8.1. Tarbiyalash va o‘z-o‘zini tarbiyalash psixologiyasi. O‘qituvchi
va o‘quvchi: ta‘lim jarayonida muloqot va hamkorlik.
Tayanch so`z va iboralar:
Ijtimoiy munosabatlar mahsuli,
muloqotning turi va shakllari, insoniy munosabatlar, o‘zaro til topishish, bir-birini
tushunish, kasbiy faoliyat sohasi, shaxslararo munosabatlar, muloqotning
kommunikativ tomoni, muloqotning interaktiv tomoni, muloqotning perseptiv
tomoni,
Shaxs - ijtimoiy munosabatlar mahsuli deyilishining eng asosiy sababi - uning
doimo insonlar davrasida, ular bilan o‗zaro ta‘sir doirasida bo‗lishini anglatadi. Bu
shaxsning eng yetakchi va nufuzli faoliyatlaridan biri muloqot ekanligiga ishora
163
qiladi.
Muloqotning turi va shakllari turlichadir. Masalan, bu faoliyat bevosita
«yuzma-yuz» bo‗lishi, yoki u yoki bu texnik vositalar (telefon, telegraf va shunga
o‗xshash) orqali amalga oshiriladigan; biror professional faoliyat jarayonidagi
amaliy yoki do‗stona bo‗lishi; sub‘ekt-sub‘ekt tipli (dialogik, sheriklik), yoki
sub‘ekt-ob‘ektli (monologik) bo‗lishi mumkin.
Insoniy munosabatlar shunday o‗zaro ta‘sir jarayoniki, unda shaxslaro
munosabatlar shakllanadi va namoyon bo‗ladi. Bunday jarayon dastlab odamlar
o‗rtasida ro‗y beradigan fikrlar, his-kechinmalar, tashvishu - quvonchlar
almashinuvini nazarda tutadi. Odamlar muloqotda bo‗lishgani sari, ular o‗rtasidagi
munosabatlar tajribasi ortgan sari ular o‗rtasida umumiylik, o‗xshashlik va
uyg‗unlik kabi sifatlar paydo bo‗ladiki, ular bir - birlarini bir qarashda
tushunadigan yoki «yarimta jumladan» ham fikr ayon bo‗ladigan bo‗lib qoladi,
ayrim xollarda esa, ana shunday muloqotning tig‗izligi teskari reaksiyalarni - bir-
biridan charchash, gapiradigan gapning qolmasligi kabi vaziyatni keltirib
chiqaradi. Masalan, oila muhiti va undagi munosabatlar ana shunday tig‗iz
munosabatlarga kiradi. Faqat bunday tig‗izlik oilaning barcha a‘zolari o‗rtasida
emas, uning ayrim a‘zolari o‗rtasida bo‗lishi mumkin (ona - bola, qaynona - kelin
va x-zo).
O‗zaro munosabatlarga kirishayotgan tomonlar munosabatdan ko‗zlaydigan
asosiy maqsadlari - o‗zaro til topishish, bir-birini tushunishdir. Bu jarayonning
murakkabligi, kerak bo‗lsa, «jozibasi», betakrorligi shundaki, o‗zaro bir hil til
topishish yoki tomonlarning aynan bir hil o‗ylashlari va gapirishlari mumkin emas.
Agar ana shunday vaziyatni tasavvur qiladigan bo‗lsak, bunday muloqot eng
samarasiz, eng beta‘sir bo‗lgan bo‗lar edi. Masalan, tasavvur qiling, uzoq vaqt
ko‗rishmay qolgan do‗stingizni ko‗rib qoldingiz. Siz undan xol-ahvol so‗radingiz,
lekin u tashabbusni sizga berib, nimaiki demang, sizni ma‘qullab, gapingizni
qaytarib turibdi. Bunday muloqot juda bemaza bo‗lgan va siz ikkinchi marta o‗sha
odam bilan iloji boricha rasman salom - alikni bajo keltirib, o‗tib ketavergan
bo‗lardingiz. Ya‘ni, muloqot faoliyati shunday shart-sharoitki, unda har bir
164
shaxsning individualligi, betakrorligi, bilimlar va tasavvurlarning hilma-hilligi
namoyon bo‗ladi va shunisi bilan u insoniyatni asrlar davomida o‗ziga jalb etadi.
