1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-20-  Abdullaeva Muxayyo Iskandarovna



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/91
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166827
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   91
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091

-20- 
Abdullaeva Muxayyo Iskandarovna 
“Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi”kafedrasi, katta o‘qituvchi
Buxoro viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish 
hududiy markazi 
To‘raeva Sayyora Sattorovna 
“Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi”kafedrasi, katta o‘qituvchi 
Surxandaryo viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish 
hududiy markazi 
O‘ZBEK DAVLATCHILIGI TARIXI BOSHQARUV MASALALARINI 
QIYOSIY O‘RGANISH (AMIR TEMUR DAVRI DAVLATCHILIK TIZIMI 
VA BOSHQARUVI MISOLIDA) 
Annotatsiya:
Maqolada Amir Temur va temuriylar zamoni davlatchilik 
siyosati, boshqaruv tizimi, davlat, davlatchilik mohiyatida muayyan bir makon va 
jamiyatda mavjud turli imkoniyatlarni shu yerlik xalq manfaati yo‘lida yuzaga 
chiqaruvchi tashkilotchilik yotgani tahlil etilgan. Zero, davlat asoslari, davlatchilik 
har bir jamiyat va xalq “boshiga bir marta bitilgan bo‘lishi” yorqin misollar asosida 
qiyosiy o‘rganilgan. 
Kalit so‘zlar:
Renessans, ilm, fan, integratsiya,
 
ta’lim, tarbiya, innovatsiya, 
yangi davr, tarix, yosh avlod, yangi O‘zbekiston, buyuk davlat. 
O‘zbekistonning har bir fuqarosi ona yurtimizning xolisona va mafkuraviy 
qarashlardan xoli tarixini innovatsion yondashuvlar asosida yaratilgan ilmiy tadqiqot 
ishlaridan o‘rgansalar hamda tarix ta’limida ham ana shunday tadqiqotlar 
natijalaridan unumli foydalansalar ezgu niyatlarimiz va buyuk maqsadlarimiz ro‘yobi 
– “Uchinchi Renessans”ning mustahkam poydevorini bunyod etishga munosib hissa 
qo‘shgan bo‘lardilar. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, 

Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan da’vatkor g‘oya hayotimizga 


-21- 
tobora chuqur kirib bormoqda. Biz ayni shu asosda xalqimiz hayotini tubdan 
yaxshilash, inson huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi va ijtimoiy adolatni 
ta’minlash, innovatsion taraqqiyot borasida muhim qadamlarni qo‘ymoqdamiz
[1,2]”. 
Innovatsion 
taraqqiyot 
borasida 
muhim 
qadamlarni 
qo‘yayotgan 
yangi 
O‘zbekistonning har bir fuqarosi ona yurtimizning xolisona va mafkuraviy 
qarashlardan xoli tarixini innovatsion yondashuvlar asosida yaratilgan ilmiy tadqiqot 
ishlaridan o‘rgansalar hamda tarix ta’limida ham ana shunday tadqiqotlar 
natijalaridan unumli foydalansalar ezgu niyatlarimiz va buyuk maqsadlarimiz ro‘yobi 
– “Uchinchi Renessans”ning mustahkam poydevorini bunyod etishga munosib hissa 
qo‘shgan bo‘lardilar. 
“Bugun jahon miqyosida yurtimiz haqida so‘z ketganda “
Yangi O‘zbekiston” 
iborasi tilga olinmoqda. Bu keyingii yillarda taraqqiyotning mutlaqo yangi 
bosqichiga 
qadam 
qo‘yganimiz, 
erishayotgan 
zalvorli 
yutuqlarimizning 
e’tirofidir
[2,3]”, – deb ta’kidladilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat 
Mirziyoyev.
O‘zbek davlatchiligining eng qadimiy tarixiy davrlarini yoritishda biz 
arxeologik qazishmalar natijalari, mahalliy yozma adabiyot namunalari (masalan, 
“Avesto”, ko‘hna eroniy bitiklar, yunonistonlik, xitoylik, hindistonlik va boshqa 
yerlik mualliflar yozib qoldirgan manbalar)dan foydalanamiz. Albatta, bu borada 
qiyosiy o‘rganish, tarixiy-madaniy taraqqiyot qonunlari, an’analarini yodda tutish 
kabi ilmiy-mantiqiy usullarni istifoda etamiz.
Miloddan avvalgi 1-mingyillik boshlarida ajdodlarimiz temirni qayta ishlashni 
o‘rganib oldilar. Demak, har qanday taraqqiyotning turtkisi bo‘lib kelgan mehnat 
qurollarining takomillashishi uchun keng yo‘l ochilgan. Bu esa o‘z navbatida inson 
faoliyatining kengayishi va jadallashishiga sabab bo‘lgan. Mazkur hol jamiyatning 
barcha sohalari: siyosiy, ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy, xalqaro munosabatlarda tegishli 
sifat o‘zgarishlariga turtki bo‘lgan bosh omillardan biri hisoblanadi. Miloddan 
avvalgi VII-VI asrlardayoq Xorazmda ulkan sun’iy sug‘orish tizimlari ishlab turgani 
ma’lum[3,68]. Sun’iy sug‘orish ishlarining bu darajada e’tiborli bo‘lganligi 



Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin