12.5. Ijodiy xayol: 5-xayolini boshqara oladi. Tafakkur orqali yangi-yangi obrazlarni o‘ylab topadi,
mavhum narsalardan aniq narsalarni keltirib chiqaradi. Ayrim fantaziyalardan
kichik kashfiyotlarni keltirib chiqarishi mumkin. Aktiv va tasavvur xayoli kuchli;
4- mustaqil ravishda yangi obrazlar yarata oladi;
3- aktiv va passiv (shirin) xayol turlari tez-tez almashinib turadi;
2-xayolidagi salbiy illatlarni boshqara olmaydi; 1- real hayot va real
imkoniyatlariga to‘g‘ri kelmaydigan xayollarga juda ko`p beriladi
13. Shaxs tuzilishining biologik asosi Shaxs tuzilishining biologik asosi, avvalo, oliy asab faoliyatining o`ziga xos
sifatlari «kuchi», «harakatchanligi» va «muvozanatlashganligi» bilan bevosita
bog‘liqdir. I.P.Pavlov o`zining ko`p yillik tadqiqotlarida buni har tomonlama
asoslab bergan. Demak, o`quvchilarning xulq-atvori, qabul qilishi, odamlarga
munosabati va o‘quv topshiriqlarini qay darajada bajara olishi ko`p jihatdan
ularning asab tuzilishi sifatiga, aniqrog`i yuqorida aytilgan uchta sifatning (kuchi,
harakatchanligi va muvozanatlashganligi) shakllanganlik darajasiga ham bog‘liq
ekan. O‘qituvchi esa, o`z о`quvchilaridagi bunday o`ziga xos sifatlarni bilish va
shu asosda ish tutishi lozim.
13.1. Asab jarayonlari xususiyatlarining kuchiga, ya‘ni asab sistemasining
kuchli qo`zg‘ovchilariga chegaradan
tashqari tormozlanishga uchramasdan, uzoq
vaqt bardosh bera olish qobiliyati kiradi. Qat‘iy va uzoq vaqt davom etadigan
qo`zgalish jarayoni hosil qiladigan qo`zg‘ovchilar kuchli qo`zg‘ovchilar deyiladi.
Bunda inson narsa va hodisalarni tez qabul qila oladi va uzoq muddatda ular
haqida chuqur fikrlay oladi, tegishli xulosalar chiqarishga qodir. Ushbu holat
yorqin va hamisha namoyon bo‘lib turadigan kishilarga eng yuqori ball - 5 ball
yoki 4 ball hisoblanadi. Asab faoliyati qo`zg‘alishining o`rtacha darajasiga 3 ball,
nisbatan past darajada bo`lishiga esa 2 yoki 1 ball qo`yilishi mumkin.