Kiritish haqida


-modda. Murojaatlarning ko‘rib chiqilishini monitoring va nazorat qilish



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/22
tarix20.11.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#165997
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
O‘RQ-445 11.09.2017

34-modda. Murojaatlarning ko‘rib chiqilishini monitoring va nazorat qilish 
Davlat organlarining, tashkilotlarning rahbarlari yoki vakolat berilgan boshqa mansabdor shaxslari 
o‘z tuzilmaviy bo‘linmalari tomonidan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi ustidan doimiy monitoring 
va nazoratni amalga oshiradi, ularning to‘liq, xolisona va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlash 
choralarini ko‘radi. 
Murojaat u qaysi rahbar yoki vakolat berilgan boshqa mansabdor shaxs tomonidan nazoratga 
olingan bo‘lsa, o‘sha shaxs tomonidan nazoratdan va ijrodan olinadi. 
Oraliq javoblar berilgan va to‘liq ko‘rib chiqilmagan murojaatlar nazoratdan olinmaydi. 
35-modda. Murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish 
Davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari kelib tushgan murojaatlarning statistik 
hisobini yuritadi. Statistik hisobga olishda kelib tushgan, ko‘rib chiqilgan, qanoatlantirilgan
qanoatlantirish rad etilgan, ko‘rmay qoldirilgan murojaatlarning soni, shuningdek murojaatlar bilan 
ishlashga bog‘liq bo‘lgan boshqa ma’lumotlar nazarda tutilishi kerak. 
Davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari har chorakda murojaatlarni 
umumlashtiradi va tahlil qiladi.
Davlat organlari murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish natijalariga ko‘ra 
ma’lumotnomalar (sharhlar) tuzadi, ularda murojaatlar bilan ishlashning umumiy ko‘rsatkichlari, 
murojaatlarda tez-tez ko‘tarilgan masalalar, murojaatlarni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha 
aniqlangan asosiy kamchiliklar va qoida buzarliklar, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari
erkinliklari va qonuniy manfaatlari, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlari buzilishini keltirib 
chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish maqsadida ko‘rilgan chora-tadbirlar aks ettiriladi. 
Murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish natijalariga ko‘ra tuzilgan ma’lumotnomalar 
(sharhlar) tegishli davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi. 



Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin