Kasbiy faoliyat psixologiyasi


MODUL IV. ILK O‘SPIRINLIK YOSHINING PSIXOLOGIK



Yüklə 73,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/118
tarix20.11.2023
ölçüsü73,25 Kb.
#166442
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   118
Kasbiy faol psix Darslik

MODUL IV. ILK O‘SPIRINLIK YOSHINING PSIXOLOGIK 
XUSUSIYATLARI
 
MODULNING UMUMIY MAQSADI:
Talabalarga ilk o‘spirinlik davrining 
psixik xususiyatlari, ilk o‘spirinlik davrida aqliy rivojlanish, ilk o‘spirinlik 
davrida yoshlarning shaxsiy xususiyatlariga
 
oid ko‗nikmalarni shakllantirish
.
MODULNING O‘QUV MAQSADLARI: 
-
ta‘limiy maqsad

talabalarga kasbiy faol psixologiyasi fani va uning 
nazariy asoslariga oid bilimlar berish, mashg‗ulotlarning optimal mazmuni, 
o‗rganiladigan bilimlar ko‗lami, shakllantiriladigan ko‗nikma va malakalarni 
oldindan aniqlab qo‗yish fanga oid tushunchalarni o‗zlashtirishi orqali kasbiy 
kompetentligini oshirish; 
 
-
tarbiyaviy maqsad

talabalarda fanning o‗ziga xos xususiyatlari haqida 
dastlabki tushunchalar berish orqali sohaga qiziqishlarini orttirish, talabalarda 
o‗qishga oid motivlarni uyg‗otish, bilish, o‗qish, o‗rganishga havas ishtiyoq 
qiziqishni shakllantirish, kasbiy mahoratni shakllantirish;
 
-
rivojlantiruvchi maqsad

talabalarning kasbiy yetuklik darajasini, kasbiy 
dunyoqarashi va pedagogik-psixologik qobiliyatini rivojlantirish, modul uchun 
ajratilgan vaqtdan ratsional foydalanish.
 
4.1. Ilk o‘spirinlik davrining psixik xususiyatlari. Ilk o‘spirinlik 
davrida aqliy rivojlanish. Ilk o‘spirinlik davrida yoshlarning 
shaxsiy xususiyatlari.
 
 
Tayanch so`z va iboralar:
Ilk o‘spirinlik yoshi davri, mehnat bilan ta’lim 
faoliyatining birligi, kasb-hunar egallash, ixtisoslikni tanlash, istiqbol rejasini 
tuzish, harakatga keltiruvchi kuchlar, o‘spirindagi o‘zini anglash, o‘z 
xususiyatlariga ortiqcha baho berish, pedagogik-psixologik nazokatga rioya qilish, 
o‘zini o‘zi tarbiyalash.
 
Ilk o‗spirinlik yoshi davriga 15-18 yoshlardagi, IX-XI sinf o‗quvchilari 
kiradi. Bu davrda o‗quvchi jismonan baquvvat, o‗qishni tugatgach, mustaqil 
mehnat qila oladigan, oliy maktabda o‗zini sinab ko‗radigan imkoniyatga ega 


80 
bo‗ladi, ma‘naviy jihatdan yetuklikka erishadi. O‗spirin 16 yoshida mamlakat 
fuqarosi va 18 yoshida esa, saylash hamda saylanish huquqiga ega bo‗ladi. 
Bularning barchasi o‗spiringa fuqaro sifatida ijtimoiy jihatdan voyaga yetishi, 
hayotda o‗z o‗rnini topishi, o‗z taqdirini o‗zi hal qilishi va yetuk shaxs sifatida 
ma‘naviy o‗sishi uchun jamiki, shart-sharoitlarni yaratadi.
Ilk o‗spirinning shaxsi ijtimoiy hayotda, maktab jamoasida, tengqurlari bilan 
munosabatlarda, egallagan mutlaqo yangicha mavqei ta‘sirida, o‗qish va
 
turmush 
sharoitidagi o‗zgarishlar ta‘sirida tarkib topa boshlaydi.
Mazkur davrning yana bir xususiyati - mehnat bilan ta‘lim faoliyatining bir 
hil ahamiyat kasb etishidan iboratdir. Mavjud shart-sharoitlar ta‘siri ostida 
o‗spirinning aqliy va axloqiy jihatdan o‗sishida o‗ziga xos o‗zgarishlar, yangi 
xislat va fazilatlar namoyon bo‗ladi. Yuqori sinf o‗quvchilari ijtimoiy hayotdagi 
dolzarb vazifalarni hal qilishda faol ishtirok eta boshlaydilar. Ijtimoiy hayotda faol 
qatnashish, ta‘lim xarakterining o‗zgarishi yigit va qizlarda ilmiy dunyoqarash, 
barqaror e‘tiqodning shakllanishiga, yuksak insoniy his-tuyg‗uning vujudga 
kelishiga, bilimni o‗zlashtirishga ijodiy yondashish kuchayishiga olib keladi. 
Hayotda o‗z o‗rnini topishga intilish kasb-hunar egallash, ixtisoslikni 
tanlash, istiqbol rejasini tuzish, kelajakka jiddiy munosabatda bo‗lishni keltirib 
chiqaradi. Biroq bu davr kuch-g‗ayrat, shijoat, qahramonlik ko‗rsatishga o`rinish, 
jamoat, jamiyat va tabiat hodisalariga romantiq munosabatda bo‗lish bilan boshqa 
yosh davrlaridan keskin farqlanadi. 
Ayniqsa, turmush va o‗qish faoliyatlarning yangicha shart-sharoitlari sinf 
jamoasidagi o‗zgacha vaziyat, o‗spirinlarning maktabda egallagan yuqori mavqei, 
jamoatchilik ishlarida tajriba orttirishlari ular oldiga yuksak talab hamda 
mas‘uliyatli vazifalar qo‗yadi. Bu davrda yuqori sinf o‗quvchilari maktab muhitida 
tashkilotchilik, rahbarlik, tarbiyachilik, tashviqotchilik vazifalarini o‗tay 
boshlaydilar. 
Ilk o‗spirinning psixik rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuch jamoat 
tashkilotlari, maktab jamoasi, ta‘lim jarayoni qo‗yadigan talabalar darajasining 
oshishi bilan u erishgan psixik kamolot o‗rtasidagi ziddiyatdan iboratdir. Turli 


81 
qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar o‗spirinning axloqiy, aqliy, nafosat jihatdan tez 
o‗sishi orqali bartaraf qilinadi. 
Ilk o‗spirinlik yoshidagi o‗zgarishlar maktab, oila, shaxslararo 
munosabatlardagi mavqeni yanada mustahkamlashning muhim omili hisoblanadi. 
Lekin, yetakchi omil yuqori sinf o‗quvchisi faoliyatining xususiyati, mohiyati va 
mazmunidagi tub burilishdir. 
O‗spirinlarda, avvalo, o‗zini anglashdagi siljish yaqqol ko‗zga tashlanadi. 
Bu hol shunchaki o‗sishni bildirmaydi, balki o‗z, shaxsiyatining ma‘naviy-
psixologik fazilatlarini, faol ijtimoiy turmush tarzining maqsad va vazifalarini 
anglashni, oqilona baholashni aks ettiradi. O‗spirinda o‗zining ruhiy dunyosini, 
shaxsiy fazilatlarini, aql-zakovatini, qobiliyati hamda imkoniyatini aniqlashga 
intilish kuchayadi. O`z xulq-atvorini jilovlash, his-tuyg‗ulari hamda ichki 
kechinmalarini tushunish ishtiyoqi vujudga kela boshlaydi. 
O‗spirindagi o‗zini anglash turmush, o‗qish, mehnat va sport faoliyatlari 
taqozosi bilan namoyon bo‗ladi. Maktabdagi odatlanilmagan vaziyatning 
.shaxslararo munosabat va muloqot ko‗lamining kengayishi o‗zining aqliy, 
axloqiy, 
irodaviy 
his-tuyg‗ularining 
xususiyatlarini 
oqilona 
baholash, 
qo‗yilayotgan talablarga javob tariqasida yondashish o‗zini anglashini 
jadallashtiradi.
Katta maktab yoshidagi o‗quvchilarning o‗zini anglashga aloqador 
xususiyatlari mavjud. Ular avval, o‗zlarining kuchli va zaif jihatlarini, yutuq va
 
kamchiliklarini, munosib va nomunosib qiliqlarini aniqroq baholash imkoniyatiga 
ega bo‗ladilar. Agar o‗smirda atrofdagi kishilarning oqilona baholashlari orqali 
aniq baholash yuzaga kelsa, o‗spirinda bu holat boshqacharoq tarzda kechadi, unda 
o‗z shaxsiy fazilatini, xulq-atvorini, aqliy va jismoniy mehnat faoliyatini tahlil 
qilish, qiyosiy baholash mayli kuchayadi. O‗spirin o‗smirga qaraganda o‗z 
ma‘naviyati va ruhiyatining xususiyatlarini to‗laroq tasavvur eta olsa ham, ularni 
oqilona baholashda kamchiliklarga yo‗l qo‗yadi Natijada u o‗z xususiyatlariga 
ortiqcha baho berib, manmanlik; takabburlik, kibrlanish illatiga duchor bo‗ladi, 
sinf va pedagoglar jamoalarining a‘zolariga g‗ayritabiiy munosabatda bo‗la 


82 
boshlaydi. Shuningdek ayrim o‗spirinlar o‗z hatti-harakatlari, aqliy imkoniyatlari 
va qiziqishlariga past baho beradilar va o‗zlarini kamtarona tutishga intiladilar. 
Yuqori sinf o‗quvchisining o‗smirlik yoshi davridagi boladan boshqacha 
yana bir xususiyati - murakkab shaxslararo munosabatlarda aks etuvchi burch, 
vijdon hissi, o‗z qadr-qimmatini e‘zozlash, sezish va fahmlashga moyillikdir. 
Masalan, o‗spirin yigit va qiz sezgirlik deganda nozik, nafis holatlarning farqiga 
borish, zaruratni tez anglash, xolisona yordam uyushtirishishini, shaxsning 
nafsoniyatiga tegmasdan amalga oshirishni tushunadi. O‗spirin o‗zining ezgu 
niyatini baholashga jamoada o‗z o‗rnini belgilash nuqtai nazardan yondashadi
chunonchi «O‗zim tanlagan mutaxassislikka yaroqlimanmi?» «Jonajon 
respublikamga, ota-onamga munosib farzand bo‗la olamanmi?» «Jamiyatning 
taraqqiyotiga o‗z ulushimni qo‗sha olamanmi?» degan savollarga javob qidiradi. 
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, o‗quvchida o‗zining fazilati to‗g‗risida 
yaqqol tasavvur hosil qilish uchun o‗qituvchi unga juda ustalik, bilimdonlik, 
ziyraqlik bilan yordam berishi lozim. U o‗zining do‗stona, iliq munosabati bilan 
sinf jamoasi a‘zolari e‘tiborida ishonch, obro‗ qozonishi uchun har bir 
mulohazasida pedagogik-psixologik nazokatga rioya qilsa, yigit va qizlarda ham 
o‗z kuchiga, imkoniyatiga, qobiliyatiga, fahm-farosatiga ishonch hissini paydo 
qiladi. Ularda ustozga chuqur hurmat, minnatdorchilik tuyg‗ulari uyg‗onadi. 
O‗spirin o‗quvchida o‗zini anglash negizida o‗zini o‗zi tarbiyalash istagi 
tug‗iladi va bu ishning vositalarini topish, ularni kundalik turmushga tatbiq qilish 
ehtiyoji vujudga keladi. Lekin o‗zlarining o‗zini o‗zi tarbiyalashi psixologiyasidagi 
mavjud nuqsonlarga barham berish, ijobiy xislatlarni shakllantirish bilan 
kifoyalanib qolmay, ularni kattalarga xos ko‗p qirrali umumlashgan idealga mos 
ravishda tarkib toptirishiga yo‗naltirilgan bo‗ladi.
O‗spirinlik davrida o‗quvchilar o‗zlarida eng qimmatli fazilatlarni, o`quv va 
malakalarni ongli, rejali, tartibli, izchil va muntazam tarkib toptirishga ehtiyoj 
sezadilar. Ma‘lumki, yuqori sinf o‗quvchilari ma‘naviy-psixologik qiyofaga ega 
bo‗lish uchun oqilona o‗lcham, mezon vazifalarini bajaruvchi barkamol, 
mukammal timsol, namuna, yuksak orzu tasvirini qidiradilar. 


83 
O‗spirinlarda ideallar bir necha ko‗rinishda namoyon bo‗lishi va aks etishi 
mumkin. Masalan, ular taniqli kishilarning qiyofalari, badiiy asar qahramonlari 
timsolida o‗zlarida yuksak fazilatlarni (sifatlarni) gavdalantirishni orzu qiladilar. 
Biroq yigitlar bilan qizlar o‗rtasida ideal obrazini tanlashda katta farq bo‗ladi. 
Masalan, qizlar ko‗pincha mehnatkash ayo`lning, jozibali, nazokatli, iboli, iffatli 
jamoat arbobining, badiiy asar qahramonining xususiyatlari mujassamlangan 
qiyofalarni ideal darajasiga ko‗taradilar. Ammo ayrim o‗quvchilar tarixiy 
shaxslarning masalan, baquvvat yo‗lto‗sar, quv josus va boshqalarning salbiy 
sifatlariga taqlid qilishga ham moyil bo‗ladilar. 
O‗spirin o‗quvchilarning o‗zini o‗zi tarbiyalashi maktabdagi jamoatchilik. 
tashkilotlarining, pedagoglar jamoasining tarbiyaviy ta‘siri doirasida amalga 
oshishi shart. Zeroki, o‗zini o‗zi takomillashtirish jamoada munosib o‗rin egallash, 
ijtimoiy burchni anglash va foydali mehnatga qiziqishga xizmat qilishi kerak. 
Kuzatishlar va hayot tajribalarining ko‗rsatishicha, ba‘zi hollarda o‗spirinlar 
o‗zlarini qo‗rqmas, jasur qilib ko‗rsatishga, noo‗rin hatti-harakatlarga moyil 
bo‗ladilar, qaltis yo‗llar bilan o‗z irodalarini tarbiyalashga intiladilar, goho 
hayotlarini xavf ostida qoldirishgacha borib yetadilar. Shuning uchun ularga sun‘iy 
usullar va vositalar yordamida qiyinchiliklarni bartaraf qilish mumkin emasligini 
tushuntirish kerak.
Shuningdek, ularni oqilona, maqsadga
muvofiq samarali usullardan 
foydalanish yo‗llari bilan tanishtirish, haqiqiy chiniqish malakalari bilan 
qurollantirish yaxshi natija beradi.
Yuqori sinf o‗quvchilari ma‘naviy xislatlarga, axloq normalarining 
mohiyatiga jiddiy munosabatda bo‗ladilar. Ular axloqiy turkumlar, birliklarning 
mazmunini chuqur anglay boshlaydilar, har qaysi axloqiy tushunchaning nozikligi 
va ko‗p ma‘noligini bilishga harakat qiladilar. Masalan, burch, vijdon, g‗urur, 
qadr-qimmat, faxrlanish, mas‘uliyat, or-nomus kabi tushunchalarni chuqur tahlil 
qila oladilar. Lekin ularning hammalari bu axloqiy tushunchalarni yaxshi 
anglaydilar, deb bo‗lmaydi. Shunga ko‗ra to‗g‗ri axloqiy qarashlar, tasavvurlar 
tarkib topishi uchun adolatli turmush tarzining o‗zi yetarli, deyish mumkin emas. 


84 
Va pedagog xotirjamlikka yo‗l qo‗ymasligi, sog‗lom muhit yaratish, barqaror 
shaxsni tarkib toptirish uchun doimo izlanishi zarur. Shuningdek, maktabda, bilim 
yurtida tarbiya ishlari izchil olib borilmasa, yigit va qizlarda chinakam, barqaror 
e‘tiqodlar shakllanmaydi. O‗spirinlarda axloqiy tushunchalarni oqilona 
shakllantirish lozim, ularga nojo‗ya-xulq-atvor, chet "el filmlarining mazmuni 
ma‘naviyatga va ruhiyatga salbiy ta‘sir etishini tushuntirish zarur. Ijtimoiy hayotda 
uchraydigan yaramas yurish-turishlarga, illatlarga zarba berish, ularning ta‘siridan 
yigit va qizlarni asrash pedagoglar jamoasining muhim vazifasi hisoblanadi. 
O‗spirinlarda balog‗atga yetish tuyg‗usi takomillashib borib, o‗zining o‗rnini 
belgilaydi va ma‘naviy dunyosini ifodalash tuyg‗usiga aylanadi. Bu hol uning 
o‗zini alohida shaxs ekanligini, o‗ziga xos xislatini tan olinishiga intilishida aks 
etadi. Bunga esa moddalarga mayl qo‗yish, murakkab tasviriy san‘atga, musiqaga, 
kasb-hunarga, tabiatga qiziqishni namoyish qilish yaqqol dalildir. 
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, o‗spirin qizlar katta yoshdagi kishilarning 
ta‘siriga osonroq beriladilar, o‗spirin yigitlar esa, kattalardan ko‗ra tengdoshlari 
ta‘siriga ko‗proq beriladilar. Shuning uchun yuqori sinf o‗quvchisi shaxsining 
tarkib topishiga maktab muhiti xususan sinf jamoasi, rasmiy va norasmiy tengqur 
boshliqlar kuchli ta‘sir etadi. Sinf jamoasi umumiy maqsadni belgilashga, jamoa 
a‘zolari o‗rtasida iliq munosabatlar o‗rnatishga, shaxsiy va jamoatchilik 
munosabatlar rivojlanishiga imkoniyatlar yaratadi. Sinf va maktab jamoalari 
ta‘sirida matonatlilik, jasurlik sabrtoqatlilik, kamtarlik, intizomlilik, halollik, 
hamdardlik kabi fazilatlar takomillashadi va xudbinlik, loqaydlik, munofiqlik, 
laganbardorlik, dangasalik, qo‗rqoqlik, g‗ayrlik singari illatlarning barham topishi 
tezlashadi. Jamoa a‘zolari o‗rtasidagi ahillik, birlik, yagona maqsadga intilish, iliq 
psixologik iqlim mavjud salbiy hatti-harakatlarni yo‗qotish uchun xizmat qiladi 
Yuqori sinf o‗quvchilari shaxsining shakllanishi jarayonida jamoat 
tashkilotlari alohida ahamiyat kasb etadi. Ularning yuksak talablar qo‗yishi 
natijasida o‗spirinlarda faollik, tashabbuskorlik, mustaqillik, qat‘iyatlilik, 
mas‘uliyatlilik, tanqidiylik singari fazilatlar barqarorlashadi, Mazkur tashkilotlar 
o‗spirinlardagi g‗oyaviy-siyosiy, vatanparvarlik, jamoachilik, insonparvarlik, 


85 
o‗zaro yordam, hamkorlik tuyg‗ularini mukammal bosqichga ko‗taradi. Ana 
shularni kuzatib tadqiq etgan psixolog L. I. Umanskiy tashkilotchilik qobiliyati 
o‗zaro uzviy bog‗liq quyidagi qismlardan iboratligini ta‘kidlaydi: 1) tashkilotchilik 
tuyg‗usi (psixologik topqirlik, kashfiyotchilik, odob, nazokat, amaliy aql-idrokda 
o‗z ifodasini topadi); 2) tengdoshlariga emotsional-irodaviy ta‘sir ko‗rsatish 
imkoniyati (muammolar yechimiga jalb qilish, ularning kuch-g‗ayratini 
biriktirish); 3) tashkilotchilik faoliyatiga moyillik (emotsional his-tuyg‗u, ijobiy 
munosabat, faollik ko‗rsatish, qat‘iy qiziqish va hokazolar). 
L. I. Umanskiyning fikricha, o‗spirin namunali tashkilotchi bo‗lishi uchun 
unda quyidagi xislatlar bo‗lishi kerak: a) axloqiy xislatlar-jamoatchilik, 
samimiylik, tashabbuskorlik, faollik, mehnatsevarlik; b) irodaviy xislatlar: 
matonat, qat‘iyat, mustaqillik tashabbuskorlik, batartiblik, intizomlilik; c) 
emotsional xislatlar-xushchaqchaqlik, tetiklik, hazilkashlik va yangilikni his etish, 
o‗z kuchiga ishonch, optimizm va boshqalar.
O‗spirinlarning yana bir muhim xislati ularda yuksak darajadagi do‗stlik, 
o‗rtoqlik, ulfatchilik, muhabbatning vujudga kelishidir. Shu his-tuyg‗ular yigit va 
qizlarning ma‘naviyati va psixologiyasida qanday tus olishiga qarab, tarbiyaviy 
chora va tadbirlarni amalga oshirish yaxshi natija beradi. Sinfdagi hamkorlik 
faoliyatida o‗zaro yordam hamjihatlilik, intilish va manfaatlar birligiga asoslangan 
o‗rtoqlik munosabatlari yuzaga keladi. O‗rtoqlik munosabatlarining yuksak 
ko‗rinishi - do‗stlik hissida namoyon bo‗ladi. Do‗stlik hissi o‗rtog‗iga 
mehribonlikda u bilan uchrashish va suhbatlashish, o‗z fikr va hissiyotlari bilan 
o‗rtoqlashishda ko‗rinadi. Haqiqiy do‗stlik hissi o‗zaro talabchanlik bilan bog‗liq 
bo‗lib, xatolarni birgalikda tuzatishda ifodasini topadi. 
O‗spirin o‗quvchilarda tabiat, san‘at, adabiyot, madaniyat, ijtimoiy hayot 
go‗zalliklarini payqash, idrok qilish, sevish, ulardan ta‘sirlanish, ma‘naviy ozuqa 
olish xislatlari paydo bo‗ladi. Ularning psixologiyasida mayin sado, yoqimli nido, 
qalbni to‗lqinlantiruvchi musiqa, nozik his-tuyg‗u ezgulik hislari, mayllari 
kuchayadi. Ayniqsa, estetik hislar ularning ma‘naviyatidagi qo‗pol, noxush, xunuk 
va yoqimsiz qiliqlarning yo‗qolishiga yordam beradi. Lekin bundan o‗spirinlar 


86 
jo‗shqin, keskin, shavq zavqli damlardan butunlay voz kechadilar, degan ma‘no 
kelib chiqmaydi. Shunga qaramay, o‗spirin yigit va qizlar orasida estetik tuyg‗usi 
to‗la shakllanmagan, noto‗g‗ri tasavvurga ega bo‗lgan shaxslar ham uchraydi. 
Ularda estetik his-tuyg‗u o‗ziga xos qarashlar va nuqtai nazarning o‗sishida ilm-
fan va texnikaning rivoji, tafakkurning takomillashuvi, taqlidchanlik muhim rol 
o‗ynaydi. Buning uchun muayyan reja asosida turli mo`zeylar ko‗rgazma va 
konsert zallariga, kino, teatr, radio va telestudiyaga sayohatlar uyushtirish 
maqsadga muvofiqdir. 
Yuqori sinf o‗quvchilarining o‗quv mashg‗uloti o‗z xususiyati va mazmuni 
bilan boshqa yosh davridagi o‗quvchilarning ta‘lim jarayonidan tubdan farq qiladi. 
Uquv rejasi va dasto`rining murakkablashuvi, yangi fanlar va fakultativ 
kurslarning kiritilishi o‗zlashtirishni nazariy tafakkur yordamida amalga oshirishni 
taqozo etadi. Ana shu sababli ularning o‗qishga munosabati ham o‗zgaradi, ularda 
fanlarga turlicha munosabatlar shakllana boshlaydi. 
O‗spirin o‗quvchilarning fanlarga munosabatlari asosan har qaysi fanning 
inson dunyoqarashidagi roliga bilish faoliyatidagi va ijtimoiy ahamiyatiga amaliy 
xususiyatiga o‗zlashtirish imkoniyatiga va uni o‗qitish metodikasiga bog‗liq 
bo‗ladi. 
Katta maktab yoshida bilishga qiziqish amaliy xususiyat kasb eta boshlaydi. 
Masalan, bu qiziqish ijtimoiy-siyosiy masalalarga, texnikaga, tabiatga, osmon 
jismlariga, jamiyatshunoslikka, huquqiy muammolarga, sport va hokazolarga 
yo‗nalgan bo‗ladi. Yuqori sinf o‗quvchilarining to‗garaqlarda faol qatnashishi 
qobiliyat va aqliy imkoniyatlariga qarab amalga oshadi. 
O‗spirinlarda sezgirlik, kuzatuvchanlik, takomillashib boradi, mantiqiy 
xotira, eslab qolishning yo‗l va vositalari esa ta‘lim jarayonida yetakchi rol o‗ynay 
boshlaydi. O‗spirinlar topshiriqlarni bajarishda, ularning ma‘nosi hamda 
mohiyatini to‗la anglab ish to`tadilar, eslab qolish, esda qolish, esga tushirish 
jarayonlarning samarali usullaridan unumli foydalanadilar. Bu jarayonlar 
muvaffaqiyatli amalga oshishini ta‘minlovchi diqqatning sifati va miqdori 
o‗zgaradi, Diqqatni ko‗chirish va taqsimlash sezilarli rivojlanadi, boshqalarning 


87 
nuqtai nazariga e‘tibor berish, ularning nutqini tinglash, yozib olish, mulohaza 
yuritish mahorati oshadi va aqliy qobiliyat takomillashadi. 
O‗spirinlarning tafakkuri tobora faol, mustaqil va ijodiy xususiyatlarga ega 
bo‗lib boradi. Lekin ularning fikr yuritishida birmuncha ob‘ektiv va sub‘ektiv 
kamchiliklar uchraydi. 
O‗spirin barcha faoliyat bosqichida mustaqil fikr yurita olmasligi uning 
psixikasidagi jiddiy kamchilikdir. O‗spirinlarga adabiy qahramon qiyofasini 
ifodalash, asar mohiyati, mazmuni va g‗oyasi yuzasidan mustaqil holda hukm va 
xulosa chiqarish topshirilganda ular, birinchidan, asarni o‗qishgan, biroq hech 
qanday xulosa chiqarishmagan, ikkinchidan, mavzuga ijodiy yondashmasdan 
o‗qituvchining har bir so‗zini esda saqlab qolib, hech o‗zgarishsiz qaytadan aytib 
berishga harakat qilishgan, uchinchidan, o‗zlari maktabdan va sinfdan tashqari 
faoliyatlarida eshitganlari, o‗qiganlari bilan o‗qituvchining axboroti, ma‘lumoti 
xabarni umumlashtirib javob berishgan, to‗rtinchidan, o‗z fikrlarini bayon etishga 
qiynalganlarida asardan ko‗chirmalar keltirishgan. 
Katta maktab yoshidagi o‗quvchilarda nazariy tafakkurni shakllantirishda 
to‗garak va fakultativ mashg‗ulotlar muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, o‗spirin 
o‗quvchining mustaqil fikrlashini rivojlantirishda, o‗qituvchilar, sinf rahbarlarining 
siymolari muhim rol o‗ynaydi. O‗qituvchilar o‗spirinlarda o‗rganilayotgan narsa va 
hodisalarning ob‘ektivligi, haqqoniyligi, to‗g‗riligiga ishonch hosil qilishlari, 
ulardan qanoatlantirishlari va ularni isbotlashga o‗rgatib borishlari zarur. 
Ikkinchidan, fan o‗qituvchilari ularni narsa va hodisalar to‗g‗risida original fikr 
yuritishga yo‗llashlari kerak. Uchinchidan, o‗quvchilarning mashg‗ulotlarda 
qo‗llanaverib, ma‘naviy eskirgan bir qolipdagi so‗zlardan, iboralardan 
foydalanishlariga yo‗l qo‗ymasliklari kerak. To‗rtinchidan, fan o‗qituvchilari 
o‗spirin yigit va qizlarga bilimlarini amaliyotga tatbiq qilishni o‗rgatishlari shart, 
buning uchun ularda amaliy malakalarni shakllantirishga harakat qilishlari lozim. 
Tafakkur boshqa psixik jarayonlardan ajralgan holda rivojlanishi mutlaqo 
mumkin emas. Shuning uchun tafakkur rivojlanishi bilan birga o‗quvchining nutq 
faoliyati ham o‗sadi. Bu esa o‗quvchida o‗z fikrini to‗g‗ri, aniq ifodalash 


88 
malakasini tarkib toptiradi, nutqining to`zilishini takomillashtiradi va lug‗at 
boyligini yanada oshiradi. O‗spirin adabiy asarlarni o‗qish va tushunish orqali 
mustaqil fikrlashga, mulohaza yuritish va munozaraga o‗rgana boradi. Unda asta-
sekin tabiat va jamiyat haqida o‗zining nuqtai nazari, e‘tiqodi, qarashi shakllanadi. 
Ma‘lumki shaxsning ana shu fazilatlari o‗smir fikrlashi, mustaqil o‗ylashi, to‗g‗ri 
hukm va xulosa chiqarishi, qat‘iy qarorga kelishining natijasidir. 
Yigit va qizlarning adabiy asarni baholashi, u haqda shaxsiy fikrlarini 
bildirishi, muammoli tomonlari yuzasidan bahslashuvi va hokazolarda insoniy 
xislatlarning muayyan darajada ishtirok etishi aql tanqidiyligining aynan 
o‗zginasidir. Turmushda uchraydigan noo‗rin tanqidiylik 
esa 
o‗spirinning badiiy 
didi va hayotiy tajribasi zaifligidir. O‗qituvchining ayni shu paytdagi asosiy 
vazifasi - o‗quvchilar tafakkuridagi tanqidiylikni haqqoniylik darajasiga 
ko‗tarishdan, ularga voqelikka odilona, oqilona tanqidiy nuqtai nazardan qarashni 
o‗rgatishdan iboratdir. 
Katta maktab yoshidagi o‗quvchi aqlining tanqidiyligida og‗machilikka 
moyillik kuchli bo‗ladi. Og‗machilikning eng asosiy sabablaridan biri - 
voqelikning mohiyatini ilmiy jihatdan to‗g‗ri tushunmaslikdir. Shuningdek, 
o‗spirinning «o‗z pozisiyasi»da bo‗sh kelmasligi, narsa va hodisalarning asl 
mohiyatini anglab turib, jo‗rttaga «o‗jarlik» qilishi ham ana shu og‗machilikning 
bir ko‗rinishidir. 
Ularda moddiy dunyo to‗g‗risida shaxsiy fikrlar, mulohazalar, ilmiy 
dunyoqarash tarkib topganidan keyingina tafakkurning tanqidiylik xususiyati 
rivojlana boshlaydi. Aqlning yoki tafakkurning tanqidiyligini tarbiyalashda 
o‗qituvchi o‗quvchining o‗ziga xos tipologik xususiyatiga, aqliy kamolot 
darajasiga, bilimlari saviyasiga, mulohaza doirasining kengligiga, nutq 
qobiliyatiga, shaxsiy nuqtai nazariga, o‗qishga nisbatan munosabatiga, 
qiziqishining xususiyat va darajasiga, aqliy faoliyat operasiyalarini qanchalik 
bilishiga, mavjud o‗qish ko‗nikmasi va malakalariga alohida e‘tibor berishi lozim. 
Aql tanqidiyligining rivojlanishi yuqori sinf o‗quvchilarini moddiy dunyoni, 
atrof muhitni o‗rganishga, o‗quv materiallarni puxta o‗zlashtirishga, ta‘lim 


89 
jarayonida tashabbuskorlikka, faollikka da‘vat etadi va bundan tashqari, voqelikni 
isbotlash va asoslash ko‗nikmalari tarkib topishiga imkon yaratadi. 
O‗rganilayotgan hodisa to‗g‗risida hukm va xulosa chiqarish tasdiqlash yoki inkor 
qilish qobiliyatini rivojlantiradi. 
O‗spirin tafakkurining sifatini uning mazmundorligi, chuqurligi, kengligi, 
mustaqilligi, samaradorligi, tezligi tashkil qiladi. Tafakkurning 

Yüklə 73,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin