Talabalar nutqini o`stirishda pedagog (so`zi) muxim ahamiyatga ega: bir
tomondan, uning nutqi talabani o`qitish va tafakkurini rivojlantirishning muxim
omili bo`lib xisoblanadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, pedagogning
nutqi obrazli, chiroyli, jarangdor, namunali bo`lmog`i, talaba diqqatini o`ziga
tortmog‗i lozim. Zotan, nutq pedagogning o`z mutaxassisligi qay darajada loyiq
ekanligini ifodalaydigan o`lchov, ko`rsatkich xisoblanadi. Shuning uchun nutq
ustida ishlash, nutq madaniyatini takomillashtirib borish xar bir pedagogning eng
asosiy ijtimoiy burchi va mas‘uliyati xisoblanadi. Ta‘lim – tarbiya ichida nutqning
181
ta‘sir kuchi nixoyatda kattadir. Pedagogning nutqi talabalarning o`zlarini tuta
bilishlariga, xulq-atvori va fikr yuritishlariga ham ta‘sir etuvchi kuchli vositadir.
Pedagogning nutqida uning xissi, intilishlari iroda va e‘tiqodi aks etadi. U nutq
yordami bilan talabalarda xursandchilik, ruxlanish, muxabbat, sadoqat,
g`azablanish, nafratlanish xislarini tug`diradi. Xalq bilan birga turish, birga
yashash muosharat deb ataladi. Odamlarning bir-birlari bilan bo`lgan
munosabatlarining go`zalligi, muloyimligiga «Muosharat odobi» deyiladi.
Insonning eng ulug`, lekin murakkab va mashaqqatli faoliyatlaridan biri odamlar
orasida, ya‘ni jamiyatda o`z o`rnini topib yashashida. Bu faoliyatning murakkabligi
shundaki, ko`pchilikka qo`shilish, ular bilan (alohida) ahil bo`lib yashash uchun
insonda shunga yarasha muomala va munosabat bo`lishi kerak. Muomala va
munosabat ko`pchilikning diliga tog`ri kelmaydigan qo`pol va dilozor odamni
ko`pchilik yoqtirmaydi. Insonlar xushfe‘l, shirinsuxan, mard, muomalasi shirin
kishilarni dildan yoqtirishadi va xurmat-e‘tibor qilishadi. Insonlar orasida munosib
o`rin topish, inoq, ittifoq yashash shartlaridan biri odamning kamtarligidir.
Kamtarin inson xech qachon o`zining yutug`i bilan, boy-davlatliligi bilan, ilm-
xunari bilan maqtanmaydi, hamma vaqt kamgap, sodda bo`ladi. Ammo insondagi
kamtarlik samimiy bo`lmog`i zarur.
So`z inson qalbini eritadi, so`z inson qalbini jaroxatlaydi. «Tig` yarasi ketar,
so`z yarasi ketmas» degan xalq maqoli bekorga aytilgan emas. Chunki so`zning
qudrati benixoya katta. Inson o`z so`ziga, tiliga nixoyatda extiyotkor bo`lmogi
lozim. Ayrim yoshlarimizda so`zga, tilga e‘tibor ancha sust. Eng avvalo, yoshlarga
muomala madaniyatini, kattalar oldida maxmadonalik qilmaslikni, kattalar gapini
bo`lmaslikni, yoshi ulug`larga gap qaytarmaslikni o`rgatishimiz zarur.
Muomala madaniyati hamma joyda kerak. Ish joyida, transportda, uyda
shuning uchun ham biz kim bilan qanday muomala qilishni bilishimiz kerak.
Insonning qanchalik bilimli, aql-zakovatli ekanligini muomala orqali namoyon
bo`ladi.
Odamlar butun ichki dunyosini, maqsadini, muomala va munosabatlarini bir-
birlariga so`z yordamida yetkazadi, amalga oshiradi. Shu tufayli so`zlashuv
182
munosabatlarini nihoyatda go`zal va muloyim bo`lishini xayot taqozo etadi. So`zga
boy, shirinsuxan kishilarning muomalalari yoqimli, ishi ham yurishgan bo`ladi.
Bundaylarni odamlar yoqtiradi, hurmat qiladi. So`zlashuv ham o`ziga xos
san‘atdir. Bu san‘atni mukammal o`rganish xar bir insonga zarur. Shu bilan birga,
ona tilini mukammal o`rganmoq xar bir insonning muqaddas burchidir. Tilni
bilgach: uni ishlata bilish san‘atini egallamoq inson uchun zarurdir.
Shirin so`zlik va go`zal nutq xech qachon, xech qayerda sotilmaydi. Bunga
erishmoqlikning birgina yo`li bor. Bu ham bo`lsa, tinimsiz shirin so`zlashni mashq
qilmoqlikdir. Bu esa, asosan, ko`p kitob o`qish yo`li bilan amalga oshiriladi.
Muomala insonning kimligini ko`rsatuvchi yuzidir.
Muomala
kategoriyasi
umumiy
psixologiya
fanining
asosiy
kategoriyalaridan biri xisoblanib, u o`z ichiga shaxslararo munosabatning eng
muxim mexanizmlarini qamrab olgan. Psixologiya fanida muomala kategoriyasi
keng aloqani mujassamlashtirib, odamlar o`rtasida o`zaro munosabatni aks ettiradi.
Muomalaning eng muxim tarkibi muloqot sanalib, motivatsiyada motiv qanday
ahamiyat kasb etsa, u ham xuddi shunday muxim rol o`ynaydi. Muomala
hamkorlik faoliyatining extiyojidan vujudga kelib ko`p qirralari jarayonidir.
Muomala quyidagi tarkibiy gismlardan tashkil topgan:
1) kommunikativ (bir tomonlama axborot o`zatish);
2) muomala o`z ichiga hamkorlik faoliyatining qatnashchilari bilan o`zaro
axborot almashinuvini qamrab olgan bo`lib, kommunikativ jabxa sifatida
tavsiflanishi mumkin. Odamlar bir-birlari bilan muloqotga kirishishi jarayonida
muomalaning muxim vositalaridan biri tilga va nutq faoliyatiga bevosita murojaat
qiladilar;
3) interfaol (ikki tomonlama ta‘sir) muloqotga kirishuvchilarni o`zaro ta‘siri,
ularning nutq faoliyatida nafaqat so`z orqali fikr almashinuvi, balki xatti xarakati
va xulq-atvori o`zaro ta‘sir o`tkazish tushuniladi;
4) o`zaro bir-birini idrok qilishi, anglashi. Bunda muloqotga kirishuvchilar
o`zaro bir-birini idrok qilishi jarayoni namoyon bo`ladi. Ya‘ni, ulardan biri
ikkinchisining ishonchiga loyiq aqlli, farosatli, tajribali, yuksak tayyorgarlikka ega
183
inson sifatida idrok qilinadi.
Pedagogik muomala-bu pedagogning talabaga ta‘sir o`tkazish ularning bir-
birlari bilan hamkorliklarining faoliyatidir.
Hamkorlik o`zaro axborot almashinuvi-turlicha kommunikativ vositalar
yordamida pedagog tomonidan talabalar bilan o`zaro munosabatni tashkil qiladi.
Pedagogik faoliyatda muomala muayyan dastur asosida maqsadni amalga oshirish,
rejalashtirish va o`tkazish funksiyasini bajaradi. Ya‘ni muomala:
- o`quv faoliyatini yakka xol bajarishning vositasi;
- tarbiya jarayonini ta‘minlashning ijtimoiy-psixologik tizimi;
- ta‘lim va tarbiyaning muvaffaqiyatini ta‘minlovchi pedagog bilan talabalar
o`zaro munosabatining muayyan tizimini tashkil qilishning usuli;
- talaba individualligini takomillashtirish, iste‘dodini qaror toptirish
imkonini beruvchi jarayon sifatida xizmat qiladi.
Muallim pedagogik jarayonda yetakchi kishidir. Unga yosh avlodni o`qitish
va tarbiyalash vazifasi yuklatilgan. Shuning uchun ham pedagogga, uning axloqiy
sifatlariga talabalar bilan muomalasiga nisbatan aloxida yuksak talablar qo`yiladi.
Muallim xayotga endigina kirib kelayotgan, barkamol shaxs sifatida
shakllanayotgan insonlar-yosh talabalar bilan muloqotda bo`ladi. Talabalar ta‘lim-
tarbiya jarayonida umuminsoiiy va milliy axloq normalarini o`zlashtiradi. Talaba
muomala odobini asosan pedagog timsolida anglab oladi. Pedagoglar jamoasida
pedagoglar
o`rtasidagi
muomala-munosabatlar
insonparvarlik,
ixtiyoriylik
tamoyillariga asoslanadi. Ular odatda, ikki hil bo`lib, biri-rasmny, ikkinchisi-
norasmiy muomala deyiladi. Rasmiy muomala-munosabatlar O`zbekiston
Respublikasining qonunlari, direktiv xujjatlariga asoslanadi. Norasmiy muomala
pedagogik etikaning qonuniyatlariga asoslanadi va jamoaning xar bir a‘zosi
tomonidan ixtiyoriy ravishda bajariladi. Muomala odobi psixologik qonuniyatlar,
odob normalari, qoidalarida talablari pedagoglar jamoasining fikri asosida
bajariladi. Yoshlarga ta‘lim-tarbiya berish bir kishining ishi emas. Uni pedagoglar
jamoasi bajaradi. Ta‘lim-tarbiyada ko`zda tutilgan maqsadga erishish uchun o`quv
yurti butun jamoasi, hamma pedagoglar birlashib xarakat qilishlari lozim. Xar bir
184
muallimning xatti-xarakati, xulqi, muomalasi pedagoglar jamoasining maqsadi
talablariga mos bo`lmog`i kerak. Jamoaning ayrim pedagogga ta‘siri pedagoglar
jamoasida shakllangan muomala odobi munosabatlariga bog`liq. Xar bir talabaning
tarbiyasi uchun ma‘suliyatning birligi pedagoglar jamoasining talabaga nisbatan
talablaridan biridir. Darsda talabalarning intizomi pedagogik jamoadagi muomala
odobi axloqiy munosabatlar darajasini ko`rsatadi. Kollejda o`quv intizomini
saqlash butun pedagoglar jamoasining ishi. Pedagoglar jamoasida o`zaro yordam
va ishonchning mavjudligi muomala odobiga amal qilishning muxim shartidir.
Muomala odobiga rioya qilish pedagoglar jamoasining maqsadiga pedagoglarning
axloqiy saviyasiga bog`liq. Pedagoglar jamoasida o`zaro muomala munosabatlar
o`quv-tarbiya jarayonini takomillashtirishga mas‘uliyat va intizomni saqlashga
asoslanadi. Pedagogik jamoada sog`lom aqliy-ruxiy muxit mavjud bo`lsa, axloqiy
norma va yo`l-yo`riqlar bajarilibgina qolmasdan, balki ular xar bir muallimning
e‘tiqodiga, odatiga aylanadi. Pedagoglar jamoasining shaxs va jamoa uchun foydali
ishlariga asoslangan ta‘siri natijasida muallimning ma‘naviy qiyofasida chuqur
sifat o`zgarishlar sodir bo`ladi. Ijtimoiy burchni tog`ri anglash, xulqini tog`ri
baxolay olish odati shakllanadi. Jamoada o`zaro muomala yaxshilanadi. Muomala
jarayonida uning maqsadga muvofiq amalga oshirishni ta‘minlash uchun ijtimoiy
nazorat va ijtimoiy qonun-qoidalar muxim ahamiyatga ega. Bu nazoratda uchta
muxim ta‘sir etish vositasi ishtirok etadi: ma`qullamaslik, qoralash, jazolash.
Muomala jarayonida talaba yoki talaba xulqi ijtimoiy qonun-qoidalar
maromiga zid kelsa, u xollda uning xatti-xarakati qoralanadi, e‘tiroz, tanbex,
eslatish kabi vositalar bilan ta‘sir o`tkaziladi. Muomala vaqtida odob, odoblilik
muxim ahamiyatga ega. Uning asosiy vazifalari: axborot almashuv, o`zaro ta‘sir,
o`zaro idrok qilish, turli amalga oshishini idora qilib turadi. Xar bir fikr
bildirilganda, muloqotdosh qabul qilayotganini faxmlab turish, tashqi ko`rinishlari
o`zgarishiga e‘tibor berish, uzr so`rash tavoze bilan murojaat qilish evaziga
muomala odobi ushlab turiladi. Muomala jarayonida ba‘zi bir xatti-xarakat
o`ylamay bildirilgan fikr, ortiqcha imo-ishora odobsizlikka olib keladi. Odobsizlik
esa, nizoli vaziyat, qarama-qarshilik, ziddiyatli vaziyatni keltirib chiqaradi. Buning
185
natijasida muomala fikr almashuv o`zini vazifasini nizoli vaziyatga bo`shatib
beradi. Pedagogik muomalada psixologik aloqa o`rnatish aloxida ahamiyatga ega,
chunki talaba bilan o`zaro munosabat, xurmat ishonch negizida quriladi.
Bunda pedagog talabaning xuquqiy majburiyatini, uning kollejda, jamoat
joylarida, oilada bajaradigan vazifasi nimadan iborat ekanligini e‘tibordan chetga
chiqarmasligi lozim.
Pedagogning talabalarga ta‘sir o`tkazish samarasi uning prinsipialligi va
talabchanligida o`z aksini topadi. Bundan tashqari u o`ziga ham o`ta talabchan
bo`lmog`i, shaxsiy namunasi bilan tabiiy ravishda obro`-e‘tibor qozonmog`i lozim.
Muomala jarayonida va hamkorlik faoliyatida pedagogning talabalarga ta‘sir
o`tkazish natijasida ularda:
- o`z-o`zini va o`zgalarni xurmat qilish;
- o`z-o`zini va boshqalarning faoliyati, xulqini baxolash;
- o`z-o`zini boshqarish;
- o`z-o`zini nazorat va o`zgalarni nazorat qilish;
- o`z -o`zini takomillashtirish va yangi fazilatlarni egallash shakllanadi.
Do`stona muomalada talaba bilan pedagog o`rtasidagi bilimlarni puxta
o`zlashtirishni ta‘minlaydi va mukammal shaxsiy fazilatlarni tarkib toptirishga
xizmat qiladi.
Pedagogik jarayonda sodir bo`ladigan muomala odobi, muallimning axloqiy
madaniyati, tarbiyalanganlik darajasi aks etadi. Muallimning pedagogik kasb egasi
sifatida o`ziga, o`z kasbiga talabalarga bo`lgan munosabati uning muloqotida
yaqqol namoyon bo`lishi mumkin. Pedagogik jarayondagi aloqalar tizimida
pedagog bilan talaba o`rtasidagi muomala munosabatlar katta o`rin egadlaydi.
Pedagoglar jamoasida ijodkorlik muxiti muomala odobining shakllanishida jamoat
tashkilotlarining roli kattadir. Ular muallimning obro`sini oshirish jamoat ishlariga
faol qatnashtirish yo`li bilan pedagogning axloqiy pedagogik madaniyati,
ma‘suliyatini oshirishiga ko`maklashadi. Muallim xar-bir so`zini o`ylab gapirishi,
boshqalarning, kasbdoshlarining so`zi, fikri, muloxazalarini tinglay olishi ham
pedagogik jamoada o`zaro muomala munosabatlarini yaxshilashga xizmat qiladi.
186
Ota-onalar o‗qituvchidan uning ish staji va yoshi qanday bo‗lishidan qat‘iy
nazar, farzandlarini tarbiyalash va o‗qitish mahoratini kutadilar, o‗quvchilar esa,
o‗qituvchilarni uch hil xislatlari bo‗yicha xarakterlab beradilar. Jumladan,
Dostları ilə paylaş: |