55
IV-BOB.
INVESTITSIYA
LOYIHALARINING
TEXNIK
EKSPERTIZASI
4.1.
Investitsiya loyihalari hayotiyligining har bir bosqichida texnik
ekspertizaning ahamiyati
Loyihaning marketing nuqtai nazardan ijobiy xulosasi olingach, uning texnik
tahlili amalga oshiriladi. Texnik tahlilda loyiha
texnologiyasini ishlab
chiqaruvchilardan shu loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tijorat taklifi
olinadi. Tijorat taklifi loyiha texnologiyasining har bir asbobuskunasi, ularning
bahosi,
texnik spetsifikatsiyasi, texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi
ma‘lumotlarni o‘z ichiga oladi. Loyihani amalga oshirishda eng samarali bo‘lgan
texnologiya tanlanadi. Agar loyiha chet el valyutasi hisobiga texnologiya bilan
ta‘minlanadigan bo‘lsa, unda xalqaro ko‘lamda shu texnologiyani ishlab
chiqaruvchilar o‘rtasida tanlov e‘lon qilinadi. Mutaxassislar tilida bunday tanlov
tender deb ataladi.
Investitsiya loyihalarini texnik tahlil qilishning vazifasi loyiha maqsadi nuqtai
nazaridan eng qulay bo‘lgan
texnologiyalar, loyihadan manfaat ko‘rishi mumkin
bo‘lgan aholi kontingenti,
mahalliy sharoitlar, kapital,
xom ashyo va ishchi
kuchidan foydalanish imkoniyatlari va ularning bahosi, bozor hajmi, shuningdek,
loyihani
rejalashtirish
hamda
amalga
oshirishning
mavjud
potentsial
imkoniyatlarini aniqlash hisoblanadi.
Yoki
boshqacha qilib aytganda, investitsiya loyihalari texnik tahlilining
vazifasi - bu loyiha maqsadiga mos loyiha texnologiyasini aniqlash, uning
loyihadan foydalanuvchilar guruhiga ta‘siri, mahalliy sharoitlar, shu jumladan,
kapitalga egalik qilish imkoni va uning qiymati, xom ashyo,
ishchi kuchi, bozor
ko‘lami hamda loyihani rejalashtirish imkoniyatlaridan iborat va u loyiha bo‘yicha
paydo bo‘ladigan texnik muammolarni hal etishga qaratilgan.
Texnik tahlil oldiga quyidagi vazifalarni ko‘rib chiqish va belgilash kiradi:
56
1.
Texnik va texnologik jihatdan muqobil variantlar.
2.
Loyihani joylashtirish o‘rni bo‘yicha muqobil variantlar.
3.
Loyiha hajmi.
4.
Loyihani amalga oshirish muddatlari.
5.
Xom ashyo, ishchi kuchi va boshqa resurslardan foydalanish imkoniyatlari
va ularning etarliligini.
6.
Loyiha mahsuloti uchun bozor sig‘imi (hajmi).
7.
Ko‘zda tutilmagan omillarni hisobga olgan holda loyiha xarajatlari.
Investitsiya loyihalari ustida ishlash jarayonida texnik tahlil birinchi navbatda
o‘tkaziladi.
Ko‘plab texnik muammolar turli muammolardan o‘ziga xosligi bilan ajralib
turadi va o‘zaro aloqadorlikda ko‘rib chiqilishi kerak bo‘ladi. Bunday muammolar
mulkka egalik shakli,
joylashgan hududi, amalga oshirilish muddati va
texnologiyalar ko‘lami bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda uning texnologik jarayonlari
bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning maqsadga muvofiqligi va tanlangan
texnologiyaning texnik jihatdan ishonchliligi ularni texnik tahlil etishning o‘ta
muhimligini ko‘rsatadi. Investitsiya loyihasining texnik
tahlili quyidagilarning
bajarilishini ta‘minlashi lozim:
Dostları ilə paylaş: