-11-
vodiysi, Kobul va Hindistondagi hukmronligini qo‘shib hisoblasak, 36 yil podshoh
bo‘ldi. Uning ham o‘g‘li, qizlari va nabiralari 36 ta bo‘lgan.
Zahiriddin Muhammad Boburning jasadi Agradagi o‘zi qurdirgan boqqa dafn
etildi, vafotidan ancha vaqt o‘tganidan keyin xotinlaridan biri Dildorcha xonim
tashabbusi bilan uning jasadi Kobuldagi “Bog‘i Bobur” ga keltirilib qayta dafn etildi.
1993 yilda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi munosabati
bilan shoh va shoir dunyoga kelgan Andijon shahrida uning ramziy qabri bunyod
etildi. Shu o‘rinda yana bir mulohaza, Sohibqiron Amir Temur “islom himoyachisi”
sifatida Xitoyga qo‘shin tortgan bo‘lsa, Zahiriddin
Muhammad Bobur umrining
so‘nggi yilida (1529 yil iyun – Sh.H.) odamlarni diniy tafovutga qarab
tabaqalashtirishni bekor qilish to‘g‘risida farmon e’lon qildi. Zahiriddin Muhammad
Bobur ulug‘ bobokalonidan hayotiy masalalarda o‘tib ketib, tolerant (bag‘rikenglik)
ko‘rsatgan, har qanday dinga mansublikdan tabiatning oliy ne’mati bo‘lgan inson
ulug‘ ekanligini chuqur anglagan hukmdor, u shunday farmon bilan o‘zidagi ijobiy
xislatlar shodasini ko‘paytirgandi. Amir Temur
Zahiriddin Muhammad Bobur
zamonida yashaganida, bundanda oliymaqom ishlarni amalga oshirardi. Bu o‘rinda
ikki buyuk siymoni bir-biridan 1,5 asrlik tarixiy davr ajratib turganligini, Zahiriddin
Muhammad Bobur turli din va e’tiqodlar hukm surgan Hindistonda podshoh
bo‘lganligini hisobga olmaslik insofdan emas.
Sohibqiron Amir Temur “Temur tuzuklari”ni aytib yozdirgan, ayni paytda
olimu-ulamolar suhbati, ular bahs munozaralarida
ishtirok qilib turadigan, ayrim
masalalarda o‘zidan boshqacha fikrlaydiganlarga ham sovg‘a-salomlar ulashadigan
tanti, mard inson bo‘lganligi ma’lum. Shuningdek, Amir Temur fan va madaniyat
homiysi bo‘lganligi haqida ko‘p yozildi va yozilmoqda.
Zahiriddin Muhammad Bobur ulug‘ bobokalonidan 21 yil kam umr ko‘rgan
bo‘lsa-da, shaxsan o‘zidan
boy ilmiy, tarixiy, jug‘rofiy, badiiy meros qoldirdi.
“
Dostları ilə paylaş: