oila a’zolari ularning murojaatlari sababli ta’qib etilishini belgilangan tartibda 
bartaraf etishi; 
agar jismoniy yoki yuridik shaxsga uning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari 
buzilishi natijasida moddiy zarar yoki ma’naviy ziyon yetkazilgan bo‘lsa, qonunda belgilangan 
tartibda moddiy zararning o‘rnini qoplash yoki ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish choralarini 
ko‘rishi shart. 
Davlat organlari murojaatlar bilan ish olib boruvchi o‘z xodimlarini o‘qitadi va uch yilda kamida bir 
marta ularning malakasini oshiradi. Davlat organlarining murojaatlar bilan ish olib boruvchi 
xodimlariga nisbatan qo‘yiladigan talablar, shuningdek ularni o‘qitish va malakasini oshirish tartibi 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
Oldingi tahrirga qarang. 
Davlat organi, tashkilot va ular mansabdor shaxslarining zimmasida qonunchilikka muvofiq 
boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 
(33-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin