Kiritish haqida


-modda. Murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/22
tarix20.11.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#165997
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
O‘RQ-445 11.09.2017

24-modda. Murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi 
Davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shaxslariga kelib tushgan murojaatlar shu 
organ, tashkilot tomonidan yoki murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha zimmasiga majburiyatlar 
yuklatilgan mansabdor shaxslar tomonidan ko‘rib chiqiladi. 
Davlat organiga, tashkilotga kelib tushgan murojaatlar bo‘ysunuv tartibida quyi turuvchi 
bo‘linmalarga ham yuborilishi mumkin. 
Agar murojaatda davlat organlari, tashkilotlarning bir nechta tarkibiy bo‘linmalariga 
taalluqli masalalar mavjud bo‘lsa, ularning barchasi murojaatni ko‘rib chiqish bo‘yicha ijrochilar etib 
belgilanadi. Ijrochilar o‘rtasida birinchi ko‘rsatilgan tarkibiy bo‘linma murojaatning ko‘rib 
chiqilishini boshqa tarkibiy bo‘linmalar bilan birgalikda ta’minlaydi. 
Murojaatni to‘liq, xolisona va o‘z vaqtida ko‘rib chiqish uchun qo‘shimcha ma’lumotlar, 
ma’lumotnomalar va materiallarga zarurat paydo bo‘lgan taqdirda, mazkur murojaatni ko‘rib 
chiqayotgan davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shaxslari murojaat etuvchidan


shuningdek o‘z vakolatlari doirasida boshqa davlat organlaridan, boshqa tashkilotlardan va 
mansabdor shaxslardan qo‘shimcha axborotni so‘rab olishi mumkin. Agar axborot davlat sirini yoki 
qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan bo‘lmasa, 
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga, jamiyat va 
davlat manfaatlariga zarar yetkazmasa, davlat organlari, tashkilotlar va mansabdor shaxslar 
o‘zlaridan so‘ralayotgan axborotni o‘n kun ichida taqdim etishi shart. 
Murojaatlarni ko‘rib chiqayotgan davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shaxslari 
zarur hollarda, murojaatning joyning o‘ziga borib ko‘rib chiqilishini ta’minlashi mumkin. 
Agar murojaatda qo‘yilgan masalalar xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga daxldor 
bo‘lsa, ularning vakillari murojaatlarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish uchun davlat organlari 
tomonidan o‘z vakolatlari doirasida jalb etiladi. 
Oldingi tahrirga qarang. 
Agar murojaatni ko‘rib chiqishda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini tekshirish, 
shu jumladan moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) zarurati yuzaga kelsa, tekshirish 
qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. 
(24-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Oldingi tahrirga qarang. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin