MODUL V. TALABALAR PSIXOLOGIYASI VA O‘QUV FAOLIYATI.
MODULNING UMUMIY MAQSADI:
Talabalarning psixologik xususiyatlari.
Talabalar tafakkurining xususiyatlari, talaba shaxsining ijtimoiy - psixologik
xususiyatlarini tekshirish,
oliy ta‘limdagi qiyinchiliklarni bartaraf qilish yo‘llari,
darsni psixologik tahlil qilishga oid ko‗nikmalarni shakllantirish
.
MODULNING O‘QUV MAQSADLARI:
-
ta‘limiy maqsad
:
talabalarga ma‘lumot berish, rivojlantirish, ta`limiy
maqsadini aniq belgilash, uning modul tizimidagi o‗rnini qat‘iy aniqlash, uning
nazariy asoslariga oid bilimlar berish, fanga oid tushunchalarni o‗zlashtirishi orqali
kasbiy kompetentligini oshirish;
-
tarbiyaviy maqsad
:
talabalarda fanning o‗ziga xos xususiyatlari haqida
dastlabki tushunchalar berish orqali sohaga qiziqishlarini orttirish, nazariy bilimlar
asosida ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish, kasbiy mahoratni shakllantirish;
-
rivojlantiruvchi maqsad
: modulni o`tishda ongli intizomni tashkil etish,
talabalarning kasbiy yetuklik darajasini, kasbiy dunyoqarashi va pedagogik-
psixologik qobiliyatini rivojlantirish.
5.1. Talabalarning psixologik xususiyatlari. Talabalar tafakkurining
xususiyatlari. Talaba shaxsining ijtimoiy - psixologik xususiyatlarini
tekshirish.
Tayanch so`z va iboralar:
Sezgi organlariga ta’sir etish, turli - tuman
kasblar, bilimlar tizimi bilan qurollantirish, fikr yuritish qobiliyati, real yoki
noreal xodisalar, yangilik yaratish yo‘llari, tasavvur etish qobiliyati, faol bilish
jarayoni, korreksiya qilish.
O‗spirinlarning bilish jarayonlari va temperament xususiyatlarini xisobga
olgan xolda kasbga yo‗llash maqsadga muvofiq.
Sezgirlar deganda moddiy dunyodagi narsalarning ayrim xossalari va
xodisalar insonning sezgi organlariga ta‘sir etib, muayyan tanlovdan (seleksiyadan)
100
o`tgandan keyin uning aks ettirilishi tushuniladi. Boshqacha so`z bilan aytganda,
sezgi insonlarning tashqi ta‘sirini qabul qilish qobiliyati va shunday ta‘sirdan xis-
tuyg‗u, bilish jarayonining sodda va boshlang`ich shakli, bosqichi xisoblanadi.
Sezgilar uch guruhga bo`lib o`rganiladi: a) ko`rish, xis bilish, tam sezish, tuyush -
eksteroretseptiv sezgilar; b) organiq sezgilar, ya‘ni ikki organlarning faoliyati
to‗g‗risida xabar berib turuvchi - interoretseptiv sezgilar; c) kinestetik (xarakat),
muvozanat, tebranish (vibratsiya) - proprioretseptiv sezgilar.
Sezgilik deganda, sezish qobiliyatining yuksak darajada rivojlanganligi
tushuniladi. Kasbda shaxsning sezgirligi muxim rol o`ynaydi. Xavo musaffo
paytda ko`zimiz 25 kilometr masofadagi shamning yorug`ini ilg`aydi. Buyumning
og`irligiga atigi 3 - 4 gramm qo`shilishi bilan sezgi organlarimiz og`irlik
o‗zgarganligini seza oladi. Sezgi organlarining farq sezish chegarasi yorug`lik
uchun - ko`zg`alish (ta‘sir)ning yuzdan bir, tovush uchun – o`ndan bir, bosim
uchun uchdan bir birligiga teng. Insonning ko`zi yarim millionga yaqin rang - tusni
ajrata oladi. Bundan chiq`adigan asosiy xulosa shundan iboratki, farqni sezish
chegarasining past yoki yuqori bo‗lishi ko‗pchilik kasb-hunarlar uchun muxim
ahamiyatga ega.
Sezgi organlarining avto muxitdagi o‗zgarishlarga moslashuvchanlik
qobiliyati nixoyatda kuchli. Masalan, ko`zning yorug`lik nurlariga nisbatan
sezgirlik darajasi 200000 (ikki yuz ming) baravar orttirishi, binobarin, ko`z
qorachig`i 17 baravar kattalishishi mumkin. Odatda xar qaysi shaxsning sezish
qobiliyati xar hil darajada rivojlangan bo‗ladi.
Sezgirlik shaxsning muxim xususiyatlaridan biri bo`lib, ma‘lum faoliyat turi
bilan shug`ullanish sezgirligi oshadi. Buning uchun inson muntazam ravishda
mashq qilishi va mashq jarayonida sezgirlikka nisbatan talabni oshira borishi, ishda
sustlikka yo‗l qo`ymaslik zarur. O‗spirinlarning ruxiy tetikligini, jismoniy
faolligini oshirish, mehnatga, kasb-hunarga qiziqtirish sezgirligi, ziyraqligini
oshirish garovidir.
Ayni paytda sezgi organlariga ta‘sir etayotgan ob‘ektni mavjudol, narsa va
xodisalarning inson ongidagi in‘ekosi idrok deb ataladi. Verbal va novebral
101
xususiyatlari bilan boshqa bilish jarayonlaridan farqlanadi. Idrok voqelikni aks
ettirishning sezgiga nisbatan shakli bo`lib, xodisalar, narsalar va sub‘ektlarning
yaxlit obrazini yaratadi.
Talabalarning o‗qishi, mehnat faoliyati, muomala jarayoni, kasb tanlashi
uchun fazo va vaqtni idrok qilishning katta ahamiyati bor. Xar qanday kasb -
hunar, ixtisos va mutaxassislik uchun ish sur‘ati, vaqt, ish qurollari, vositalarining
fazoda qanday joylashganligini aniq bilish talab qilinadi. Shaxsni kasbga
yo‗llashda uning olamni idrok qilish imkoniyatidan iborat fazilati va
kuzatuvchanligi aloxida rol o`ynaydi. Ba‘zi birovlar moddiy narsalarga nisbatan
kuzatuvchan bo`lsa, boshqalar psixologik jixatdan kuzatuvchandir. Talabaning
atrof muxitdagi narsa va xodisalar haqida chuqur fikr yurita bilishi uning idroklilik
darajasiga bog`liq bo`lib, bu fazilat kasb tanlashda juda asqotadi.
Biror kimsa, narsa yoki xodisa haqidagi taassurotni esda saqlab, eslab qolish
va keyinchalik esga tushirish, reproduktiv va produktiv xolatni aks ettirish
qobiliyati xotira deb ataladi. Xotiraning hayot, faoliyat, muomala va xulq-atvor
jarayonlarini aks ettirish qobiliyati muxim xislatidir.
Xarakat xotirasi (xarakatni eslab qolish, esga tushirish, esda saqlash, tanish,
eslash, takrorlash), emotsional xotira ( xis-tuyg‗ular bilan aloqador emotsional
kechinmalarning voqelik bilan uyg`unligi), tasavvur xotirasi (buyumlarning
ko‗rinishi, shakli, qiyofasini eslab qolish va esga tushirish), so`z - mantiq, xotirasi
(so`zlar va nutq bilan uzviy bog`liq bo`lgan fikrlarni eslab qolish hamda esga
tushirish) va boshqalar farq qilinadi.
Bundan tashqari, xotira faoliyatining maqsadga qarab - ixtiyoriy va
ixtiyorsiz eslab qolish va esga saqlash muddatiga qarab - qisqa muddatli, uzoq
muddatli, operativ va boshqa xotira degan turlarga ham ajratiladi. Xotira, o`z
navbatida ko`rgazmali, obrazli, so`z - mantiq, abstrakt, xarakatli va oraliq tiplarga
ajratilib o`rganiladi.
Yoshlarni kasbga yo‗llashda ularning xotirasidagi shaxsiy farqlarni xisobga
olish maqsadga muvofiq. O‗quv materiallarining turli - tumanligi xotirani
102
o`tkirlashtirish, rivojlantirish uchun qulaylik yaratadi, chunki kasb - hunarning
hilma - hilligi xotiraning o`tkirligini talab qiladi.
Xotiraning hamma turlari, o‗ziga xos jixatlari kasb – hunar, ixtisos,
mutaxassislik tanlashda, turli - tuman kasblar to‗g‗risidagi ma‘lumot, axborotlarni
o`zlashtirish eslab qolish va keyinchalik esga tushirishda juda muxim rol o`ynaydi.
Biror ixtisosni egallash uchun xotiraning yuqorida ta‘riflab berilgan turlaridan
birontasi albatta kerak bo`lib qoladi. Bu esa, o`z navbatida ishning samarali
bajarilishini ta‘minlaydi.
Aqliy mehnat bilan shugullanuvchilarning xotirasi ayniqsa o`tkir bo‗lishi
lozim.
Tafakkur voqelikning miyada bevosita zuxur etilgan mavxum va
umumlashtirilgan in‘ekosi bo`lib, talabaning olam haqidagi bilimining asosiy
manbai bo`lgan sezgilari, idroki va tasavvurlari hamda amaliy faoliyati bilan
bog`liqdir. Tafakkur talabani bilimlar tizimi bilan qurollantiradi, qudratli tabiat
kuchlarini o‗ziga buysundirishi uchun imkon tug`diradi. Barcha bilimlar fikr
yuritish yo‗li bilan o`zlashtiriladi. Bilimlarni anglash natijasidatalaba talabada
tushunchalar muloxaza va xulosalar kelib chiqadi. Talaba fikrlash, muloxaza
yuritish, ijodiy izlanish natijasida muammolar va muammoli vaziyatlarni xal qiladi,
yangilik yaratadi, ijod (kreatsiya) qiladi.
Aqliy qobiliyat talabaga xos yuksak fazilat bo`lib, muayyan operatsiyalar,
xatti-xarakatlar yordami bilan ro`yobga chiqadi. Talaba mehnat faoliyatining
barcha soxalarida o`zining aqliy qobiliyatidan samarali foydalanmogi zarur.
Talabalarning fikr yuritish qobiliyatini aniqlovchi muxim mezonlardan biri
muammoli vaziyatdir. Ta‘lim jarayonida talabalarni muammoli vaziyatni,
topshiriqni yechishga o`rgatish ularning bu aqliy qobiliyatini rivojlantirishga katta
yordam beradi. Buning uchun talabalarga muammoli, jumboqli topshiriqni yechish
bosqichlarini ta‘riflab berish joiz. Bunda qo`yilgan muammoning moxiyati
tushuntiriladi, uni yechish usullari, vositalari qidiriladi, tanlangan usul hamda
vositalardan foydalanib, muammo yechiladi, uning to‗g‗ri yechilganligi tekshiriladi
va xokazo.
103
Ta‘lim oldiga qo`yilgan maqsadga erishish uchun bir element ortiqcha
berilgan yoki biror sharti yetishmaydigan, yo bo`lmasa o`zaro mantiqdan
bog`lanmagan topshiriq hamda masalalardan muammo sifatida foydalanilsa juda
qimmatli natijada olinadi. Qo`yilgan muammoning kasb-hunarga aloqador bo`lgani
ma`qul. Muammoli masalani xal qilishda tafakkurning mustaqilligi, ixchamligi,
tezligi, mantiqiyligi, izchilligi, o`tkirligi, teranligi, maxsuldorligi juda muxim
ahamiyatga ega.
Xullas, tafakkurning xozirgacha foydalanilmayotgan imkoniyatlarini zudlik
bilan kasb tanlash samarasini oshirish ishiga xizmat qilishiga ishonchimiz komil.
Xayo`lot (fantaziya) ob‘ektiv voqelikning inson ongidagi o‗ziga xos
in‘ikosi, real yoki noreal xodisalar haqidagi uy, fikr, farazga asoslangan tasavvurlar
majmuasidir. Bironta, xatto eng chalkash, faraziy tasavvur ham talaba aqlining
faqat sub‘ektiv maxsuli xisoblanmaydi, oqibat, natijada bu tasavvurda ob‘ektiv aks
ettirilgan bo‗ladi. Shunga ko`ra talaba faoliyatining xar qanday turi uchun, shu
jumladan, olimning gipoteza yaratishi, voqelikni bashorat qilishi, xodisalarning
sabablarini taxmin etishi uchun xayo`lot juda zarurdir. O‗quvchi yoki talabaning
faraziy tasavvuri yetarlicha rivojlanmagan bo`lsa, ta‘lim jarayonida ko`zlangan
maqsadga erisha olmaydi.
Yangilik yaratishga intilgan xar qanday ijodiy farazsiz tasavvur etib
bo`lmaydi. Yangilik yaratish yo‗llari faraz qilish jarayonida vujudga keladi. Inson
orzu, ezgu niyat qilmasdan, xayol surmasdan, o`ylamasdan yashay olmaydi. Ijodiy
izlanish talabaning psixologik tavsifi uchun katta ahamiyatga ega. Talabaning
xayo`l surish, faraz qilish, tasavvur etish qobiliyatiga qarab uning ma‘naviy
dunyosi to‗g‗risida muayyan darajada aniq fikrga kelish mumkin. Talaba faraziy
obrazlar, timsollar, tasvirlar tufayli tobora sezgir, mexribon, xushmuomala, saxiy
bo‗ladi.
Shunday qilib, faol bilish jarayoni talaba faoliyatining hamma turlarida bir
tekis ishtiroq etadi va aks ettirishni mukammal bo‗lish imkoniyatini va
qonuniyatlariga tayanib ish tutgan talaba kamroq xato qiladi. Bu omillar uning
104
xatolarga nisbatan ongli munosabatda bo‗lishiga, yo‗l qo`ygan kamchiliklarni o`z
vaqtida tuzatishga (korreksiya qilishga) imkon yaratadi.
Dostları ilə paylaş: |