O’zbekiston Respublikasi Xalq


Tirik tabiat burchagini jihozlash



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/125
tarix28.11.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#167014
növüУчебное пособие
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

Tirik tabiat burchagini jihozlash.
Tirik burchakni tashkil etishda ba’zi bir 
zarur jihozlarni ham nazarda tutish lozim. Birinchi galda о‘simliklarni qо‘shimcha 
yorug‘lik ta’sirida о‘tkaziladigan tajribalarni ta’minlash kerak. 
Buning uchun burchak qо‘shimcha yorug‘lik manbalari bilan ta’minlanishi 
kerak. Agar tirik burchakda harorat past bо‘lsa, unda yorug‘lik kamerasi bо‘lishi 
kerak. Bu yetarli darajada yorug‘lik berishi, haroratni kо‘tarish yoki pasaytirishga 
imkon berishi, shu haroratni saqlab turishi kerak. 
Qish о‘rtasida yorug‘lik kamerasini tirik burchak jihozlari qatoriga 
kiritilishi, yorug‘sevar va issiqsevar о‘simlik ustida turli tajribalar о‘tkazishga 
imkon beradi. Havo namligini saqlash uchun о‘simliklarga pulverizatorda suv 
purkaladi. Namlik kamerasi uchun terrariumdan foydalanish mumkin.
Buning uchun terrarium ostiga qum solinadi va gul tuvakchalar past – baland 
qilib qо‘yiladi. Ularga namda о‘sadigan о‘simliklar mox va boshqalar о‘tkaziladi. 
O’rtaga suv yig‘iladigan chuqurcha qilinadi yoki suvli vannacha qо‘yiladi. 


166 
Qalamchalar uchun tо‘rtta oynak qо‘yilgan, tuproq yoki qum bilan 
tо‘ldirilgan va burchaklari yopishtirilgan shisha yashikcha tarzida namlik kamerasi 
yoki parnikcha yasash mumkin. 
Zamburug‘, bakteriyalar kolloniyasini о‘stirish bо‘yicha qator tajribalar 
uchun qorong‘ulik kamerasi kerak. Bu kameraning ichi qora rangga, tashqi tomoni 
esa xona mebellari rangida bо‘ladi. Gidrofitlarni akvarium yoki bankalarga 
joylashtiriladi. Buning uchun banka ostiga bir oz tuprok, 2 sm qalinlikda torf qum 
solinadi.
Tirik tabiat burchagida har –xil hayvonlarni saqlash uchun akvarium
terrarium, volera va qafaslar zarur. suv havzalarida yashovchi hayvonlar ustida 
kuzatish olib borish uchun maktabda akvariumlar va tiniq shishali bankalar bо‘lishi 
zarur. Terrariumlarni suvda ham quruqda ham yashovchilarni, sudralib 
yuruvchilarni ekalogiyasini hisobga olgan holda saqlash uchun о‘rnatiladi.
Qushlar va sut emizuvchilarni saqlash uchun har-xil kattalikdagi qafaslar 
bо‘lishi kerak. 
Shunday qilib tirik tabiat burchagining tarkibi va undagi ishlarning mazmuni 
barcha biologik kurslar bо‘yicha ta’lim – tarbiya ehtiyojlari bilan belgilanadi. 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin