Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/21
tarix28.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#166767
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari (1)

,,innovasiya’’
so’zi ingliz tilidan olingan bo’lib, uning ma’nosi 
yangilik, yangilik yaratish degan tushunchalarni anglatadi. Ushbu termin iqtisod 
va huquq fanlari sohasining rivojlanishi tufayli 1980 yillarda fanga kirib kelgan. 
Mazkur termin O’zRsi FKning 1031-moddasida mustahkamlangan. Innovasiya 
faoliyatining tadbirkorlik faoliyatiga xos jihatlarini uning belgilaridan bilish 
mumkin.
1
Ойгензихт В.А. Проблема риска в гражданском праве. (Часть общая) , Изд-во 
―ИРФОН‖ – Душанбе,1972. – С.39. 


38 
Birinchidan,
ushbu faoliyat o’zining tuzilishi va vujudga kelishi bilan 
intellektual faoliyatning natijasi asosida paydo bo’ladi.
Ikkinchidan
esa, ushbu faoliyat natijasida yangi bir fikrlarni ishlab chiqib, 
uning natijasida yaratilgan mahsulotni bozorga chiqarish tushuniladi. Lekin 
ushbu tushuncha biroz bahsli bo’lib, bu borada ayrim huquqshunos olimlarning 
ham fikrlarini o’rganish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Jumladan, 
huquqshunos 
olima 
L.V.Mas 
innovasion 
faoliyatni 
xarakterlab, 
uni 
tadbirkorlikka xos faoliyat emasligini, balki unda faqatgina tadbirkorlikka xos 
ayrim belgilarning mavjudligi bor, xolos, degan fikrga to’xtaladi
1
.
Innovasiya belgisi tadbirkorlikka xos belgi bo’lib, intellektual faoliyat 
natijasida erishilgan yangiliklar innovasiya asosida vujudga kelishini va bu 
faoliyatning maqsadi yaratilgan yangi mahsulotni tijoratlashtirish orqali 
daromad olishga qaratiladi. Shuningdek, uni tijoratlashtirish o’z navbatida tijorat 
huquqiga xos faoliyat hisoblanadi. Tijorat faoliyati esa, o’z navbatida, 
tadbirkorlikning bir turini bildirib, uning mazmunida tadbirkorlikka xos belgilar 
mavjud va ular yuqorida qayd qilingan belgilar bilan deyarli bir xildir. 
Tadbirkorlik faoliyatining ushbu belgilari uning xo’jalik faoliyatini tadbirkorlik 
asosida tashkil etilganligini bildiradi va ushbu belgilar tadbirkorlik tuzilmasining 
boshqa yuridik shaxslardan farq qilishini ham belgilaydi. 
Bozor munosabatlarida tadbirkorlik asosida ish yuritish birinchi navbatda 
fuqarolik huquqiy munosabat bo’lib, ushbu faoliyatning asosini mulkiy 
munosabatlar tashkil qiladi. Ikkinchidan esa, mulkiy munosabatlar fuqarolik 
huquqi normalari asosida tartibga solinadi. Shu asosda tadbirkorlik huquqi 
fuqarolik huquqining bir-birini to’ldiruvchi va bir biri bilan bog’liq 
munosabatlardan iborat ekanligini asoslaydi. 
Xulosa qilganda, tadbirkorlik faoliyatiga mansub bo’lgan barcha belgilar 
uning faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu o’rinda ushbu belgilar 
tadbirkorlik faoliyatini boshqa iqtisodiy faoliyat turlaridan ham ajratib turadi. 
1
Мас Л.В.Коммерческое право. Краткий курс. 2 ое издание. СПб. Питер, 2005. – 
С.143. 


39 
Tadbirkorlik faoliyatining yaxlit tushunchasi qo’yidagicha bayon etilishi lozim.
 
Har qanday tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) - tovar ishlab chiqarish, ish 
bajarish yoki xizmat ko’rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyati subyektlari 
tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va 
o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor 
faoliyatdir. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin