12. Psixik jarayonlarning o`ziga xos xususiyatlari. 12.1. Emotsional qo`zg`alish va uning faoliyatga ta‘siri: 5- har qanday emotsional harakatlarda va affektiv holatlarda o`zini tuta oladi;
Emotsional qo`zgalish faoliyatga ijobiy ta‘sir etadi;
4-murakkab vaziyatdagi kuchli emotsional holatlarda psixik ijobiy harakat
yo`nalishi qisman buziladi, bu esa, faoliyatga ham ta‘sir etadi;
3- ijobiy va salbiy emotsional harakatlar tez-tez namoyon bo‘lib turadi;
2- psixik harakatlardagi emotsional buzilishlarni bartaraf etish uchun alohida kuch
sarflash talab qilinadi;
1- ifodalangan emotsional harakatning buzilishini to‘xtatib bo‘lmaydi. Bu esa,
faoliyatga ko`pincha salbiy ta‘sir ko‘rsatadi.
12.2. Diqqatlilik: 5- bir vaqtning o`zida turli narsalarga diqqatini to‘g‘ri va samarali taqsimlay oladi.
Ixtiyoriy diqqat ko`p hollarda barqaror;
4- diqqatni osonlik bilan to‘play oladi. Har qanday vaziyatda diqqatni boshqara
oladi;
3- diqqatni taqsimlash va yig‘ishda qiynaladi;
2- bir vaqtning o`zida faqat bitta narsagagina diqqatni qarata oladi. Diqqatni
to‘g‘ri va unumli taqsimlay olmaydi;
1-diqqatni bir nuqtaga to‘play olmaydi.
12. 3. Xotira samaradorligi: 5- Esda saqlab qolish va esga tushirish jarayoni kuchli. Narsa va hodisalarni uzoq
muddatga esda eslay oladi. Mantiqiy xotirasi ancha ustun.
4- Har bir hodisani mexanik ravishda esda saqlaydi. Mexanik ravishda uzoq
muddatda yodda saqlay
oladi;
3- Qisqa muddatda yaxshi esda saqlaydi, lekin tez unutadi, ixtiyorsiz xotira ustun;
xotira tiplari va jarayonlarida ayrim kamchiliklar mavjud;
1- xotirasi nihoyatda zaif. Parishonxotir.
12. 4. Tafakkur sifati: 5- konkret-amaliy; konkret obrazli; mavhum tafakkur turlari kuchli, narsa, hodisa
va tushunchalarni osonlik bilan tahlil va targ‘ib qila oladi, mazmunli hukm va
xulosalar chiqara oladi;
4- tafakkurning ayrim turlari juda kuchli rivojlangan;
3- narsa va hodisalar to‘g‘risida fikrlash va xulosalash jarayonida ma‘lum
252
kamchiliklarga yo`l qo`yadi,
2- ilmiy fikrlash va aqliy faoliyat faolligi ko‘rinmaydi;
1-tafakkuri sezgilar va idrok darajasida, ya‘ni narsa va hodisalarni bevosita aks
ettiradi, xolos. Fikrlash jarayoni nihoyatda bo`sh.