Har qanday faoliyatdan zerikish, charchash mumkin, faqat odam muloqotdan,
ayniqsa, uning norasmiy samimiy, bevosita shaklidan charchamaydi, yaxshi
suhbatdoshlar doimo ma‘naviy jihatdan rag‗batlantiriladilar.
XX1 asrda yashar ekanmiz, odamning eng tabiiy bo‗lgan muloqotga ehtiyoji,
uning sirlaridan habardor bo‗lish va o‗zgalarga samarali ta‘sir eta olishga bo‗lgan
intilishi yanada oshdi va buning qator sabablari bor.
Birinchidan, industrial jamiyatdan axborotlar jamiyatiga o‗tib bormoqdamiz.
Axborotlarning ko‗pligi aynan inson manfaatiga aloqador ma‘lumotlarni saralash,
u bilan to‗g‗ri munosabatda bo‗lishni taqozo etdi. Axborot XXI asrda eng nodir
kapitalga aylandi va bu o‗z navbatida insonlarga zarur axborotlar o`zatilishi tezligi
va tempini o‗zgartiradi.
Ikkinchidan, turli kasbiy faoliyat sohasida ishlayotgan odamlar guruhining
ko‗payishi, ular o‗rtasida munosabatlar va aloqaninng dolzarbligi axborotlar tig‗iz
sharoitda oddiygina muloqotni emas, balki professional, bilimdonlik asosidagi
muloqotni talab qiladi. Umuman, XX1 asrning korporatsiyalar asri deb, bashorat
qilayotgan iqtisodchilar ham bu korporatsiya insonlarning o‗zaro til topishlariga
qaratilgan malakalarning rivojlangan, mukammal bo‗lishi haqida gapirmoqdalar.
Undan tashqari, bu kabi korporativ aloqa ko‗p xollarda bevosita yuzma-yuz emas,
balki zamonaviy texnik vositalar - uyali aloqa, fakslar, elektron pochta, Internet
kabilar yordamida aniq va lo`nda fikrlarni uzatishni nazarda tutadi. Bu ham o‗ziga
xos muloqot malakalarining ataylab shakllantirilishini taqozo etadi.
Uchinchidan, oxirgi paytlarda shunday kasb-hunarlar soni ortdiki, ular
sotsionomik guruh kasblar deb atalib, ularda «odam-odam» dialogi faoliyatning
samarasini belgilaydi. Masalan, pedagogik faoliyat, boshqaruv tizimi, turli hil
xizmatlar (servis), marketing va boshqalar shular jumlasidandir. Bunday
sharoitlarda odamlarning ataylab muloqot bilimdonligining oshirilishi mehnat
mahsulini belgilaydi.
Shuning uchun ham muloqot, uning tabiati, texnikasi va strategiyasi,
165
muloqotga o‗rgatish (sotsial psixologik trening) masalalari bilan shug‗ullanuvchi
fanlarning ham jamiyatdagi o‗rni va salohiyati keskin oshdi.
Shaxslararo munosabatlarni o‗rganish psixologiya fanida eng dolzarb
muammolardan hisoblanadi. Chunki inson shaxsining eng nuf uzli va
yetakchi faoliyatlaridan biri bo‗lgan muloqot va u orqali o‗zaro
munosabatlar odamlar orasida umumiylik, o‗xshashlik, uyg‗unlik kabi
sifatlar paydo bo‗lishiga olib keladi. Ayniqsa, oila muhitida shaxslararo
munosabatlarning,
chunonchi,
ota -ona
va
farzand
orasidagi
munosabatlarning o‗ziga xos tomonlari shaxsning hayoti, faoliyatining
samarasi va mazmuniga bevosita ta‘sir etadi. Shunday ekan, insonlar
orasida amalga oshadigan shaxslararo munosabatlar, ularning turli
psixologik xususiyatlarini o‗rganish masalasi ijtimo iy psixologiya fanida
muhim va dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Muomala shaxslararo munosabatlarning shunday ko‗rinishidirki,
uning yordamida odamlar o‗zaro psixik jihatdan aloqaga kirishadilar,
o‗zaro axborot almashinadilar, ta‘sir o‗tkazadilar, ta‘sirl anadilar, idrok
etadilar, tushunish va baxolash jarayonlarini kechiradilar. Shuning uchun
muomala ijtimoiy psixologik xodisa, ijtimoiy kategoriya sifatida ijtimoiy
turmushning barcha sohalarida bevosita ishtirok etib, hamkorlik
faoliyatining moddiy, ma‘naviy, emotsional, kognitiv, motivatsion,
regulyativ qirralarini aks ettiruvchi ob‘ektiv va sub‘ektiv ehtiyoj sifatida
vujudga keladi, ijtimoiylashuvning asosiy omili, negizi vazifasini
bajaradi.
Shaxslararo munosabatlarda muomalaning inson psixik dunyosiga
ta‘siri masalalarini psixolog olimlardan L.S.V igotskiy, S.L.Rubinshteyn,
A.N.Leontyev, B.G.Ananyev, A.V.Zaporojets, A.A.Bodalev, B.F.Lomov,
A.A.Leontyev, M.I.Lisina tadqiqot ishlarini olib borganlar.
L.S.Vigotskiy bola shaxsi ruxiy dunyosi rivoji va taraqqiyotida
muomalani tushuntirib deydi: ―Bola shaxsiy faolligini namoyon
bo‗lishining asosiy yo‗li kattalar bilan muomalasi hisoblanadi … . Uning
166
tashqi olamga munosabati hamisha boshqa odam orqali munosabat
bildirishdir‖.
L.S.Vigotskiy fikricha, ontogenezda genetik jihatdan birlamchi
o‗zaro ta‘sir baxs, dialogdir; ikkilamchi esa , individning ongi, ruxiy
jarayonlarining individualligidir: ―Biz madaniy rivojlanishning umumiy
genetik qonunini mana shunday shaklda ifodalashimiz mumkin: bolaning
madaniy o‗sishida har qanday funksiya baholanishi uchun ikki marta,
ikki hil rejada paydo bo‗ladi, avval ijtimoiy, keyin psixologik,
shuningdek, shaxslararo interpsixologik kategoriya sifatida so‗ng bola
ichki dunyosida intropsixologik kategoriya tariqasida‖.
L.S.Vigotskiy shuningdek shaxslararo munosabatlarda asosiy qurol
va vosita muomala jarayoni ekanligini uqtiradi. Uning fikricha,
shaxslararo munosabatlarda dastavval muomala asosiy vosita, so‗ngra
esa, xulq atvor vositasi turadi. Chunki inson yakka qolgan paytda ham
muomala funksiyasini o‗zida saqlaydi.
L.S.Vigotskiy qarashlaridan yana shu jihat ko‗rinadiki, muomala
intereorizatsiya, ya‘ni ichki nutq va ektereorizatsiya, ya‘ni tashqi nutq,
muomala shakllarida namoyon bo‗ladi. Bundan ko‗rinadiki, muomala
tufayli shaxs ijtimoiylashuvi yuzaga keladi.
Demak, L.S.Vigotskiyning muomala, shaxslararo munosabatlar
psixologiyasiga oid fikrlari nihoyat qimmatli, chunki unda biz shaxs
ijtimoiylashuvi jarayoni uchun muhim asos sif atida muomalani ko‗ramiz
va shaxs shakllanishida bu jarayonning qimmati cheksiz ekanligini
yanada anglaymiz.
V.M.Bexterevning
boy
merosida
shaxslararo
munosabatlar
muammosi, xususan, muomala mavzusi ijtimoiy psixologik nazariya
jixatidan o‗rganilgandir. Uning qarashlarida insonlarning o‗zaro ta‘sir
etishlari muhim muammo sifatida talqin etiladi. V.M.Bexterev ijtimoiy
xayotda muomalaning rolini tavsiflab, uning funksiyalarini hamkorlik
faoliyatini amalga oshirish mexanizmi sifatida ajratib talqin qiladi.
167
Uning fikricha, shaxsning atrofdagilari bilan muomalasi qanchalik hilma
hil va boy bo‗lsa, shunchalik uning taraqqiyoti muvaffaqiyatli amalga
oshadi.
V.M.Bexterev muomalaning ijtimoiy roli va funksiyasini taxlil
etishda uning ko‗rinishlari bo‗lmish taqlid va ta‘sirlanish ahamiyatiga
to‗xtaladi. Uning fikricha, taqlid bo‗lmasa, shaxs ham yuzaga kelmas edi.
Chunki taqlid o‗z materialini muomaladan olishini uqtiradi. Ta‘sirlanish
esa, ijtimoiy jarayonlar namoyon bo‗lishining omili tariqasida qaraladi.
