Murojaatlar ko‘rmay qoldirilganda tegishli xulosa tuziladi,
u davlat organining,
tashkilotning rahbari yoki ularning vakolat berilgan mansabdor shaxsi tomonidan tasdiqlanadi.
Jismoniy va yuridik shaxs vakilining vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi
sababli murojaatlar ko‘rmay qoldirilganligi to‘g‘risida murojaat qiluvchi tegishli tartibda xabardor
qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Qonunning 3-moddasiga asosan jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining
ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan eri
(pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmagan yoxud ular haqida yolg‘on ma’lumotlar
ko‘rsatilgan murojaat, shuningdek uni identifikatsiya qilish imkoniyatini bermaydigan elektron murojaat
yoxud imzo bilan tasdiqlanmagan yozma murojaatlar anonim murojaatlar deb hisoblanadi. Jismoniy va
yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar kelib tushganda, murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha
bo‘linma yoki tarkibiy bo‘linma ularning vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjudligini tekshiradi. Agar
murojaatda jismoniy va yuridik shaxs vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud bo‘lmasa, bu
haqda murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘linmaning rahbari yoki tarkibiy bo‘linma rahbari tomonidan
tasdiqlanadigan xulosa tuziladi.
Dostları ilə paylaş: