Kiritish haqida


-modda. Murojaat etuvchini eshitish



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/22
tarix20.11.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#165997
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
O‘RQ-445 11.09.2017

26-modda. Murojaat etuvchini eshitish 
Murojaatni ko‘rib chiqayotgan davlat organi, boshqa tashkilot yoki ularning mansabdor shaxslari o‘z 
tashabbusiga ko‘ra yoxud murojaat etuvchining iltimosiga ko‘ra uni eshitishni tashkil etishi mumkin.
Davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shaxslari murojaat etuvchiga murojaatda 
ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha o‘z fikrini bildirish va murojaat bo‘yicha qo‘shimcha axborot taqdim 
etish imkoniyatini beradi. Davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shaxslari murojaat 
etuvchini eshitishga ekspertlarni, mutaxassislarni va manfaatdor tashkilotlarning vakillarini jalb etishi 
mumkin.
27-modda. Murojaatlarga javoblar
Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor 
shaxslari tomonidan qaror qabul qilinadi, bu haqda murojaat qiluvchiga darhol yozma yoki elektron 
shaklda xabar qilinadi. 
Murojaatga javobni davlat organining, tashkilotning rahbari yoki ularning mansabdor shaxsi 
imzolaydi. 
Jamoaviy murojaatlarga javob, agar murojaatda javobni boshqa shaxsga yuborish talab 
etilmagan bo‘lsa, murojaat qiluvchilarning ro‘yxatida birinchi ko‘rsatilgan shaxsga yuboriladi. 
Murojaat, agar unda qo‘yilgan barcha masalalar ushbu Qonun talablariga muvofiq ko‘rib 
chiqilgan va murojaat qiluvchiga tegishli javob yuborilgan taqdirda, ko‘rib chiqilgan hisoblanadi. 
Oldingi tahrirga qarang. 
Murojaatlarga javoblar mumkin qadar murojaat etilgan tilda bayon qilinadi, javoblar 
murojaatda ko‘rsatilgan har bir masala bo‘yicha vajlarni inkor etuvchi yoki tasdiqlovchi aniq 
asoslarni (zaruratga qarab qonunchilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda) o‘z ichiga 
olgan bo‘lishi kerak. 
(27-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Ommaviy qabullar vaqtida davlat organining rahbariga yoki vakolat berilgan boshqa 
mansabdor shaxsiga kelib tushgan va joyida hal etilgan og‘zaki murojaatlarga yozma javob yoki 
elektron shakldagi javob talab etilmaydi. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin