173
formulasiga ko‗ra, birinchi marta ko‗rishib turgan suhbatdoshlardagi
taassurotlarning ijobiy bo‗lishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38%,
va noverbal harakatlar 58% gacha ta‘sir qilarkan. Keyinchalik bu munosabat
o‗zgarishi mumkin albatta, lekin halq ichida yurgan bir maqol to‗g‗ri: «Ust-boshga
qarab kutib olishadi, aqlga qarab kuzatishadi».
Muloqotning qanday kechishi va kimning ko‗proq ta‘sirga ega bo‗lishi
sheriklarning rollariga ham bog‗liq.
Ta’sirning tashabbuskori
- bu shunday
sherikki, unda ataylab ta‘sir ko‗rsatish maqsadi bo‗ladi va u bu maqsadni amalga
oshirish uchun barcha yuqorida ta‘kidlangan vositalardan foydalanadi. Agar
boshliq ishi tushib, biror xodimni xonasiga taklif etsa, u o‗rnidan turib kutib oladi,
iltifot ko‗rsatadi, xol-ahvolni ham quyuqroq so‗raydi va so‗ngra gapning asosiy
qismiga o‗tadi.
Ta’sirning adresati
- ta‘sir yo‗naltirilgan shaxs. Lekin tashabbuskorning
suhbatga tayyorgarligi yaxshi bo‗lmasa, yoki adresat tajribalirok sherik bo‗lsa, u
tashabbusni o‗z qo‗liga olishi va ta‘sir kuchini qayta egasiga qaytarishi mumkin
bo‗ladi.
Oxirgi yillarda «professionalizm» tushunchasi tez-tez ishlatiladigan bo‗lib
qoldi. Chunki jamiyatda tub islohotlarni amalga oshirish, mehnat unumdorligini
«inson omili»ni takomillashtirish hisobiga oshirish davr talabi bo‗lib qoldi.
Ayniqsa, odamlarni boshqarish sohasidagi professionalizmga katta e‘tibor
qaratilmoqda. Juda ko‗pchilik mutaxassislar barcha bajaradigan funksiyalari
orasida odamlar bilan til topishish, ularga ta‘sir ko‗rsatish, ular faoliyatini to‗g‗ri
tashkil qilish va boshqarish eng murakkablaridan ekanligini e‘tirof etmoqdalar.
Odamlar bilan normal munosabatlarni o‗rnata olmaslik, ayniqsa, biznes sohasida
amaliy sheriklarning holatlari, kutishlarini aniqlay olmaslik, o‗z nuqtai nazariga
o‗zgalarni professional tarzda qo‗ndira olmaslik, «birov»ni, uning ichki
kechinmalari va o‗ziga bo‗lgan munosabatini aniq tasavvur qila olmaslik amaliy
psixologiyada
Dostları ilə paylaş: