Kasbiy faoliyat psixologiyasi


Baholash tartibi quyidagicha



Yüklə 73,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/118
tarix20.11.2023
ölçüsü73,25 Kb.
#166442
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   118
Kasbiy faol psix Darslik

Baholash tartibi quyidagicha: 
11.1. Umumiy yo`nalish 
darajasini baholash bo`yicha: 
5- e‘tiqodi, qiziqishlari va ishtiyoqlarining yuksakligi hamda ularning jamiyat 
istiqbolini ifodalovchi axloqiy mezonlar bilan to`la mos tushishi; 
4-yuqori e‘tiqodga ega bo‘lish bilan birga ayrim qiziqishlarning axloqiy 
mezonlarga to`g`ri kelmasligi; 
3- qiziqishlarida ijobiy va salbiy sifatlarning tez-tez namoyon bo`lib turishi; 
2- beqaror qiziqishlar; 
1- axloqiy mezonlarga zid yo`nalishning yaqqol ifodalanishi. 
11.2. Yo`nalish kengligi bo`yicha: 
5- kasbiy, adabiy, badiiy, musiqaviy, sport, texnika va boshqa shu kabilarga 
nisbatan qiziqishlarning keng ko‘lamda ifodalanishi; 
4-bir-biriga bog‘langan uch-to`rt xil yo`nalishdagi qiziqishlarning ifodalanishi; 
3- ma‘lum kasbga oid qiziqishlar va malakalarning ifodalanishi
2- faqat bir yo`nalishdagina qiziqishlarning namoyon bo`lishi; 
1-beqaror qiziqishlar.
11.3. Yo`nalish barqarorligi bo‘yicha:
5- yoshlikdayoq shakllangan qiziqishlar va yo`nalishlarning hali o`zgarmaganligi; 
4- yo`nalish hayotda bir martadan ortiq o`zgartirilmagan; 
3- yo`nalish ba‘zan o`zgarib turadi; 
2- yo`nalish bir yilda bir necha marotaba o`zgaradi; 1-yo`nalish hamisha beqaror. 
11.4. Mehnatga va o`z imkoniyatlarini rivojlantirishga munosabati: 
5- mehnatsevar, irodali, o`z maqsadi yo‘lida qat‘iy, o`z imkoniyatlarini 


251 
rivojlantirishga hamisha intiladi. O`z-o`ziga talabchan. Hamisha har bir ishga 
ijodiy va mustaqil yondasha oladi; 
4- mehnatsevar. Faqat aytilgan va ko‘rsatib berilgan ishlarni astoydil bajaradi. 
Faqat ayrim hollardagina ishga ijodiy va mustaqil yondashishga intiladi
3- o`zi uchun oson va qiziqarli bo`lgan paytdagina o‘quv va mehnat 
topshiriqlarini bajarishga harakat qiladi. Mustaqil ishlay olmaydi; 
2- ishga va o`z-o`ziga loqayd. O`quv va mehnat topshiriqlarini hafsalasizlik bilan 
bajaradi; 
1-dangasa, o`z imkoniyatlarini rivojlantirishga sovuqqonlik bilan qaraydi. 

Yüklə 73,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin