Kiritish haqida


-modda. Murojaatga javobni tushuntirish va uni tuzatish



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/22
tarix20.11.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#165997
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
O‘RQ-445 11.09.2017

31-modda. Murojaatga javobni tushuntirish va uni tuzatish 
Jismoniy yoki yuridik shaxsning iltimosiga ko‘ra murojaatni ko‘rib chiqqan davlat organi, tashkilot 
va ularning mansabdor shaxslari murojaatga javobni uning mazmunini o‘zgartirmasdan tushuntirishi, 
shuningdek yo‘l qo‘yilgan xatolar va arifmetik xatolarni o‘z tashabbusiga ko‘ra yoki murojaat 
qiluvchining iltimosiga ko‘ra, murojaatga javobning mazmuniga daxl qilmagan holda tuzatishi shart. 


Murojaat qiluvchining murojaatga javobni tushuntirish va uni tuzatish to‘g‘risidagi iltimosi u kelib 
tushgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ko‘rib chiqiladi. 
5-bob. Murojaatlarni ko‘rib chiqishda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, davlat 
organlarining, tashkilotlarning va ular mansabdor shaxslarining huquqlari va majburiyatlari
32-modda. Murojaatlarni ko‘rib chiqishda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari
Murojaatlar davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari tomonidan ko‘rib 
chiqilayotganda jismoniy va yuridik shaxslar quyidagi huquqlarga ega: 
murojaatni ko‘rib chiqishning borishi to‘g‘risida axborot olish
vajlarni shaxsan bayon etish va tushuntirishlar berish; 
murojaatni tekshirish materiallari va uni ko‘rib chiqish natijalari bilan tanishish
qo‘shimcha materiallar taqdim etish yoki bunday materiallarni boshqa organlardan talab 
qilib olish to‘g‘risida iltimos qilish
advokat yordamidan foydalanish; 
murojaatni ko‘rib chiqishni tugatish to‘g‘risida yoxud murojaatga javobni tushuntirish va 
(yoki) uni tuzatish to‘g‘risida iltimos qilish; 
o‘z murojaatini u ko‘rib chiqilguniga qadar va ko‘rib chiqilayotgan paytda murojaat 
bo‘yicha qaror qabul qilinguniga qadar yozma yoki elektron shaklda ariza berish yo‘li bilan chaqirib 
olish; 
murojaatni qabul qilishni yoki ko‘rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etganlik ustidan 
bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki bevosita sudga shikoyat qilish. 
Oldingi tahrirga qarang. 
Jismoniy va yuridik shaxslar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi 
mumkin. 
(32-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin