10
hamda mulkiy va shartnomaviy majburiyatlarni bajarmaslikning oldini olish
bo’yicha ilmiy-nazariy va amaliy muammolar hisoblanadi.
Tadqiqot metodlari
. Tadqiqot ishida ilmiy bilishning dialektik,
tarixiylik, tizimlilik, huquqiy-mantiqiy, tahliliy, qiyosiy-huquqiy va boshqa shu
kabi usullardan foydalanildi.
Himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar
:
Tadbirkorlik faoliyatida tavakkalchilik asosida ish yuritishda eng avvalo,
har bir ushbu faoliyatni boshlovchi shaxs tavakkalchilik darajasini hisobga olib,
bozor konyunkturasini puxta o’rganish talab qilinadi aks holda tadbirkorlikdan
ko’zlagan foydaga erisha olmasdan kutilmagan noxush vaziyatlarni ham keltirib
chiqarishi mumkin.
Tadbirkorlik faoliyatida tavakkalchilik belgisi har qanday shaklda tashkil
topgan tadbirkorning o’z ishonchi va qobiliyatiga qarab, o’z mulkini va
faoliyatini tavakkal qilib, undan cheklanmagan miqdorda foyda (daromad)
olishga qaratadi.
Tadbirkorning tavakkalchilik asosida ish tutishi raqobatga bardosh bera
olishni hamda kutilmagan harakatlarda o’z mulki va muassislari bilan birgalikda
to’liq javobgar bo’lish majburiyatini yuklaydi. Shuningdek, tadbirkorlik
faoliyatining muhim belgilari ichida tadbirkorlikda tashabusskorlik, mulkiy va
tashkiliy mustaqillik belgilari ham muhim huquqiy va iqtisodiy ahamiyat kasb
etadi.
Dostları ilə paylaş: