Jami pul massasining dinamikasi
(chorak davomida % usish)
300
250
200
150
100
50 0
1
2
3
4
1993
1995
1996
Pul massasining turli xil ko’rsatkichlarini ishlatish pul muomalasi holatini
tahlil qilishga turli tomonlardan yondashishga imkon beradi.
Mamlakat miqyosida pul massasi hajmining o’zgarishi muomaladagi pul
massasining o’zgarishi natijasi va pulning aylanish tezlashganligi natijasi bo’lishi
mumkin.
Pulning aylanish tezligi - pul muomala vositasi va to’lov vositasi sifatida amal
qilgandagi uning harakat ko’rsatkichidir. Uni miqdorini hisoblash qiyin, shuning
uchun uni hisob-kitob qilishda bilvosita ma’lumotlardan foydalaniladi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda asosan pul aylanish tezligi o’sishining
ikki ko’rsatkichi hisoblanadi:
- daromadlar aylanma oborotida pulning muomalada bo’lish tezligi
ko’rsatkichi. Bu ko’rsatkich yalpi milliy mahsulot (yamm) yoki milliy daromadning
pul massasiga, aniqrog’i M-1 yoki M-2 pul agregatiga nisbati bilan aniqlanadi. Bu
ko’rsatkich pul muomalasi va iqtisodiy rivojlanish jarayoni orasidagi o’zaro
aloqadorlikni ko’rsatadi;
47
1994
1994
- to’lov oborotida pulning aylanuvchanlik ko’rsatkichi. Bu ko’rsatkich joriy
bank schyotlari bo’yicha o’tkazilgan mablag’lar yig’indisining pul massasi o’rtacha
qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi.
Pulning aylanish tezligining o’zgarishi umumiqtisodiy (iqtisodiyotning tsiklik
rivojlanishi, iqtisodiy o’sish, narxlar su’ratlari), to’la monetar (to’lov oboroti tarkibi,
kredit operatsiyalari va o’zaro hisob-kitoblarning rivojlanishi, pul bozorida foiz
stavkalarning darajasi va h.k. lar) omillariga bog’liq.
Pul aylanishining tezlashuviga metall pullarning kredit pullar bilan
almashtirishishi, o’zaro hisob-kitoblar tizimining rivojlanishi, banklar ishiga EYoM
ning kiritilishi, pullik hisob-kitoblarda elektron vositalarining ishlatilishi yordam
beradi.
Pul qadrsizlangan hollarda iste’molchilar pullarining to’lov qobiliyatini saqlab
qolish uchun tovarlar ko’proq xarid qiladilar. Bu esa pul aylanishini tezlashtiradi.
Boshqa ko’rsatkichlar o’zgarmas bo’lganida pul aylanishining tezlashishi pul massasi
oshishini bildiradi.
Tayanch so’zlar
pul oboroti;
to’lov talabnomasi;
naqd pul oboroti;
to’lov topshiriqnomasi;
naqdsiz pul oboroti;
veksel;
to’lov oboroti;
chek;
tovar operatsiyalari;
pul muomalasi;
tovarsiz operatsiyalari;
pul massasi;
hisob-kitob;
pul agregatlari;
memorial order;
hujjatlar aylanishi;
inkasso topshirig’i;
plastik kartochkalar;
akkreditiv;
elektron pullar.
48
|