Pul jamg’arma vositasi.
Pulning bu funktsiyasi sotish va sotib olish
jarayoniga zarurat bo’lmagan holda yuzaga keladi. Agar tovar ishlab chiqaruvchi
tovarni sotgandan keyin uzoq vaqt davomida boshqa tovar sotib olmasa pul muomala
va to’lov oborotidan chetlashadi. Yig’ilgan pullar jamg’arma vositasi funktsiyasini
bajaradi. Tovar ishlab chiqarish va muomala jarayoni pulni jamg’arishga imkoniyat
yaratadi. Jamg’arma ikki yo’nalishda yuzaga kelishi mumkin. Maqsadli jamg’arish
yoki umuman jamg’arish. Shunaqa jamg’armalar borki, aniq bir mo’ljal bo’lmagan
holda yig’ib boriladi, maqsadli jamg’armada odamlar mashina, asbob-uskuna, uy joy
sotib olish yoki boshqa ma’lum maqsadni amalga oshirish uchun mablag’
jamg’aradilar.
Pulning jamg’arma vositasi funktsiyasi pulning pul oborotidan chiqib ketishiga
olib keladi. Jamg’armada pul pul oborotining qaysidir kanallarida turib qoladi va
22
natijada u mavjud oborotdan ajralib ma’lum vaqtgacha oborotga qaytib tushmasligi
mumkin.
Pulning jamg’arma va boylik to’lash vositasi funktsiyasi pul muomalasini
stixiyali ravishda boshqarib boradi. Tovar ishlab chiqarish hajmining uzluksiz
o’zgarib turishi, pul massasining doimiy o’zgarib turishiga olib keladi. Qimmatbaho
metallar, buyumlarning muomalaga kelib-ketib turishi, pul massasining hajmini
ushlab turishi, pul muomalasi kanallarida pul oqimi ko’payib ketishining oldini olishi
mumkin.
Pulning muomala vositasidan chiqib jamg’armaga aylanishi va jamg’armaning
muomala vositasiga aylanishi pul tizimini muvozanatda ushlab turuvchi zaruriy shart
hisoblanadi.
Pulni jamg’arishga undaydigan omil-uning maxsus tovar, umumiy
ekvivalentligi ya’ni, boshqa barcha tovarlarga xohlagan vaqtda almashtirish
mumkinligidadir. Pulga sifat va son jihatdan yondashish mumkin. Chunki pulning
sifati, soni bor. Pulning sifati cheksiz bo’lishi, ya’ni pulni zarur bo’lganda xoxlagan
tovarga aylantirish imkoniyati mumkinligida o’lchansa, son jihatdan, albatta, pul
summasi cheklangan bo’lishi mumkin, chunki unga cheklangan miqdorda tovar sotib
olish mumkin. Demak, pulning sifat jihatdan cheklanganligi bilan son jihatdan
cheklanmaganligi o’rtasida qarama-qarshilik bor. Mana shu qarama-qarshilik pulni
jamg’arishga, pul qancha ko’p bo’lsa, uni yanada ko’paytirishga intilishga olib
keladi. Jamg’arma funktsiyasi pul muomalasida asosiy bo’lmasa-da, uni olib borishda
katta ahamiyatga ega.
Jamg’arish, xazina to’plash qiymatning qotib qolishiga olib keladi. Xazina
to’plash vositasi rolini tarixan oltin, keyinchalik boshqa qimmatbaho metallar, toshlar
o’ynab kelgan va hozirgi kunda ham shu tovarlar boylik (pul) sifatida jamg’arilib
kelinmoqda. Xazina sifatida oltin yoki boshqa qimmatbaho metall, toshlarning roli
rivojlangan mamlakatlarda deyarli yuqori emas, chunki mamlakat iqtisodiy jihatdan
barqaror bo’lsa, pulni biror qimmat baho metallga qo’yib qotirib qo’ygandan ko’ra,
unga davlat yoki korporatsiyalarning qimmat baho qog’ozlarini sotib olib, ulardan har
yili daromad ko’rgan ancha qulay hisoblanadi.
23
Tadqiqotlar shuni ko’rsatganki, 100 biznesmendan faqat 4 tasi o’z pulini to’g’ri
jamg’arib boyib kelar ekan. Qolganlari bo’lsa pulni topadi, lekin qanday jamg’arish
yo’lini bilmasdan uni yo’qotarkan.
Bozor iqtisodi yuksak rivojlangan mamlakatlarda pul mablag’ini qo’yidagi
aktivlarga qo’yish afzal hisoblanadi.
Birinchidan, davlatning qimmatbaho qog’ozlari, ya’ni uzoq muddatli
obligatsiyalar, qisqa muddatli veksellarga qo’yish. Davlatning qimmatbaho
qog’ozlari kafolatlangan bo’ladi va ularning bahosi kamdan-kam hollarda o’zgaradi.
O’zgarganda ham sezilarsiz miqdorda o’zgaradi. Shuning uchun ham davlat
qimmatbaho kog’ozlari yuqori likvidlikka ega bo’ladi;
Ikkinchidan, sanoat korxonalari va korporatsiyalarning qimmatbaho qog’ozlari,
ya’ni aktsiya va obligatsiyalariga qo’yish;
Korporatsiya,
korxonalarning aktsiya, obligatsiyalarining ishonchliligi davlatnikiga nisbatan
kam bo’lishi mumkin. Chunki ularning bahosi u yoki bu sabab bilan tushib ketsa,
qo’yilgan mablag’ ko’zlangan natijani bermasligi mumkin.
Agar mablag’ iqtisodiy barqaror korxonalarning qimmatbaho qog’oziga
qo’yilsa u davlatning qimmatbaho qog’oziga nisbatan yuqori daromad keltirishi
mumkin.
O’zbekiston sharoitida korporatsiya, assotsiatsiya, korxonalarning qimmatbaho
qog’ozlarini chiqarish, ularning ikkinchi sotilish bozorini vujudga keltirish va
rivojlantirish bo’yicha ancha ishlar amalga oshirilmoqda.
Yoozirgi vaqtda qimmatbaho qog’ozlar bozorini rivojlantirish va
takomillashtirish dolzarb vazifa hisoblanadi va bu jarayon O’zbekiston iqtisodini
rivojlantirishning asosiy dastaglaridan biri bo’lib qoladi.
Uchinchidan, pulni qimmatbaho, noyob buyumlarga, san’at asarlarlariga
qo’yish yo’li bilan jamg’arish.
Bu usulda iqtisodning ijobiy va salbiy tomonlarga o’zgarishiga qaramasdan
buyumda ifodalangan qiymat o’zini yo’qotmaydi. Agar davlat barqaror iqtisodga ega
24
bo’lib, bozor munosobatlari yaxshi rivojlangan bo’lsa, bu aktivlarning likvidligi
uncha yuqori bo’lmasligi mumkin.
Pul yuqori darajadagi likvidlilikka ega bo’lgani uchun, uni xohlagan vaqtda,
xohlagan to’lovni to’lashga yo’naltirilishi mumkinligi uchun, u nominalini
o’zgartirmasligi uchun pul jamg’arma va xazina to’plash funktsiyasini bajaradi. Pul
jamg’armasi boylikning bir shakli hisoblanadi. Kishilar boylikni faqat pul shaklida
emas, boshqa shakllardan - masalan, uy-joy, er, mashina, asbob-uskuna, aktsiya,
obligatsiya va boshqa shaklda ham mujassamlashtirishi mumkin. Boylikning bu
shakllarida likvidlilik darajasi pulga nisbatan (agar inflyatsiya bo’lmasa) past bo’ladi
va ularning narxi ham o’zgarishi mumkin. Er, uy-joy, asbob-uskuna, qimmatbaho
kog’ozlarni pulga aylantirmasdan turib biror to’lovni qoplash uchun yo’naltirib
bo’lmaydi. Pulni bo’lsa xohlagan paytda turli to’lovlarni qoplash uchun yo’naltirish
mumkin.
Inflyatsiya sharoitida pulni jamg’arish xohlagan rejani amalga oshirishga
imkon bermasligi mumkin. Chunki jamg’ariladigan pullar o’z qadrini bir necha marta
yo’qotib boradi va unga ishonch yo’qoladi. Bu sharoitda milliy pul birliklari
muomala va to’lov vositasi, hamda baholar masshtabi bo’ladi, lekin jamg’arish
vositasi bo’lib barqaror biror chet el valyutasi muomalaga kiradi va pul aktivlari shu
valyutalarga almashtiriladi. Shu holni 50-yillarda janubiy Koreyada, 70-yillarda
Isroilda, hozirgi kunlarda MDYo davlatlari amaliyotida ko’rish mumkin.
Odatda, pul barcha funktsiyalarini bir vaqtda ketma-ket bajarishi mumkin.
Ba’zida mamlakatdagi iqtisodiy, siyosiy barqarorlikka qarab, pulning funktsiyalari
bir-biridan ajralib qolishi ham mumkin. Masalan, 40-yillarda Xitoyda tovarlar bahosi
AQSh dollarida aniqlangan, hisob kitoblarda, tovar sotish va sotib olishda Xitoy
valyutasi qo’llanilgan. Xuddi shunday hol giperinflyatsiya davrida Isroilda,
Argentina, Meksika, kabi mamlakatlarda joriy qilingan. Bu mamlakatlarning milliy
valyutasi muomala va to’lov vositasi sifatida ishlatilgan.
25
Adabiyotlarda
1
pulning jaxon puli funktsiyasi to’g’risidagi g’oyani ham
uchratish mumkin. Bu funktsiyani biror valyutaga bog’lab qo’yish to’g’ri deb
bo’lmaydi.
Agar biz tarixga e’tibor beradigan bo’lsak, tashqi savdo, xalqaro aloqalar,
xalqaro kredit munosabatlarining rivojlanishi jahon puli sifatida oltinning
qo’llanilishiga olib kelgan. 1867 yilda Parijda qabul qilingan kelishuvga asosan oltin
davlatlar o’rtasida yagona pul (jahon puli) sifatida qabul qilingan. 1922 yilda
Genuyada o’tkazilgan konferentsiyasidagi valyuta bitimiga asosan AQSh dollari va
Angliya funt sterlingi oltinning o’rinbosari sifatida e’lon qilindi va xalqaro
to’lovlarda qo’llanila boshladi. 1944 yildagi Brettonvud konferentsiyasidan keyin
jahon puli funktsiyasi oltinda qoldirilgan holda, xalqaro to’lovlarda AQSh dollaridan
ko’proq foydalanishga imkoniyat berildi. Dollarni oltinga almashtirish bo’yicha
dollar kursi belgilandi va 35 dollar 31,1 gr. oltinga teng deb qabul qilindi.
Keyinchalik har xil valyuta bloklari, valyuta kliringi tashkil qilindi. 70-yillardan
boshlab xalqaro to’lovlarda XVF tomonidan kiritilgan maxsus hisob va to’lov birligi
SDR (Special Dzawind Ridts) qo’llanila boshlagan.
1971 yilda SDRning oltin miqdori AQSh dollarinikidek 0,888 671 gr. oltinga
teng deb belgilangan. Dollar devolvatsiya bo’lganidan keyin, 1974 yil 1 iyuldan
boshlab SDR qiymati 16 davlat valyutasining o’rtacha kursi, keyinchalik etakchi besh
mamlakat valyutasi kursi bo’yicha aniqlanadigan bo’ldi.
1979 yil martdan boshlab Evropa valyuta tizimiga kiruvchi mamlakatlarda
xalqaro hisob-kitoblarni olib borish uchun xalqaro hisob birligi -EKYu (Europen
Currencu Unit) qo’llaydigan bo’lishdi. EKYu - bu a’zo mamlakatlar banklaridagi
schetlariga yozib qo’yiladigan hisob birligi. Iqtisodchilarimiz o’rtasida pulning jahon
puli funktsiyasi mavjud deyuvchilar, biz yuqorida qisqacha ta’riflagan valyuta
kliringi, SDR, EKYu kabi to’lov vositalariga jahon puli sifatida qaraydilar. Lekin
SDR, EKYu lar asosan to’lovlarni amalga oshirishda qo’llaniladi. Bu jarayon esa
Drobozina L.A. Finansi, denejnoe obrashchenie, kredit. M.: «Finansi» 1997 g. s. 23.
Jukova E.F. Obshchaya teoriya deneg i kredita. M.: «Yuniti» 1995 g. s. 79.
26
pulning to’lov vositasi funktsiyasida o’z aksini topadi. Bu holda to’lov jarayoni
mamlakat ichidagi emas, davlatlararo munosabatlarni o’z ichiga oladi.
27
|