Mustahkamlash uchun savollar:
1. Tirik tabiat burchagi qanday ta’lim tarbiyaviy ahamiyatga ega?
2. Tirik tabiat burchagi qanday tashkil etiladi?
3. Tirik tabiat burchagida qaysi о‘simliklar о‘rin oladi?
4. Tirik tabiat burchagida qaysi hayvonlar boqiladi?
5. Tirik tabiat burchagini jihozlash uchun nimalarga e’tibor berish kerak?
167
24-§ MAKTAB О‘QUV TAJRIBA UCHASTKASI
О‘quvchilarga aniq puxta, mantiqiy tuzilgan plan asosida ishlash uquvini
singdirish zarur. Buning uchun maktab о‘quv tajriba uchastkasida katta pedagogik
imkoniyatlar bor. Uchastka teritoriyasida tashkil etishning, ekin va kо‘chatlar
ekishning pedagogik о‘ylangan rejasini tuzishni birinchi о‘ringa qо‘yilishi kerak.
О‘quvchilar maktab uchastkasida ishlab, biologiyadan olgan bilimlarini
yangi olingan о‘simlik va hayvonlar misolida mustahkamlaydilar. Ular qishloq
xо‘jalik ekinlarini yetishtirishning va hayvonlar parvarishining eng muxim
agronomik usullari tо‘g‘risida tasavvurlar hamda ular bilan ishlashning muayyan
sistemadagi kо‘nikmalarni hosil qiladilar. Uchastkadagi ishlar о‘quvchilarda
tashkilotchilik, jamoatchilik kо‘nikmalarini, mehnat madaniyatini, estetik
tuyg‘ularni, о‘simlikni kо‘paytirish bilan tabiatni qayta ishlab chiqarish
kо‘nikmalarini tarbiyalashi kerak. о‘quv tajriba uchastkasida kuzda, bahorda
botanika, zoologiya va umumiy biologiya bо‘yicha darslar va amaliy
mashg‘ulotlar, yozda, kuzda va bahorda tajribalar qо‘yish va kuzatishlar о‘tkazish,
botanika, zoologiya va umumiy biologiya darslarga tarqatiladigan va
demonstratsiya materiallari tayyorlashlash bо‘yicha darsdan tashqari ishlar
о‘tkaziladi. Uchastkada yosh tabiatshunoslar ish olib boradi va maktab, sinfdan
tashqari tadbirlar: hosil kuni, bog‘ kuni, qushlar kuni, kо‘rgazmalar, ota-onalar,
boshqa maktab о‘quvchilari uchun ekskursiyalar va shu kabilar tashkil qilinadi.
Maktab uchastakasida, maktabda о‘rganiladigan о‘simliklar: dala, poliz, rezavor
mevalar, manzarali va yovvoyi о‘simliklar bо‘lishi kerak. Shunga muvofiq,
uchastka aniq chegaralangan: dala, poliz, rezavor meva, manzarali, biologik va
zoologik bо‘limlarga ega bо‘lishi zarur. Uchastkada metrologik stansiya,
auditoriya barpo etish zarur. Har bir bо‘limda о‘simlik kolleksiyasi va ular ustida
tajriba о‘tkazish uchun joy ajratiladi.
Dala bо‘limi ikki: kolleksiya va tajriba qismlarga bо‘linadi.
Kolleksiya qismi quyidagi dalalarga ajratiladi: birinchi dalaga – suli, о‘tlar;
ikkinchi dalaga – donli ekinlar: javdar bug‘doy, arpa, tariq, makkajо‘xori; uchinchi
168
dalaga – dukkakli ekinlar: nо‘xot, loviya, soya va yem xashak о‘tlari, beda;
tо‘rtinchi dalaga – tolali ekinlar: zig‘ir, kanop, moyli ekinlar: kungaboqar,
kanakunjut, yeryong‘oq; beshinchi dalaga – chopiq talab ekinlar: kartoshka, qand
va xashaki lavlagilar; oltinchi dalaga – efirli va dorivor о‘simliklar yalpiz; yettinchi
dalaga – texnika ekinlari: g‘о‘za, kanop ekinlari.
Tajriba qismlarida birinchi dalada qora shudgorda begona о‘tlarni paydo
bо‘lishi va ularga qarshi kurash, yashil о‘g‘itlar bilan о‘g‘itlangan va
о‘g‘itlanmagan yerda kelgusi yilda g‘alla ekish. Ikkinchi dalada ekishning yaxshi
usulini aniqlash. Uchinchi dalada beda va unga aralashtirilgan pichan hosili.
Tо‘rtinchi dalada kartoshkalarning yer ustki tugunaklarini hosil qilish, chopiqni
ta’siri, kartoshkani kо‘paytirish usullari, kartoshkadan yuqori hosil olish.
Sabzovot ekinlarini bо‘limida – alohida uchastkaga kо‘p yillik ekinlar
kolleksiyasi: yernok shavel, ravoch о‘tqaziladi. Bо‘limning qolgan maydonini
sabzovot almashlab ekish uchun 4 ta dalaga ajratiladi. 1-Dalada: gо‘ng bilan yangi
о‘g‘itlangan yerga bargli ekinlar, har xil navli karam: mosh va qizil karam, gul
karam, pomidor, piyoz. 2-Dalada: mevali ekinlar. 3-Dalada: mineral о‘g‘itlar bilan
о‘g‘itlangan yerga ildiz mevali: sabzi, lavlagi, sholg‘om, rediska. 4-Dalada:
dukkakli ekinlar: loviya, nо‘xat va ertangi kartoshka ekiladi.
Sabzovot ekinlari ustida о‘tkaziladigan tajribalar quyidagilar bо‘lishi
mumkin:yerga qо‘shimcha ishlov berishning tasiri,qalamchadan kо‘paytirish,
chatishtirish, novdalarning chilpishning tasiri, yaxshi о‘simliklarni urug‘lik uchun
ajratish, asosiy ekinlar: karam, pomidor, lavlagi, piyoz, bodring va boshqalardan
yuqori xosil yetishtirish.
Bu tajribalarning barchasidan botanika V-VI sinflardagi mavzularni о‘tishda,
umumiy biologiyadan IX- sinfda “Kо‘payish va individual rivojlanish”,
“Genetika va seleksiya asoslari” mavzularini о‘tishda foydalaniladi.
Rezavor- meva ekinlari bо‘limining katta qismi mevali bog‘ uchun,
kichikroq qismi rezavor-meva ekinlari va pitomnik uchun ajratiladi.
Kolleksiya uchun boqqa olcha, nok, dо‘lana о‘simliklarini ekish kerak.
169
Rezavor- meva bо‘limini tashkil qilishda katta yoshli meva daraxtlari ular
ustida kuzatish olib borish uchun, tez о‘zgaruvchan yosh, shakl beriladigan
daraxtlarga unchalik qiziqarli bо‘lmaydi. Shuning uchun maktab uchastkasida
pitomnik bо‘lishi zarur. Rezavor- meva ekinlari gullarni sun’iy changlatish, mevali
daraxtlarni kurtak va iskana payvand qilish, rezavor - mevalarni parxishlab va
qalamchalardan kо‘paytirish bо‘yicha tajribalar о‘tkaziladi. Vegetativ kо‘paytirish
kо‘nikmalariga alohida etibor berish kerak.
Manzarali о‘simliklar bо‘limida quyidagi о‘simliklar bir yilliklardan: -
baxmalgul, tamaki: ikki yilliklardan: -kartoshkagul, gulsafsar. Butalardan:-siren,
chirmashib о‘sadigan о‘simliklar-yovvoyi tok, pechakgul.Manzarali о‘simliklar
bilan V-VI va IX sinf о‘quvchilari yovvoyi о‘simliklarni madaniylashtirish
bо‘yicha, chatishtirish, payvandlash parxishlab kо‘paytirish, kun uzunligini tasiri,
о‘g‘itlab sug‘orishning ta’siri, shonalarni chilpish bilan о‘simlikni gullash vaqtini
о‘zgartirish bо‘yicha tajribalar о‘tkazadilar.
О‘simliklar biologiyasi bо‘limi,botanika,zoologiya,umumiy biologiya
kurslari bо‘yicha ahamiyatga ega bо‘lgan о‘simliklar biologiyasi bо‘limi maktab
о‘kuv tajriba uchastkasida bо‘lish kerak. Bu yerda eng muhim biologiya
qonunlarini aniqlashtiruvchi tajribalar qо‘yiladi.Yovvoyi о‘simliklarni о‘tqazish
о‘quvchilarni etiborini о‘rab olgan tabiatni bilab olishga qaratiladi.
Zoologiya bо‘limida tajribalar va amaliy ishlar uchun quyonlar, volerlarda
yoki tovuqxonalarda tovuqlar bо‘lishi shart. Xayvonlarning о‘simlik muhiti bilan
bо‘lgan tabiiy bog‘lanish ishini tushuntirish uchun uchastkaning о‘simliklari
bо‘lgan turli bо‘limlardan foydalaniladi. Misol: sabzovot bо‘limida о‘quvchilar
ba’zi bir zararkunandalar rivojlanishini kuzatish uchun ajratib qо‘yadilar.
Rezavor-meva bо‘limida meva daraxtlarning zararkunandalarini ustida kuzatishlar
olib boriladi.
Metereologik stansiya uchun yer, daraxtlar va imoratlardan uzoqroqda
joy ajratiladi: uni о‘simliklar biologiyasi bо‘limining oldida yoki dala о‘simliklari
bо‘limining о‘rtasida joylashtirilgani maqul. Odam va uning salomatlik kursini
о‘qitish protsessida uchastkadan foydalanish mumkin. Chunonchi VIII sinfda
170
о‘quvchilar ustidan ularning mehnat faoliyatida alohida kuzatishlar olib borish
mumkin. Maktab uchastkasida tо‘g‘ri va notо‘g‘ri ritmda ishlaganda charchash
darajasini hisobga olish mumkin.Uchastkada yopiq joy bо‘lishi zarur, uning ostida
о‘quvchilar yomg‘ir yog‘ayotgan vaqtda yashirinadilar kuzda esa о‘simliklarni
quritish uchun foydalaniladi. Maktab uchastkasida asboblarning saqlanadigan
asboblar ombori bо‘lishi shart, u yerda belkurak, metin hashkash, arra, bolg‘a, bog‘
qaychisi bо‘lishi shart. Uchastkadagi ishlar о‘quvchilarga tashkilotchilik,
jamoatchilik
kо‘nikmalarini,
mehnat
madaniyatini
estetik
tuyg‘ularini,
о‘simliklarni kо‘paytirish bilan tabiatni qayta ishlab chiqarishni kо‘nikmalarni
tarbiyalash kerak. Maktab uchastkasida maktabda о‘rganiladigan о‘simliklar: dala
poliz, rezavor-meva, manzarali va yovvoyi о‘simliklar bо‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |