180
turli vaziyatlarda payqab oladi, buning uchun namuna sifatida u o`zi tez-tez qayd
qilgan dalillardan va talabalarning
xulq-atvor usullaridan foydalanadi.
Pedagogning talabalar bilan muomalasi tarbiyani boshqarish vositasi sifatida
qaralib, birlashtiruvchi o`rnini to`ldiruvchi vazifasini ham bajaradi. Muomala
o`zaro munosabatlar doirasida sodir bo`ladi. Boshqarish vositasi bo`lgan muomala
faoliyatidan oldin sodir bo`ladi. Boshqarish vositasi bo`lgan muomala
talabalarning faoliyatiga hamroxlik qiladi. Nixoyat, boshqarish vositasi bo`lgan
muomala faoliyatidan keyin boradi.
Muomala axloq ko`rki sanaladi. Xar bir kishining qanday dunyoqarashga
egaligi, bilimliligi uning muomalasidan ma‘lum bo`ladi. Muomala insonlar
o`rtasidagi o`zaro aloqa vositalaridir. Muomalada asosiy vosita til hisoblanadi.
Shuning uchun ham til aloqa quroli deyiladi. Insonning tili shirin, muomalasi
madaniyatli bo`lsa, qisqa vaqt ichida xalq orasida obro`-e‘tibor topadi. So`zga
chechanlik xech qachon insonga obro` keltirmaydi. Shuning uchun ham o`tmishda
yashab o`tgan mutafakkirlarimiz tilga, so`zga xurmat bilan yondashishlarini uqtirib
o`tganlar. Ulug` bobomiz Alisher Navoiy muomala madaniyati, xushmuomalalik,
tilning ahamiyati tog`risida, shirinso`zlik haqida nurxikmat fikrlar bayon qilganki,
bugungi kunimiz uchun ham o`z ahamiyatini yuqotgan emas. «Til shirinligi
ko`ngilga yoqimlidir, muloyimligi esa, foydali shirin so`z sof ko`ngillar uchun asal
kabi totlidir» deydi A.Navoiy. Pedagog talabalalrga bilim berish uchun bir qatorda
ular nutqining rivojlanishiga ham aloxida ahamiyat beradi va bunda u turli
pedagogik usullardan foydalanadi.
Dostları ilə paylaş: