O’zbekiston Respublikasi Xalq


Tirik tabiat burchagidagi hayvonlar



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/125
tarix28.11.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#167014
növüУчебное пособие
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

Tirik tabiat burchagidagi hayvonlar.
Tirik tabiat burchagidagi hayvonlar 
uchun akvarium, terraium, kataklar qо‘yish uchun joy ajratilishi kerak. Akvarium 
baliklar, shoxilonlar, suv qо‘ng‘izlari, triton, ayrim baqalar, gidra va dafnayalarni 
saqlash va boqish uchun eng qulaydir. 
Akvarium suv havzasining sun’iy biogeotsenozi ya’ni chuchuk suv havzasini 
modeli hisoblanadi. Unda suv hayvonlari hayotining suv о‘simliklari elodeya 
valisneriya, odest, shoxbarg va boshqalar bilan bog‘liqligi kо‘rsatiladi. Tirik 
burchakda zoologiyadan kо‘rgazmali va amaliy metodlar bilan о‘rganiladigan 
hayvonlar bо‘lishi zarur. 


164 
Sodda hayvonlardan tufelkaning kulturasi, dars va darsdan tashqari ishlar 
uchun doim tirik burchakda bо‘lishi kerak, buning uchun bir oz somon yoki 
pomidorning quritilgan bargi bо‘lishi kerak.
Sentabr oylaridan boshlab akvariumda gidra, akam-tukam va boshqa 
chig‘anoqli shilliqurtlarni tayyorlab qо‘yiladi. Maxsus yashiklarda yomg‘ir 
chuvalchangini saqlash mumkin. Yashik navbat bilan qatlam – qatlam qilib 
tо‘kilgan barglar, poliz tuprog‘i bilan tо‘ldiriladi va unga 50 tacha chuvalchang 
joylashtiriladi. Uni salqin joyda saqlash kerak. Mayda sut emizuvchilar, suvda ham 
quruqlikda yashovchilar ham sudralib yuruvchilar terrariumlarda saqlanadi. 
Terrarium о‘tloq, chо‘l va boshqalar shaklida bezatiladi. Botqoqlik hosil qilish 
uchun temir yoki plastmassa vannacha qо‘yiladi. Olmaxon, tо‘ti va boshqa sayroqi 
qushlar maxsus kataklarda boqiladi.
Tirik tabiat burchagi uchun ajratilgan xonada har-xil hayvonlarni, masalan: 
akvarium va mahalliy baliq turlari, suvda ham quruqlikda yashovchilarni, sudralib 
yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilarni boqish mumkin. Maktabning о‘quv 
tajriba uchastkasida tovuq, nutriya, norka, quyon kabi hayvonlarni boqish tavsiya 
etiladi. 
Agar tirik tabiat burchak uchun ajratilgan xona kichik bо‘lsa yoki torlik 
qilsa, unda bir muncha yirik qushlar va hayvonlarni saqlash mumkin. Dars vaqtida 
о‘quvchilarning fikrlarini bо‘lmaydigan boshqa obektlarni bevosita biologiya 
xonasiga joylashtirish mumkin. Turli tovush, qо‘lansa hid chiqaradigan hayvonlar 
alohida kichik xonada saqlanadi.
Tirik tabiat burchagidagi hayvonlarning kо‘plari ustida zoologiya, odam va 
uning salomatligi, umumiy biologiya bо‘yicha zarur tajribalar qо‘yilishi mumkin. 
Masalan; “moddalar almashinuvi” mavzusiga oid V va S avitaminozlar hosil 
qilish bо‘yicha, quyonlarning og‘irligi oziq sifatining ta’siri, tuproq rangining baqa 
tanasining rangiga ta’sirini, it baliqdagi metamorfozni о‘rganish mumkin.
Tirik tabiat burchagi yosh tabiatshunoslarning ish joyi hamdir. Bu yerda 
yosh tabiatshunoslar kuzatuv ishlarini olib borib, uni natijalarini yozadilar, 
hayvonlar uchun oziq tayyorlaydilar,turli moslama yasaydilar va ta’mirlaydilar. 


165 
Tirik tabiat burchaklaridagi har bir hayvonning nomi yozilgan etiketkasi, 
parvarishlash qoidasi va oziqlantirish normasi hamda tajriba о‘tkazayotgangan 
о‘quvchining familiyasi kо‘rsatilgan bо‘lishi kerak.
Hayvonlar burchakda tip va sinflar bо‘yicha guruxlarga ajratiladi, lekin 
guruhlashtirish yashash muhiti bо‘yicha va ularning tegishli о‘simlik bilan birga 
bо‘lishi mumkin. 
Sinfning yoki tirik burchakning birorta derazasida о‘simliklarning “tirik 
sistema”sini tasvirlab kо‘rsatish mumkin, bu V, VI, X, XI – sinflar uchun 
foydalidir. Buning uchun xona va yovvoyi о‘simliklardan foydalaniladi, ular 
derazalarga bir avlodning turlari, bir oilaning avlodlari shu kabilar tartibida 
joylashtiriladi. Hayvonlar sistemasini tirik obektlarni tulumlari bilan, ba’zi xollarda 
rasmlar bilan birga kо‘rsatish mumkin. Bu о‘quvchilar uchun kо‘rgazmali quroldir. 
Maktab tirik tabiat burchagida alohida sinflar uchun, qandaydir qismlarni 
ajratish pedagogik maqsadga muvofiq emas. Unda о‘quvchilar jamoatchilik, 
о‘simlik va hayvonlar dunyosining tabiiy birligini tushunib olish ruhida 
tarbiyalansinlar. 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin