Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/21
tarix28.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#166767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari (1)


2
 (Ўзбекистон Республикаси конун хужжатлари тўплами, 2008 й., 49-сон, 477-
модда; 2010 й., 1-2-сон, 1-модда; 2010 й., 17-сон, 130-модда)


14 
(O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami, 2008 y., 49-son, 477-
modda; 2010 y., 1-2-son, 1-modda; 2010 y., 17-son, 130-modda) 
 
Tijorat banklari tomonidan ―O’z faoliyatini yuridik shaxs bo’lmagan 
holda amalga oshiruvchi yakka tadbirkorlarni va dehqon xo’jaliklarini milliy va 
xorijiy valyutada mikrokreditlash tartibi‖( 29 fevral 2000 yil )
• ―Kichik korxonalar, dehqon va fermer xo’jaliklarini mablag’ bilan 
ta’minlash, ularga bojxona imtiyozlar berish, bank xizmatlari va boshka 
xizmatlar 
ko’rsatish bo’yicha ko’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida‖ 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi 10 sentyabr 2001 yilda Karor 
kabul kildi. Bundan maksad kichik va o’rta biznes dehqon va fermer xo’jaliklari 
tashkil etishni rag’batlantirishni kuchaytirish hamda bundan buyon jadal 
rivojlantirish, ularning moliyaviy, moddiy-texnika va xom ashyo resurslari 
olishini kengaytirishdir.
1998 yil 27 maydagi Vazirlar Maxkamasining ―Kichik va o’rta 
biznesni rivojlantirishni rag’batlantirish xakida‖ gi karori esa, ―Kichik va o’rta 
tadbirkorlikni 
joylarini 
tashkil 
etish 
va 
faoliyat 
ko’rsatishini 
murakkablashtiruvchi muassasa hujjatlarining nashr etilishi, xukumat tomonidan 
ko’zda tutilmagan hujjatlar xususida rasmiy talab yuborib murojat etish man 
etilgan‖, - deb ko’rsatilgan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Tadbirkorlik 
faoliyatini tashkil etish uchun ro’yxatdan o’tkazish tartibotlari tizimini tubdan 
takomillashtirish to’g’risida‖ gi 20.08.2003 yil 357 – sonli qarori1qabul qilindi. 
Ushbu qarorda tadbirkorlik subyektlari uchun yanada qulay shart-
sharoitlar yaratish, rasmiylashtirishning bosqichma-bosqich ro’yxatdan o’tkazish 
prinsipiga o’tish va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdagi byurokratik 
to’siqlarni olib tashlash maqsadida Vazirlar Maxkamasi quyidagi tartiblarni
belgiladi. Unda, tadbirkorlik faoliyati subyektlarini rasmiylashtirish va davlat 
ro’yxatidan o’tkazishda:
birinchidan, rozilik beruvchi tashkilotlar soni keskin qisqartirilishi;


15 
ikkinchidan, barcha kelishib olish tartibotlari tadbirkorlik subyektlarini 
amaldagi qonun hujjatlariga rioya qilgan holda ro’yxatdan o’tkazadigan faqat 
bitta tashkilot doirasida amalga oshirilishi ta’minlanadi.
Tuman (shaxar) xokimliklari xuzurida Tadbirkorlik subyektlarini 
ro’yxatdan o’tkazish inspeksiyalari (keyingi o’rinlarda Inspeksiya deb ataladi) 
tashkil etilsin.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaxarlar 
va 
tumanlar 
xokimliklarida 
quyidagilar 
yangi 
tashkil 
etilayotgan 
Inspeksiyalarning asosiy vazifalari etib belgilandi:
tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishni mo’ljallayotgan ariza 
beruvchining hujjatlarini qabul qilish hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
xollarda hujjatlarni va zarur bo’lgan asoslarni ekspertizadan o’tkazish;
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida muxandislik 
kommunikasiyalariga (gaz bilan ta’minlash, energiya bilan ta’minlash, suv bilan 
ta’minlash, kanalizasiya, issiqlik bilan ta’minlash, telefon aloqasi tarmoqlari) 
ulanish, turar-joylarni noturar-joy toifasiga o’tkazish, obyektlarni qurish va 
rekonstruksiya qilishga texnik shartlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish 
uchun, shuningdek muxr va shtamp tayyorlashga ruxsatnoma olish uchun 
ularning vakolatlari doirasida majburiy tartibda kelishiladigan va ruxsat 
olinadigan tegishli tashkilotlarni aniqlash;
yuqorida ko’rsatilgan ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishni 
xisobga olgan holda tadbirkorlik subyektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish, 
reyestrni yuritish, shuningdek ularni soliq va statistika organlarida xisobga 
qo’yish;
ariza beruvchiga barcha ruxsat beruvchi hujjatlar bilan uning 
tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risida 
guvoxnoma berish.
Quyidagilar tadbirkorlik subyektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish, 
xisobga qo’yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi 
to’g’risidagi Nizomga muvofiq; 