V.M.Bexterev muomalani shartli ravishda bevosita va bilvosita
turlarga ham ajratadi. Bilvosita muomala tarkibiy qismlari sifatida xat,
telefon, telegramma, erkalash, urishish va boshqalarni olsa, bevosita
muomala turiga nutqni kiritadi. Shuni ta‘kidlash joizki, muomalani
eksperimental o‗rganish ishini V.M.Bexterev tomonidan amalga
oshirilgandir.
V.N.Myasihevning
«Shaxsning
munosabatlar
psixologiyasi»
konsepsiyasiga ko‗ra, shaxs ―dialogik‖ xususiyatli, muomalaning shaxsiy
tajribasi va boshqa odamlar bilan o‗zaro munosabat maxsuli sifatida
namoyon bo‗ladi. Shu tufayli shaxsda qiziqish darajasi, emotsiya kuchi,
xoxish, extiyoj, ijtimoiy yo‗nalganlik kabi shaxsni xarakatlantiruvchi
ichki kuchi tarkib topadi va bu uning kechinmalari, xulqida, xarakatida
ifodalanadi.
V.N.Myasihevning shaxslararo munosabatlar psixologiyasiga oid
asarlarining taxlilidan ko‗rinadiki, muomala jarayoni shaxsning
xususiyatlari,
xarakteri,
mayili,
qobiliyatiga
ta‘sir
etishdagina
rivojlanmasdan,
balki
muloqotda
ishtirok
etuvchilarning
psixik
jarayonlari bilan ham bog‗liqligi namoyon bo‗lar ekan. Shuning uchun
V.N.Myasihev ishlarining alohida tomoni muomala, uning psixologik
tuzilmasi bilan muloqot ishtirokchilari psixik jarayonlari orasidagi
munosabat xususiyatlarini ochib berilishida yaqqol ko ‗rinadi.
Shaxslararo munosabatlarda yuzaga keladigan uch hil vazifalar va
168
murakkab jarayon to`zilmasini G.M.Andreeva ―Ijtimoiy psixologiya‖
kitobida ushbu tuzilishini taklif etadi:
1)
muloqotning kommunikativ tomoni, ya‘ni o‗zaro munosabat yoki
muloqotga kirishuvchilarning o‗rtasida ma‘lumotlar almashinuvi jarayoni
sifatida;
2)
muloqotning interaktiv tomoni, ya‘ni muloqotga kirishuvchilarning
xulq atvorlariga ta‘sir jarayoni sifatida;
3)
muloqotning perseptiv tomoni, ya‘ni muloqotga kirishuvchilarning
bir birlarini idrok etishlari va tushunchalari bilan bog‗liq jarayon
sifatida.
O‗zaro munosabatlarda muloqotning psixologik jihatdan murakkab
ekanligini B.F. Parigin shunday yozadi: ―Muloqot shunchalik ko‗p qirrali
jarayonki, unga bir vaqtning o‗zida quyidagilar kir adi:
a) individlarning o‗zaro ta‘sir jarayoni;
b) individlar o‗rtasida axborot almashinuvi jarayoni;
c) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni;
d) bir kishining boshqalarga ta‘sir ko‗rsatish jarayoni;
e) bir biriga hamdardlik bildirish imkoniyati;
f) shaxslarning bir birini tushunishi jarayoni‖.
Demak, shaxslararo munosabatlar, ya‘ni muloqot jarayoni odamlar
amalga oshiradigan faoliyatlar orasida eng murakkabligi va ko‗p
qirraliligi bilan xarakterlanar ekan, ijtimoiy psixologiya fanida olib
borilgan jahon psixologlarining juda ko‗p tadqiqotlari sh u fenomenni
shaxs uchun ham zarur, ham oddiy, ham ta‘sirchan deb qaraydi.
Aslida har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi,
fazilatlari, hattoki, nuqsonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir.
Jamiyatdan ajralgan, muloqotda bo‗lish imkoniyatidan mahrum bo‗lgan
odam o‗zida individ sifatlarini saqlab qolishi mumkin, lekin u shaxs
bo‗lolmaydi. Shuning uchun muloqotning shaxs taraqqiyotidagi
ahamiyatini tasavvur qilish uchun uning funksiyalarini tahlil qilamiz.
169
Har
qanday
muloqotning
eng
elementar
funksiyasi
-
suhbatdoshlarning o‗zaro bir-birini tushunishlarini ta‘minlashdir. Bu
o‗zbeklarda samimiy salom-alik, ochiq yuz bilan kutib olishdan
boshlanadi. O‗zbek halkining eng nodir va buyuk xislatlaridan biri ham
shuki, uyiga birov kirib kelsa, albatta ochiq yuz bilan kutib oladi,
ko‗rishadi, so‗rashadi, xol-axvol so‗raydi. Shunisi xarakterliki, ta‘ziyaga
borgan chog‗ida ham ana shunday samimiyatli qabulni his qilamiz. Bu
kabi birlamchi kontakt usullari boshqa millat va hal qlarda ham bor, ya‘ni
bu jihat milliy o‗ziga xoslikka ega.
Uning ikkinchi muhim funksiyasi ijtimoiy tajribaga asos solishdir.
Odam bolasi faqat odamlar davrasida ijtimoiylashadi, o‗ziga zarur
insoniy xususiyatlarni shakllantiradi. Odam bolasining yirtqich hayvonlar
tomonidan o‗g‗rilanib ketilishi, so‗ng ma‘lum muddatdan keyin yana
odamlar orasida paydo bo‗lish faktlari shuni ko‗rsatganki, «mauglilar»
biologik mavjudot sifatida rivojlanaveradi, lekin ijtimoiylashuvda ortda
qolib
ketadi.
Bundan
tashqari,
bunday
holat
b oladagi
bilish
qobiliyatlarini ham cheklashi ko‗plab psixologik eksperimentlarda o‗z
isbotini topdi.
Muloqotning yana bir muhim vazifasi - u odamni u yoki bu
faoliyatga hozirlaydi, ruhlantiradi. Odamlar guruhidan uzoqlashgan, ular
nazaridan qolgan odamning qo‗li ishga ham bormaydi, borsa ham
jamiyatga emas, balki faqat o‗zigagina manfaat keltiradigan ishlarni
qilishi mumkin. Masalan, ko‗plab tadqiqotlarda izolyatsiya, ya‘ni odamni
yo`lg‗izlatib qo‗yishning uning ruhiyatiga ta‘siri o‗rganilgan. Masalan,
uzoq vaqt termokamerada bo‗lgan odamda idrok, tafakkur, xotira, hissiy
holatlarning buzilishi qayd etilgan. Lekin ataylab emas, taqdir taqozosi
bilan yo`lg‗izlikka mahkum etilgan odamlarning maqsadli faoliyatlar
bilan o‗zlarini band etishlari u qadar katta salbiy o‗zgarishlarga olib
kelmasligini ham olimlar o‗rganishgan. Lekin baribir har qanday
yolg‗izlik va muloqotning yetishmasligi odamda muvozanatsizlik,
170
hissiyotga
beriluvchanlik,
hadiksirash,
havotirlanish,
o‗ziga
ishonchsizlik, qayg‗u, tashvish hislarini keltirib chiqaradi. Shunisi
qiziqki, yo`lg‗izlikka mahkum bo‗lganlar ma‘lum vaqt o‗tgach ovoz
chiqarib, gapira boshlasharkan. Bu avval biror ko‗rgan yoki his
qilayotgan narsasi xususidagi gaplar bo‗lsa, keyinchalik nimagadir qarab
gapiraverish ehtiyoji paydo bo‗lar ekan. Masalan, bir M.Sifr degan olim
ilmiy maqsadlarini amalga oshirish uchun 63 kun g‗or ichida yashagan
ekan. Uning keyinchalik yozishicha, bir necha kun o‗tgach, u t urgan
yerda bir o‗rgimchakni ushlab oladi va u bilan dialog boshlanadi. «Biz,
deb yozadi u, shu hayotsiz g‗or ichidagi tanxo tirik mavjudotlar edik.
Men o‗rgimchak bilan gaplasha boshladim, uning taqdiri uchun qayg‗ura
boshladim...»
Shaxsning muloqotga bo‗lgan ehtiyojining to‗la qondirilishi uning
ish faoliyatiga ham ta‘sir ko‗rsatadi. Odamlar, ularning borligi, shu
muhitda o‗zaro gaplashish imkoniyatining mavjudligi fakti ko‗pincha
odamni ishlash qobiliyatini ham oshirarkan, ayniksa, gaplashib o‗tirib
qilinadigan
ishlar,
birgalikda
yonma -yon
turib
bajariladigan
operatsiyalarda odamlar o‗z oldida turgan hamkasbiga qarab ko‗proq,
tezroq ishlashga kuch va qo‗shimcha iroda topadi. To‗g‗ri, bu
hamkorlikda usha yonidagi odam unga yoqsa, ular o‗rtasida o‗zaro
simpatiya hissi bo‗lsa, unda odam ishga «bayramga kelganday» keladigan
bo‗lib qoladi. Shuning uchun ham amerikalik sotsiolog hamda psixolog
Jon Moreno asrimiz boshidayoq ana shu omilning unumdorlikka bevosita
ta‘sirini o‗rganib, sotsiometrik texnologiyani, ya‘ni so‗rovnoma asosida
bir-birini yoqtirgan va bir-birini inkor qiluvchilarni aniqlagan va
sotsiometriya metodikasiga asos solgan edi.
Insoniyatning muomala quroli til bo‗lib, odamlar bir -birlari bilan
bo‗ladigan barcha munosabat va muloqotlarini so‗zlashish yordamida
amalga oshiradilar. Dono xalqimizda so‗zlashish qoidasi, tilga
ehtiyotkor bo‗lish, har bir so‗z, har bir jumlani o‗ylab gapirish, qisqasi -
171
so‗zlash odobi va muloqot madaniyati haqida juda ko‗p ibratli hikmatlar
bor. Ulardan birida keltirilishicha, odamning sharafi va iftixori uning
madaniy so‗zlashishida ko‗rinadi. Kimda-kim so‗zlashish odobiga rioya
qilmasa, unda insoniylik ham ko‗rinmaydi. Gap o‗rinli va ma‘noli
aytilgan bo‗lsa, uni jim turib tinglamoq foydalidir.
Bu borada so‗zlashishning sakkizta qoidasini keltirishni lozim deb
topdik:
bemavrid gapirmaslik;
lutf ila yumshoqlik bilan so‗zlashish;
ochiq chehra bilan gapirib, yuzda samimiylikni saqlay olish;
eshituvchiga malol kelmaydigan tarzda gapirish;
faqat foydali gaplarni gapirish.
o‗ylab, andisha bilan so‗zlash, o‗ylamay aytilgan gap
pushaymonlik keltirishini yodda tutish;
kishilar gapirayotganda oraga gap qo‗shmaslik, so‗zini bo‗lmaslik;
ko‗p gapirmaslik, zero, bu yaxshilik alomati emas.
Har bir odam kishilarga zarar keltiradigan so‗zlardan o‗zini saqlashi
lozim. Zero, muqaddas Hadisi sharifda aytilganidek, ―O‗zingga ravo
ko‗rmagan yomon narsani birovga ham ravo ko‗rma‖. Buning uchun tilga
ehtiyot bo‗lish, kishi dilini og‗ritadigan, ko‗ngilni qoldiradigan, izzat
nafsiga tegadigan, or-nomusi, sha‘nini oyoq-osti qiladigan so‗zni hech
so‗zlamaslik darkor. Hamma vaqt shirin so ‗z bo‗lish, doimo yaxshi,
ma‘noli so‗zlash kerak, chunki, tildan yetgan ozor nayza ozoridan yomon... .
Shunday qilib, muloqot odamlarning jamiyatda o‗zaro hamkorlikdagi
faoliyatlarining ichki psixologik mexanizmini tashkil etadi. Qolaversa, hozirgi
yangi demokratik munosabatlar sharoitida turli ishlab chiqarish qarorlarini yakka
tartibda emas, balki kollegial - birgalikda chiqarish ehtiyoji paydo bo‗lganligini
hisobga olsak, odamlarning muomala madaniyati va muloqot texnikasi mehnat
unumdorligi va samaradorlikning muhim omillaridandir.
Odamlar bir - birlari bilan muomalaga kirishar ekan, ularning asosiy
172
ko‗zlagan maqsadlaridan biri - o‗zaro bir-birlariga ta‘sir ko‗rsatish, ya‘ni fikr-
g‗oyalariga ko‗ndirish, harakatga chorlash, ustanovkalarni o‗zgartirish va yaxshi
taassurot qoldirishdir.
Dostları ilə paylaş: |