-21-
tobora chuqur kirib bormoqda. Biz ayni shu asosda xalqimiz hayotini tubdan
yaxshilash, inson huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi va ijtimoiy adolatni
ta’minlash, innovatsion taraqqiyot borasida muhim qadamlarni qo‘ymoqdamiz
[1,2]”.
Innovatsion
taraqqiyot
borasida
muhim
qadamlarni
qo‘yayotgan
yangi
O‘zbekistonning har bir fuqarosi ona yurtimizning xolisona va mafkuraviy
qarashlardan xoli tarixini innovatsion yondashuvlar asosida yaratilgan ilmiy tadqiqot
ishlaridan o‘rgansalar hamda tarix ta’limida ham ana shunday tadqiqotlar
natijalaridan unumli foydalansalar ezgu niyatlarimiz va buyuk maqsadlarimiz ro‘yobi
– “Uchinchi Renessans”ning mustahkam poydevorini bunyod etishga munosib hissa
qo‘shgan bo‘lardilar.
“Bugun jahon miqyosida yurtimiz haqida so‘z ketganda “
Yangi O‘zbekiston”
iborasi tilga olinmoqda. Bu keyingii yillarda taraqqiyotning mutlaqo yangi
bosqichiga
qadam
qo‘yganimiz,
erishayotgan
zalvorli
yutuqlarimizning
e’tirofidir
[2,3]”, – deb ta’kidladilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev.
O‘zbek davlatchiligining eng qadimiy tarixiy davrlarini yoritishda biz
arxeologik qazishmalar natijalari, mahalliy yozma adabiyot namunalari (masalan,
“Avesto”, ko‘hna
eroniy bitiklar, yunonistonlik, xitoylik, hindistonlik va boshqa
yerlik mualliflar yozib qoldirgan manbalar)dan foydalanamiz. Albatta,
bu borada
qiyosiy o‘rganish, tarixiy-madaniy taraqqiyot qonunlari, an’analarini yodda tutish
kabi ilmiy-mantiqiy usullarni istifoda etamiz.
Miloddan avvalgi 1-mingyillik boshlarida ajdodlarimiz temirni qayta ishlashni
o‘rganib oldilar. Demak, har qanday taraqqiyotning turtkisi bo‘lib kelgan mehnat
qurollarining takomillashishi uchun keng yo‘l ochilgan. Bu esa o‘z
navbatida inson
faoliyatining kengayishi va jadallashishiga sabab bo‘lgan. Mazkur hol jamiyatning
barcha sohalari: siyosiy, ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy, xalqaro munosabatlarda tegishli
sifat o‘zgarishlariga turtki bo‘lgan bosh omillardan biri hisoblanadi. Miloddan
avvalgi VII-VI asrlardayoq Xorazmda ulkan sun’iy sug‘orish tizimlari ishlab turgani
ma’lum[3,68]. Sun’iy sug‘orish ishlarining bu darajada e’tiborli bo‘lganligi