16 
Tadbirkorlik subyektlarini ro’yxatdan o’tkazish inspeksiyalarining 
namunaviy tuzilmasi ham tasdiqlandi. Unda Qoraqalpog’iston Respublikasi 
Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shaxar xokimliklari Davlat mulki 
qo’mitasining xududiy organlari bilan birgalikda tadbirkorlik faoliyatini amalga 
oshirish uchun obyektlar qurilishi uchun yer uchastkalarining, tadbirkorlar 
talabini xisobga olgan holda muntazam ravishda kim oshdi savdolariga 
qo’yishni amaliyotda qo’llash belgilandi.
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi 
Davlat mulki qo’mitasi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda shaxar va tuman 
xokimliklari xuzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini ro’yxatdan o’tkazish 
inspeksiyalari to’g’risidagi namunaviy nizom ishlab chiqildi, ro’yxatdan 
o’tkazish va ruxsat berish hujjatlarini rasmiylashtirishning belgilangan tartibiga 
so’zsiz rioya qilinishi ustidan zarur nazorat o’rnatildi. 
O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo’mitasi, Tovar ishlab 
chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, "O’zteleradio" kompaniyasi, O’zbekiston 
aloqa va axborotlashtirish agentligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashi, viloyatlar va Toshkent shaxar xokimliklari ushbu qaror qoidalarini 
respublikadagi barcha tadbirkorlar keng qatlamlariga yetkazish bo’yicha 
kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqdi va amalga oshirdi. 


17 
Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 20 avgustdagi 357-son qaroriga
2-ILOVA 
Shaxarlar va tumanlar xokimliklari xuzuridagi 
Tadbirkorlik subyektlarini ro’yxatdan 
o’tkazish inspeksiyasining namunaviy 
TUZILMASI 
Inspeksiya boshligi 
Davlat 
ro’yxatidan 
o’tkazish va xisobga qo’yish 
bo’limi (mutaxassis) 
(1 kishidan - 3 kishigacha) 
Ruxsat 
beruvchi 
hujjatlarni 
rasmiylashtirish 
bo’limi (sektori) 
(2 kishidan - 5 kishigacha) 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Ta’lim muassasalarining 
bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi ko’shimcha chora-
tadbirlar to’grisida‖gi 2010 yil 28 iyul, PF-4232-son Farmoni
1
qabul qilindi. 
Ushbu hujjatning mazmunida «Barkamol avlod yili» Davlat dasturiga muvofik 
hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada 
ragbatlantirish, yoshlarni, avvalambor kasb-xunar kollejlari, akademik liseylar 
va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb 
etish uchun kulay shart-sharoitlar yaratish maksadida mikrofirmalar va kichik 
1
Ўзбекистон Республикаси конун хужжатлари тўплами, 2010 й., 30-сон, 251-
модда. 


18 
korxonalar tomonidan respublikaning kasb-xunar kollejlari, akademik liseylari 
va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan mexnat shartnomalari tuzilganda, 
band xodimlarning o’rtacha yillik soni qonun hujjatlarida belgilangan 
cheklangan normativdan ko’pi bilan 20 foiz oshirilgan xollarda, mikrofirmalar 
va kichik korxonalar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar, kafolatlar va huquqlar 
ularda saqlanib koldirildi.
Bunda xodimlar sonining oshirilishiga O’zbekiston Respublikasi kasb-
xunar kollejlari, akademik liseylari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining 
o’kishni yakunlagan kunidan boshlab 3 yildan ortik vaqt o’tmagan takdirdagina 
yo’l ko’yiladi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Adliya 
vazirligi, Davlat soliq ko’mitasi hamda boshka manfaatdor vazirliklar va 
idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan 
kelib chikadigan o’zgartish va ko’shimchalar to’grisida Vazirlar Maxkamasiga 
takliflar kiritish topshirildi.
Bu xil qonunlarning ko’plari sanoat korxonalari, ishlab chikarish 
faoliyati bilan shug’ullanadigan firmalar va xo’jaliklarga tegishlidir.
O’zbekiston respublikasida korxonalar faoliyatiga bog’lik bo’lgan 
boshka qonunlar: tovar - pul munosabatlari rivojlanayotgan va boshkarilayotgan 
bozor sharoitida mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalarni barpo 
etish, ular faoliyatining, ularning kayta tashkil etish va tugatishning umumiy 
huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslarini belgilab beradi.
Qonun foyda olishni ko’zlab ish olib boradigan korxonalarning 
mustakilligini ta’minlashga karatilgan 
bo’lib, ularning huquqlari va 
mas’uliyatini belgilaydi, boshka korxonalar va tashkilotlar, davlat boshkaruv 
idoralari bilan munosabatlarini tartibga soladi.
Bu davrdagi qonun chikarish jarayoni konstitusiyaviy jixatdan 
asoslangan ikki muxim prinsip: turli shakldagi (shu jumladan xususiy) mulk 
erkinligi va tengligi prinsipi hamda iqtisodiy faoliyat erkinligi prinsipi asosida 
rivojlandi.


19 
Bozor munosabatlari talablariga javob beraoladigan xissadorlik 
kompaniyalari, uyushmalar, birjalar, kimmatbaxo kog’ozlarni xisobga oladigan 
va saklaydigan depozitoriy, savdo uylari singari bozor infrastrukturasi obyektlari 
barpo etilgan. Bu qonunlar tashki iqtisodiy faoliyatni sezilarli darajada 
kengaytirish imkonini berdi, xorijiy sarmoyalar uchun imtiyozli sharoit yaratdi, 
o’rta va yirik korxonalarni davlat tassarufidan chikarish, va xususiylashtirish, 
yopik turdagi aksionerlik jamiyatlarini ochik turlagi jamiyatlarga aylantirish 
jarayonini boshlab berdi. 2002 yilda Respublika iqtisodiyotini investisiyalash 
xajmi yalpi ichki maxsulotga nisbatan 24,5 % yni tashkil etdi. Kapital 
mablag’lar tarkibida xorijiy investisiyaning xissasi ko’paydi va jami 
investisiyalarning 30 % ga yoki 1 milliard AQSh dollariga to’g’ri keladi.
2001 yil iqtisodiyotimizga jalb etilgan xorijiy investisiyalarning 
umumiy xajmidan fakat 13,4 % gina bevosita amalga oshirilgan.
Lekin xorijiy investisiyalarni jalb etish xali ancha sust bormoqda. 2002 
yilgacha respublikaning 31 ta tumanida xorijiy investisiyalar ishtirokida birorta 
ham korxona tashkil etilmagan. 2001 yil mamlakatimizda yetishtirilgan paxta 
tolasini kayta ishlovchi eng zamonaviy uskuna va texnologiyalar bilan 
jixozlangan «O’obul-Farg’ona», «Chinoz to’kimachi» kabi yangi ko’shma 
korxonalar ishga tushirilgan.
Yukorida aytilganlarga misol tarikasida Buyuk Britaniya va 
O’zbekiston bilan hamkorlikda yaratiglgan tamaki maxsuloti ishlab chikaruvchi 
«UzBAT» korxonasini, «AYSEL» turk kurilishi kompaniyasini keltirishimiz 
mumkin. Bu kompaniya «Interkontenental» mexmonxonasini, O’zbekiston 
respublikasi milliy banki binosini kurib foydalanishga topshirdilar. O’zbekiston 
turk bankini; xorijiy va O’zbekiston korxonalariga, tashkilotlariga xizmat 
ko’rsatuvchi Gollandiyaning ABN-AMRO milliy bankini yaratilishi; chet el 
investisiyalarini moliyalashtirish uchun yaratilgan O’zbekiston Respublikasi 
xususiylashtirish banki; Yaponiyaning SAKURA LTD-xorijiy bankini; 
Fransiyaning SOSYeTE JENERAL; Xindistonning milliy banki turli xildagi 


20 
Rossiya banklari; Cof xorijiy kapitalga asoslangan «Toshkent» markaziy Osiyo 
rekonstruksiya kilish va rivojlantirish banki kabilar shular jumlasidandir.
O’o’shma korxonalardan Janubiy Kareya bilan hamkorlikda 
«UzDEU» korxonasi va unda yangi modeldagi «Matiz» avtomobilni ishlab 
chikarishni yo’lga ko’yilishi, «UzDEU elektroniks», Buxorodagi neftni kayta 
ishlash ko’shma korxonasi yaratilishi misol bo’la oladi. Italiya bilan - 
«Uzitalmotor» xissadorlik jamiyati va boshkalarni misol kilib keltirsak bo’ladi.
Hozir O’zbekistonda 1500 dan ortik xorijiy sarmoyalar bilan 
ishlaydigan korxonalar faoliyat ko’rsatmokda. Masalan, AQSh bilan yaratilgan 
200ta korxona; Germaniya bilan 150 tadan ortik; Janubiy Koreya bilan 100tadan 
ortik korxonalar ro’yxatdan o’tgan.
Lekin ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat hamon ancha murakkab ekanini ham 
e’tirof etish lozim. Masalan, xali xalk xo’jaligi soxalarida mulkchilikning yangi 
shakli karor topishi talab darajasida chinakamiga ta’minlanmayapti. Ishlab 
chikarish sur’atining pasayishi ko’p tarmoqlarda davom etmoqda, 
sarmoyalarning yetarli emasligi iqtisodiyotni yaxshilab kayta kurishga to’sik 
bo’lmoqda.
Yuqorida aytib o’tganimizdek, mamlakatimizda tadbirkorlikni 
rivojlantirish uchun tegishli me’yoriy huquqiy asos yaratilgan. Birok amaldagi 
qonunlarning chukur taxlili ularni takomillashtirish va yangi xayotning o’zi 
talab kilayotgan huquqiy hujjatlar bilan to’ldirish zarurligini ko’rsatmokda. 
Afsuski, amaldagi ba’zi huquqiy hujjatlarimiz turlicha talkin kilininshi mumkin. 
Bu esa ayrim idoralar va maxalliy xokimiyat organlari tomonidan tadbirkorlar 
manfaatlariga ziyon yetkazuvchi hujjat va karorlar kabul kilinishiga yo’l ochib 
bermokda.
Shuni ta’kidlash kerakki ba’zi me’yoriy hujjatlar tadbirkorlik 
subyektlari manfaatlarini emas balki ayrim idoralar manfaatlarini nazarda tutgan 
holda ishlab chiqilgan.


21 
Masalan, binolarni ijaraga olish uchun tegishli shartnomalar fakat bir 
yil muddatga tuziladi. Natijada tadbirkor shartnoma keyingi yil uchun 
uzaytiriladimi-yo’kmi—bilmaydi.
Buning ustiga, ijaraga beruvchilar o’zining monopoliya huquqidan 
foydalanib, bunday shartnomalarni kichik korxonalar uchun oldindan nokulay, 
xatto aytish mumkinki, ularni nochor axvolga solib ko’yadigan shartlar asosida 
tuzishga majbur kiladi. Prezidentimiz I.Karimov ko’rsatishicha:
Adliya vazirligi, davlat mulki ko’mitasi barcha manfaatdor idora va 
tuzilmalar bilan birgalikda amaldagi Qonun hujjatlarini, ayniksa, me’yoriy 
hujjatlarni kaytadan jiddiy inventarizasiya kilishlari, kichik va o’rta biznes 
subyektlarining xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga g’ov-to’sik bo’layotgan 
koida va nizomlarni aniklab, ularni bartaraf etishlari zarur. Ko’plab tadbirkorlar 
ayniksa endigina ish boshlayotgan ishbilarmonlar, tabiiyki, tadbirkorlik 
faoliyatini tashkil etish asoslari, uning yuridik va iqtisodiy shart-sharoitlari 
tushunarli tarzda bayon etilgan huquqiy hujjatlar to’plamlariga extiyoj sezadi. 
Ular ana shunday ko’llanma va ma’lumotnomalar chop etilib, keng 
tarkatilmagani tufayli kiyichiliklarga duch kelmokda.
O’zbekiston Respublikasida tadbirkorliknining huquqiy asosi sifatida 
O’zbekiston respublikasining ―Xususiy korxona to’јrisida‖gi
1
11.12.2003 yil № 
558-ii sonli qonunini ham e’tirof etish mumkin. 
Ushbu qonunning mazmunida xususiy korxonani tuzish tartibi, xususiy 
korxona mulkdor tomonidan tuziladi, mulkdor unga tegishli mol-mulk beradi va 
uning ustavini tasdiqlaydi. Xususiy korxona, agar uning ustavida boshqacha 
qoida belgilangan bo’lmasa, nomuayyan muddatga tuziladi. Boshqa yuridik 
shaxslarni ta’sis etish xususiy korxonaning vakolatxonalari va filiallari, xususiy 
korxona qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik shaxslarning 
muassisi bo’lishga yoki ularning ustav fondida o’zgacha tarzda ishtirok etishga, 
vakolatxonalar ochishga va filiallar tuzishga xaqli. Xususiy korxonaning ustavi, 
1
"Ўзбекистон Республикаси қонун хужжатлари тўплами", 2004 йил, 3-сон, 
28-модда


22 
xususiy korxonaning ta’sis hujjati uning ustavidir. Xususiy korxonaning 
ustavida quyidagilar ko’rsatilishi lozimligi: 
korxonaning firma nomi; 
uning joylashgan yeri va pochta manzili to’јrisidagi ma’lumotlar; 
asosiy faoliyat turlarining ro’yxati; 
mulkdorning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi; 
ustav fondining miqdori. 
Xususiy korxonaning ustavi qonun hujjatlariga zid kelmaydigan 
boshqa qoidalarni ham o’z ichiga olishi mumkin. 
Xususiy korxonani davlat ro’yxatidan o’tkazish, xususiy korxona 
davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega 
bo’ladi.
Xususiy korxonani davlat ro’yxatidan o’tkazish qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Xususiy korxonaning ustav fondi, 
xususiy korxonaning ustav fondi bo’linmasdir va uni mulkdorning o’zi 
belgilaydi. 
Pul, qimmatli qog’ozlar, pul bilan baxolanadigan boshqa mol-mulk 
yoki mulkiy xuquqlar yoxud boshqa shaxsga beriladigan o’zga xuquqlar xususiy 
korxonaning ustav fondiga qo’shiladigan xissa bo’lishi mumkin. Mulkdor 
xususiy korxonaning ustav fondiga o’zi kiritadigan mol-mulkni mustaqil 
baxolaydi. 
Agar xususiy korxonaning ustav fondi shakllantirilayotganda mulkdor 
o’z oila a’zolarining umumiy (ulushli yoki birgalikdagi) mulki xisoblangan mol-
mulkni korxonaga berayotgan bo’lsa, ushbu mol-mulkning barcha 
mulkdorlaridan notarial tasdiqlangan rozilik olish talab etiladi. 
Xususiy korxonaning ustav fondini ko’paytirish va kamaytirish-
xususiy korxonaning ustav fondini ko’paytirish va kamaytirish mulkdorning 
qaroriga ko’ra xususiy korxonaning ustaviga o’zgartishlar kiritish yo’li bilan 
amalga oshiriladi.


23 
Agar ikkinchi moliya yilining va shundan keyingi xar bir moliya 
yilining yakunida xususiy korxona sof aktivlarining qiymati uning ustav 
fondidan kam ekanligi ma’lum bo’lib qolsa, xususiy korxona o’z ustav fondini 
o’zining sof aktivlari qiymatidan oshmaydigan miqdorda kamaytirishi shart. 
Xususiy korxona sof aktivlarining qiymati qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda aniqlanadi.
Xususiy korxona faoliyati erkinligining kafolatlari- xususiy korxona 
mol-mulkining nasionalizasiya va rekvizisiya qilinishiga yo’l qo’yilmasligi, 
xususiy korxona faoliyatining erkinligi, xususiy korxonalarga tatbiq etiladigan 
imtiyozlar, preferensiyalar va kafolatlar, xususiy korxonaga soliq solishning 
o’zigaxos xususiyatlari, xususiy korxona faoliyatini tekshirish cheklanganligi, 
xususiy korxonaning mol-mulki nasionalizasiya qilinmaydi, qonunda nazarda 
tutilgan xollar bundan mustasno. 
Xususiy korxonaning mol-mulki rekvizisiya qilinmaydi, xususiy 
korxonaning mulkdoriga rekvizisiya qilinayotgan mol-mulkning bozor 
qiymatiga muodil kompensasiyasi to’lanadigan tabiiy ofatlar, avariyalar, 
epidemiyalar, epizootiyalar va favqulodda tusdagi boshqa xolatlar bundan 
mustasno. Xususiy korxona faoliyatining erkinligi xususiy korxona qonun 
hujjatlariga muvofiq xar qanday faoliyat turlarini amalga oshiradi. Xususiy 
korxona bitimlar tuzishda erkindir. 
Xususiy korxonalarga tatbiq etiladigan imtiyozlar, preferensiyalar va 
kafolatlar xususiy korxonalarga tadbirkorlik subyektlari uchun qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar, preferensiyalar va kafolatlar tatbiq 
etiladi. 
Xususiy korxonaga soliq solishning o’ziga xos xususiyatlari qonun 
hujjatlari bilan belgilanadigan tartibda xususiy korxonalar uchun davlat 
byudjetiga va davlat maqsadli jamg’armalariga soliqlar hamda boshqa majburiy 
to’lovlarning doimiy stavkalari belgilanadi.


24 
Xususiy korxonaning foydasi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar 
to’langanidan so’ng korxona mulkdorining tasarrufiga o’tadi hamda unga soliq 
solinmaydi. Xususiy korxona faoliyatini tekshirish cheklanganligi. 
Xususiy korxona faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar 
tomonidan ko’pi bilan ikki yilda bir marta, belgilangan tartibda amalga 
oshirilishi mumkin, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xollar bundan mustasno. 
Xususiy korxonalarning - kichik tadbirkorlik subyektlarining moliya-
xo’jalik faoliyatini rejali tekshirishlar ko’pi bilan to’rt yilda bir marta, boshqa 
xususiy korxonalarning moliya-xo’jalik faoliyatini rejali tekshirishlar esa ko’pi 
bilan uch yilda bir marta amalga oshiriladi. 
Yangi tashkil qilingan xususiy korxonalarning - kichik tadbirkorlik 
subyektlarining moliya-xo’jalik faoliyati ular davlat ro’yxatidan o’tkazilgan 
paytdan e’tiboran ikki yil mobaynida rejali tekshiruvlardan o’tkazilishi mumkin 
emas.
Shuningdek, ushbu qonunda xususiy korxonalarning birlashishi, 
xususiy korxonani boshqa shaxsga o’tkazish, xususiy korxonani qayta tashkil 
etish va tugatish, nizolarni xal etish, xususiy korxona to’g’risidagi qonun 
hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik, xususiy korxonalarning birlashishi 
xususiy korxonalar o’z xuquq va manfaatlarini ximoya qilish maqsadida 
qonunga muvofiq assosiasiyalarga (uyushmalarga) va boshqa birlashmalarga 
birlashishlari mumkin. Xususiy korxonani boshqa shaxsga o’tkazish, xususiy 
korxona mulkdori xususiy korxonani mol-mulk majmuasi sifatida sotishga, 
xadya qilishga, vasiyat qilib qoldirishga yoki uni o’zgacha usulda boshqa 
shaxsga o’tkazishga xaqli.
Xususiy korxona boshqa shaxsga berilgan taqdirda o’zining firma 
nomidan, tovar belgilaridan, xizmat ko’rsatish belgilaridan hamda mazkur 
xususiy korxona va uning maxsulotini, u bajarayotgan ishlarni yoki 
ko’rsatayotgan xizmatlarni individuallashtiruvchi o’zga vositalardan foydalanish 
xuquqlari, agar qonun hujjatlarida yoxud shartnomada boshqacha qoida nazarda 
tutilgan bo’lmasa, yangi mulkdorga o’tadi. 


25 
Xususiy korxonani qayta tashkil etish va tugatish- xususiy korxona 
uning mulkdori yoki sudning qaroriga ko’ra, qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin. Nizolarni xal etish- 
xususiy korxonalarning tuzilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi 
soxasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xal etiladi. Xususiy 
korxona to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik - xususiy 
korxona to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar 
belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar. 
Tadbirkorlik faoliyatining yana bir muhim subyekti dehqon xo’jaligi 
bo’lib, ushbu subyekt ,,Dehqon xo’jaligi to’g’risida―gi O’zRning qonuni bilan 
tartibga solinadi
1
. Ushbu qonunning 1-moddasida dehqon xo’jaligini tashkil 
etish maqsadi uning vujudga kelish asoslari hamda uning faoliyat shakllari 
belgilangan. Mazkur qonunga asosan dehqon xo’jaligi oilaviy mayda tovar 
ishlab chiqarish xo’jaligi bo’lib, oila a’zolarining shaxsiy mehnatidan, meros 
qilib qoldiriladigan umrbod egalik asosida oila boshlig’iga berilgan tomorqa yer 
uchastkasida qishloq xo’jaligi mahsulotini yetishtiradi shu bilan birga ularni 
mustaqil tasarruf etish huquqiga ega bo’ladi.
1
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси. 1998. 5-6 сон. 
88 модда


26 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin