Murojaatlarni ko‘rib chiqishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
murojaatlarni o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqish;
murojaatlarga nisbatan talablarning bir xilligi;
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya
etilishi;
murojaatlarni ko‘rib chiqishda byurokratizm va sansalorlikka yo‘l qo‘yilmasligi;
murojaatlarni ko‘rib chiqishda davlat organlari, tashkilotlar va ular mansabdor shaxslari
faoliyatining shaffofligi.
5-modda. Murojaatlarning shakllari va turlari
Murojaatlar og‘zaki, yozma yoxud elektron shaklda bo‘lishi mumkin.
Arizalar, takliflar va shikoyatlar murojaatlarning turlari hisoblanadi.
Murojaatlar, ularning shakli va turidan qat’i nazar, bir xil ahamiyatga ega bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organiga yozma, og‘zaki yoki elektron shaklda
ariza, taklif va shikoyat bilan murojaat qilish huquqi kafolatlanadi. Og‘zaki, yozma, elektron murojaat yozma
murojaat kabi ahamiyatlidir. Murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqishda ularning yozma yoki og‘zaki yoki
elektron shaklda ekanligining ahamiyati yo‘q. Bunday murojaatlarning barchasi Qonun talabi asosida ko‘rib
chiqiladi. Fuqaro davlat organlari va muassasalariga qanday shaklda murojaat qilishini o‘zi tanlaydi, unga
murojaat shaklini o‘zgartirish bo‘yicha talab qo‘yish mumkin emas. Jismoniy va yuridik shaxs yoki ularning
vakolatli vakili davlat organlariga yozma ravishda topshirgan yoki pochta aloqasi orqali konvertga solib
yuborilgan yozma xat-xabarlar tarzidagi hamda telegramma shaklidagi murojaatlar yozma murojaat tarzida
qayd etiladi va belgilangan tartibda ijroga qaratiladi.
Dostları ilə paylaş: