Kasbiy faoliyat psixologiyasi


MODUL III. PROFESSIOGRAFIYANING MOHIYATI, UNING YUZAGA



Yüklə 73,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/118
tarix20.11.2023
ölçüsü73,25 Kb.
#166442
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   118
Kasbiy faol psix Darslik

MODUL III. PROFESSIOGRAFIYANING MOHIYATI, UNING YUZAGA 
KELISH TARIXI. 
MODULNING UMUMIY MAQSADI:
Kasbiy faoliyat psixologiyada 
professiografiyaning mohiyati va uning asosiy tamoyillari, professiografik 
tadqiqotlarni o‘tkazish,
 
professiografiyaning 
to`zilishi, 
psixogramma 
tushunchasi, turli kasblarning shaxs oldiga qo‘yadigan talablari, fanining kasb 
sohasidagi (faoliyatdagi) ahamiyati, sohaning kasb egasiga psixologik talablari 
va kasbiy faoliyatda psixologik bilimlarning ahamiyatiga oid ko‗nikmalarni 
shakllantirish
.
MODULNING O‘QUV MAQSADLARI: 
-
ta‘limiy maqsad
: talabalarga mashg‗ulotlarni tashkil eitshga oid ratsional 
ta‘lim metodlarini, interfaol usullarini tanlash, talabalar faolligini rag‗batlantirish, 
o‗quv topshiriqlari, mustaqil ishlarni ta‘limga optimal tatbiq etish kasbiy faol 
psixologiyasi fani va uning nazariy asoslariga oid bilimlar berish, fanga oid 
tushunchalarni o‗zlashtirishi orqali kasbiy kompetentligini oshirish; 
 
-
tarbiyaviy maqsad
: talabalarda fanning o‗ziga xos xususiyatlari haqida 
tushunchalar berish orqali sohaga qiziqishlarini orttirish, kasbiy mahoratni 
shakllantirish;
 
-
rivojlantiruvchi maqsad
: talabalarning kasbiy yetuklik darajasini, kasbiy 
dunyoqarashi va pedagogik-psixologik qobiliyatini rivojlantirish, mashg‗ulot 
uchun ajratilgan vaqtdan ratsional foydalanish, mashg‗ulotda ongli intizomni 
tashkil etish.
 
 
3.1. Professiografiyaning mohiyati va uning асосий tamoyillari, 
Professiografik tadqiqotlarni o‘tkazish.
 
 
 
 
Tayanch so`z va iboralar:
 
Kasb – kor, kasb tanlashga yo‘naltirish, motivlarning 
namoyon bo‘lishi, asab tizimining xususiyati, yaqqol tasavvuriga ega bo`lmaslik, 


66 
o‘quv faoliyati mazmuni, salbiy (negativ) motivatsiya, shaxsning mazkur xolatlari. 
 
Professiografiya deganda kasblar va ularning bir-biridan farqlanuvchi 
ixtisosliklar tomonidan inson oldiga qo`yiladigan talablarni bayon qilish majmuasi 
tushuniladi. 
Kasb - kor (hunar) oldiga qo`yiladigan talablarni asoslash va ularni bayon 
qilish o‗ziga xos xususiyatga ega bo‗lib, umumiy hamda xususiy jabxalarni o‗zida 
aks ettiradi. Ular quyidagilardan iborat: 
1) kasb va uni ixtisosliklarining psixologik tavsifi; 
2) kasb - korning (hunarning) mamlakat iqtisodiyati uchun ahamiyati; 
3) kasb va ixtisoslikning ijtimoiy tavsifi;
4) kasbning ijtimoiy psixologik ahamiyati va tavsifi: yoshlarda uning 
ijtimoiy mavkei (nufuzi), jamoaning o‗ziga xos xususiyatlari, vertikal va gorizontal 
bo`yicha shaxslararo munosabatlarning xususiyatlari. 
5) kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli egallash uchun zarur bilimlar va 
ko‗nikmalar ko‗lamining pedagogik tavsifi (maxsus mezonlar orqali kasbiy 
maxorat aniqlanadi); 
6) pedagogik jarayonni takomillashtirish yuzasidan takliflar, tayyorgarlik 
muddatlari, tadbir - choralarining umumiy tavsifi; 
7) mehnat sharoitining gigienik tavsifnomasi; 
8) kasb bo‗yicha mehnat qilishga tibbiy jixatdan ta‘qiqlanuvchi omillar 
izchilligi; 
9) kasbga psixologik nomutanosibli, yoki kasbiy yaroqsizlik;
10) o`zini o‗zi faollashtirish va identifikatsiyalash. 
Kasbning inson oldiga qo‗yadigan talablari majmuasi psixologik, ijtimoiy, 
iqtisodiy texnikaviy va pedagogik jabxalarni qamrab oladi. Kasb va ixtisos 
asoslarini egallovchi yoshlar shu fanlarning barcha talablariga moslashishi orqali 
mutaxassislik layoqatini rivojlantira boradi. 
Kasb tanlashga yo‗naltirish davlat tadbir - choralari tizimidan iborat bo`lib, 
inson tomonidan tanlanadi, o`z xayot yo‗lining ilmiy asoslanganligini ta‘minlashga 


67 
xizmat qiladi, u turmushda o`z o‗rnini aniqlaydi va quyidagi shakllarda amalga 
oshiriladi: 
1) maktabda kasbiy ma‘lumotlar berish;
2) kasb - hunar maorifi bilan shug‗ullanish; 
3) radio, televidenie, kino, matbuotda tashviqot qilish
4) kasb yuzasidan maslaxatlar; 
5) kasbga saralash (qobiliyatiga binoan); 
6) kasbga moslashish (adaptatsiyalash); 
Mazkur soxada psixologik izlanishlar olib borgan K.K.Platonov muayyan 
sxema ishlab chiqqan bo`lib, u "Kasb tanlashga yo‗naltirish uchburchagi" deb 
nomlanib, o`zining ixchamligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Xuddi shu bois 
kasb tanlashga yo‗llashda, reorientatsiyalashda undan unumli foydalanish mumkin.
Kasb tanlashga yo‗naltirish uchburchagining muxim bir tomoni - bu xar hil 
kasb hunar egasiga nisbatan qo`yiladigan talablar yuzasidan muayyan bilimning 
mavjudligidir. Uning ikkinchi bir xususiyatli tomoni shuki, u yoki bu 
mutaxassislikka nisbatan 
jamiyat 
(viloyat, shaxar, 
tuman)ning 
mehnat 
imkoniyatiga extiyoji bo`yicha bilimlar mujassamlashganligidir. Yana bir o‗ziga 
xos tomoni shundan iboratki, kasbga yo‗naltiriluvchining qunti, qobiliyati, shaxsiy 
xususiyatlari bo`yicha bilimlar umumlashtirilgan bo`lib, kasb tanlashga oid barcha 
jixatlar majmua xoliga keltirilgandir.
Kasb tanlashga yo‗naltirish uchburchagi shaxsning qiziqishi, mayili xoxishi, 
o`zini o`zi baholashi, nufuzi kabilarga oid materiallarni o`zida mujassamlashtiradi. 
Ye.A. Klimov qarashlariga binoan professiogramma bu:
1) sensor kanallarni yuklamalash, ustuvor signallarning turlari, faoliyat 
jarayonidagi axborotlar ko‗lami va umumiy xususiyati (ko‗rish eshitish va 
boshqalar); 
2) axborotlarni saqlash va qayta ishlash bilan bog`liq aqliy faoliyatning 
xususiyati; 
3) xotira, tafakkur va nutqning qatnashuvi ayrim xarakatlarning tavsifi;


68 
4) ishda, mehnat faoliyatida nerv - psixologik zo`riqish, tanglikning 
mavjudligi; 
5) diqqatni boshqarish zarurati; 
6) ishda muvaffaqiyatga eltuvchi shaxs sifatlari, fazilatlari; 
7) mehnat faoliyati tuzilishini tavsiflovchi integral psixofiziologik 
ko‗rsatkichlar. 
Bizningcha yuqoridagi muloxazalardan tashqari professiogramma oldiga 
quyidagi talablarni qo‗yish maqsadga muvofiq: 
1) ishning qanday nomlanishi va uning nimalardan tuzilishi (ishning nomi, 
mutaxassislik, kasb - hunar, lavozim, ishchi o‗rni imkoniyati, mehnatning turdosh 
xususiyatlari va uning muxim tavsiflarining bayozi); 
2) ishning maqsadi, samaradorligi xususida ma‘lumotlar; 
3) mehnat quroli sifatida nimalar qo‗llanilishi.
4) mehnat predmetining tarkiblari va ularning o‗ziga xos jabxalari; 
5) mehnat faoliyati qaysi usullar yordami bilan bajarilishi; 
6) nimalarning negizida ish (mehnat, faoliyat) amalga oshirilishi; 
7) mehnat maxsullarini baholash mezonlari; 
8) ishning qanday ixtisoslik talab qilishi xususiyatlari; 
9) ish qanday vositalar yordami bilan bajarilish imkoniyati va uning 
motivirovkasi; 
10) ishni bajarilishining sharti va sharoitlari; 
11) mehnatni (faoliyatni) tashkil qilish shakllari
12) mehnatning kooperatsiyasi (Kim?, Nima?, Kim bilan hamkorlikda?); 
13) mehnatning jadalligi (intensivligi) to‗g‗risida ma‘lumotlar; 
14) mehnat faoliyatida ma`suliyatning va xavf-xatarning qaysi daqiqalari 
(xolatlari) uchrashi; 
15) mehnat uning sub‘ektiga qanday foyda, naf keltirishi (ish haqi, mukofot, 
ma‘naviy ozuqa, imtiyoz, ijtimoiy moyillik, altruizm xislati, maqtov jamoatchilik 
bahosi va boshqalar); 


69 
16) ish yoki faoliyatning o‗ziga xos xususiyatlariga ko`ra qanday talablarga 
va cheklanishlarga ega ekanligi. 
Kasb tanlashning umumiy masalalari. Kasb-hunar to‗g‗risida xar hil 
munosabatlar xosil bo‗lishining asosiy sabablaridan biri - bu maktab 
o‗quvchilarida kasb tanlash jarayonida turli hil motivlarning namoyon bo‗lishidir. 
Motivlar o`rtasidagi ko`rash ularning u yoki bu qarorga kelishlariga sabab bo‗ladi. 
Bizningcha, voqelikka ongli munosabatda bo‗lish, ob‘ektiv va qat‘iy qarorni 
keltirib chiqaradi. 
V.A. Krutetskiy o‗spirinlarda uchrashi mumkin bo`lgan motivlardan 
quyidagilarni aloxida ta‘kidlab o‗tadi: 
1) biror o‗quv faniga nisbatan o‗spirinning qiziqishi; 
2) vatanga foyda keltirish istagi (o`zlarining individual - psixologik 
xususiyatlari va qobiliyatlarini xisobga olgan xolda); 
3) shaxsiy qobiliyatini rukach qilib ko‗rsatish; 
4) oilaviy an‘analarga rioya qilishi (vorislik); 
5) do`stlari va o`rtoqlaridan o‗rnak olganligi; 
6) ish joyining va o‗quv yurtining uyga yaqinligi; 
7) moddiy ta‘minlanganlik; 
8) o‗quv yurti ko‗rinishining chiroyliligi yoki unga joylashishning osonligi 
singari motivlardir. 
Bundan tashqari, yoshlarda boshqa turdagi motivlar ham mavjud bo‗ladi. 
Ular qatoriga shaxsning biror kasbga, fanga moyilligi, o`z oldiga qo`ygan maqsadi, 
unga intilishi, qunti, kasb to‗g‗risidagi ma‘lumoti, uning sixat - salomatligi, asab 
tizimining xususiyati va temperamentining xosiyatlari kabi motivlarni sanab o`tish 
mumkin. Biroq motivlarning boshqa hillari ham uchraydi. Lekin xolatning 
o‗zgarishiga qarab ulardan unisi yoki bunisi bosh maqsadga aylanib turadi. 
Mazkur xolatni tadqiq etgan yirik psixolog Ye.A. Klimov o‗spirinlar kasb 
tanlashda:

Yüklə 73,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin