“Amir Temur – buyuk sarkarda va davlat arbobi”
mavzusidagi respublika ilmiy-
amaliy konferensiyasi o‘tkazilmoqda. Mazkur konferensiyaning tashkil qilinishidan
maqsad Sohibqiron Amir Temur faoliyatining ilmiy va pedagogik ahamiyatining
yangi qirralarini o‘rganishdir. Konferensiya ishida yetakchi olimlar, professor-
o‘qituvchilar, xalq ta’limi metodistlari, pedagoglar ishtirok etmoqdalar. O‘ylaymanki,
bugungi anjumanda ham eng dolzarb masalalar va ularning yechimi bo‘yicha aniq
taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Barchangizga kuch-quvvat, sog‘lik-salomatlik,
konferensiya ishiga muvaffaqiyat tilayman.
Nosirov Jamol Shuhratovich
Buxoro shahar hokimi
-5-
Mustafayeva Dilfuza Nematilloyevna
Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i
AMIR TEMURNING TARAQQIYOTGA QO‘SHGAN ULKAN HISSASI
Biz bugun qadimiy davlatning poytaxti va buyuk tarixiy voqealarning guvohi
bo‘lgan Buxoro shahrida, Buxoroning so‘lim go‘shalaridan Nodir Devonbegi
majmuasida yig‘ildik. Me’moriy yodgorliklarga boy bu shaharning har bir g‘ishti o‘z
davrining dahosi bo‘lgan buyuk tarixiy shaxslar haqida eslatib turadi.
Amir Temur, ko‘plab mashhur muarrixlar ta’kidlaganidek, ilmning qadriga
yetadigan, uni rivojlantirishga astoydil bel bog‘lagan, dunyoning yetuk olimlari,
tarixchilari bilan bemalol suhbatlasha oladigan donishmand hukmdor edi. Ilm-fanga
qiziqish Amir Temurning bolalik chog‘larida oilasidan boshlangan edi, desak
mubolag‘a bo‘lmaydi. Sohibqiron xonadonida farzandlar (shahzodalar, malikalar)ga
ilm-fanning turli sohalaridan ko‘p saboqlar berilar, madrasalarda tahsil olish davom
ettirilardi.
Sohibqiron boshlab bergan sa’y-harakatlari tufayli uning avlodlari orasida
Muhammad Sulton, Ulug‘bek Mirzo, Ibrohim Sulton, Boysunqur Mirzo, Husayn
Boyqaro, Zahiriddin Muhammad Bobur, Ko‘chkunchixon, Komron Mirzo,
Gulbadanbegim, Zebunniso kabi shoirlar, olimlar, muarrixlar, xattotlar, ma’naviyat
va ma’rifat jonkuyarlari bor bo‘lib, ular ilm-fan, ma’naviyatning qadriga yetadigan
ajoyib insonlar bo‘lib yetishdi.
Ulug‘bek Mirzoning astronomiya maktabi aynan Samarqandda yaratildi.
Zamonaning ilg‘or rasadxonasi barpo etildi. 1018 ta yulduz ta’rifini o‘z ichiga olgan
«Ziji jadidi Ko‘ragoniy» jadvali jahon faniga ulkan hissa bo‘lib qo‘shildi. «To‘rt ulus
tarixi» asari esa xalqimiz tarixini anglab yetishda katta ahamiyatga ega.
Sohibqiron Amir Temur davri tarixini to‘liq va ishonarli yoritib bergan
Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» (1425) asari Sohibqironning nabirasi,
Sheroz hokimi, shoir va xattot Ibrohim Sultonning rahbarligi, fidoyiligi va homiyligi
ostida dunyoga keldi. 1519-yilda Ulug‘bek Mirzoning nabirasi Ko‘chkunchixon
-6-
topshirig‘i bilan mazkur «Zafarnoma» va Rashiduddinning «Jome ut-tavorix» asarlari
o‘zbek tiliga tarjima qilindi.
Qolaversa, jahon adabiyotining buyuk namoyandalaridan hisoblangan Alisher
Navoiyning ijodi, Lutfiy va Husayn Boyqaro she’riyati, Qozizoda Rumiy va Ali
Qushchi asarlari, Kamoliddin Behzodning durdona miniatyura rasmlari, Zahiriddin
Muhammad Boburning bebaho «Boburnoma»si, go‘zal she’riyati, ilmiy asarlari,
muarrixlar G‘iyosiddin Ali, Nizomiddin Shomiy, Muiniddin Natanziy, Hafizi Abro‘,
Sharafiddin Ali Yazdiy, Mirxond, Xondamirning solnomalari – barcha-barchasi
temuriylar davrining mahsulidir.
Amir
Temur
tinchliksevar,
bunyodkor
xalqning
farzandi,
tabiatan
ma’rifatparvar bo‘lib tug‘ilgan o‘xshashi yo‘q zot edi.
«
…Amr etdimki, – deb yozadi Amir Temur «Tuzuklar»da, – katta-kichik har bir
shahar, har bir qishloqda masjid, madrasa va xonaqohlar bino qilsunlar, faqir-u
miskinlarga langarxona (musofirxona) solsunlar, kasallar uchun shifoxona
qurdirsunlar va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlasunlar. Har bir shaharda dorul-
amorat (hukmdor saroyi) va dorul-adolat (adolat saroyi) qursunlar…
».
Bunyodkorlik Sohibqiron davrida davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan edi
deyish mumkin. Amir Temur faqat o‘z mamlakatidagina emas, balki boshqa yurtlarda
ham bunyodkorlik ishlarini amalga oshirgani buning dalilidir. Saltanat poytaxti qilib
belgilangan Samarqandni dunyoning eng obod shahariga aylantirdi, ulug‘vorligini
ko‘rsatish uchun, atrofida Damashq, Bag‘dod, Misr, Sheroz, Sultoniya kabi
dunyoning mashhur shaharlari nomlari bilan atalgan, bog‘-rog‘larga ko‘milgan
qishloqlar barpo qildirdi.
Bu an’analar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning davlat, siyosat va ilmiy
faoliyatida ham davom etib kelmoqda. Amir Temurning hayoti va faoliyati Yevropa
olimlarining tadqiqotlarida doimo tarixiy haqiqat sifatida yoritilganligi tahsinga
sazovordir. Shu tufayli, hatto sovet imperiyasi sharoitida ham, Amir Temur haqidagi
haqihat bizga Amerikadan, Buyuk Britaniyadan, Fransiyadan, Germaniyadan va
boshqa mamlakatlardan yetib kelar edi. Bugungi kunda, mustaqil O‘zbekiston
-7-
sharoitida, tarixiy haqiqatni aytish imkoniyati vujudga kelganda quyidagi faktni
alohida aytib o‘tish joizdir.
Sohib-ul-qiron tarixini Ispaniyada Ryui Gonzales de Klavixo, Fransiyada
arxiepiskop Joan, Angliyada Xristofer Marlo, Eduard Gibbon, Germaniyasa Iogannes
Shiltberger kabi xorijlik olimlar va sayohatchilar yozgan edi. Ularning asarlarida
Pyotr I, Buyuk Fridrix, Napoleon Bonapart kabi ulug‘ taxt egalari va lashkarboshilar
Amir Temurning davlat boshqaruvi tajribasidan keng foydalangan edilar, deb
ta’kidlanadi. Bugungi kunda biz Amir Temurning hayoti va faoliyati haqida jiddiy
tadqiqotlar olib borgan olima Xilda Xukxem ismini chuqur minnatdorlik hissi bilan
tilga olamiz. U Sohib-ul-qironning merosini o‘rganish maqsadida bir necha bor
Markaziy Osiyo davlatlari poytaxtlariga tashrif buyurdi. Uning "yetti burj hokimi"
deb nomlangan kitobi Markaziy Osiyo xalqlari va Temurning shaxsiga bo‘lgan
chuqur hurmat bilan sug‘orilgan. Hozirgi kunda bu nashr xalqimizning sevimli
kitoblaridan biriga aylandi. Biz yevropaning xaloskori Temurning haykali oltindan
quyilgan go‘zal Fransiyaga o‘z hurmatimizni izhor etamiz. Va, albatga, biz hozirgi
kunda xorijda Temur davrini tadqiq etayotgan olimlarga o‘z minnatdorchiligimizni
bildiramiz. Biz Sizlarni ulug‘ bobomizning tuprog‘ida ko‘rib turganimizdan va
qutlashdan xursandmiz. “Bugun Samarqandda ko‘p mamlakatlardan tashrif buyurishi
Sohib-ul-qironning xizmatlari butun dunyoda tan olinishining belgisidir. Amir Temur
bugun ham mustaqil O‘zbekiston manfaatlariga, davlatimizning iftixori va
ulug‘vorligi ramzidir.
Amir Temurning 686 yilligiga bag‘ishlangan bugungi ilmiy-amaliy
konferensiya buning yorqin dalilidir. Shubhasiz, mazkur konferensiya o‘z taraqqiyot
yo‘lini tanlagan mustaqil O‘zbekiston xalqi, shuningdek, Markaziy Osiyo
xalqlarining dunyo hamjamiyati bilan yaqinlashuviga xizmat qiladi. Men esa
konferensiya ishtirokchilarni ushbu kunda qutlab, konferensiya ishiga muvaffaqiyat
tilayman.
Dostları ilə paylaş: |