tashkilotlarning schyotlari, davlat sug’urta mablag’lari, uzoq muddatga kreditlash
fondi) dagi mablag’lar tijorat banklariga qo’yilmalar va jamg’arma banklaridagi talab
qilib olinadigan depozitlarning yig’indisiga teng;
M-2 agregati - M-1 agregati va jamg’arma
banklaridagi muddatli
qo’yilmalardan iborat;
M-3 agregati - M-2 agregati hamda depozitli sertifikatlar va davlat zayom
obligatsiyalari yig’indisidan iborat.
Pul massasi tarkibini uning harakatiga qarab ikkiga bo’lish mumkin, ya’ni pul
massasining aktiv qismi - bu pul mablag’larining xo’jalik faoliyatidagi turli xil
shakldagi hisob-kitoblarni olib borish bilan bog’liq qismi va ikkinchisi passiv qism -
jamg’armadagi pullar va schyotlardagi qoldiqlar hisoblanadi.
Pul massasi naqd pullardan tashqari muddatli schyotdagi mablag’ va
jamg’armalarni, depozit sertifikatlari, investitsion fondlarning aktsiyalarini o’z ichiga
oladi. Pul massasining yuqoridagi elementlari «kvazi»
- qariyb pullar deb ham
yuritiladi. Kvazi - pullar likvid aktivlar bo’lib, ular tez orada pulga aylanishi mumkin.
O’zbekistonda pul massasi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat.
M
0
- naqd pullar;
M
1
- M
0
q schyotlardagi pul qoldigi q mahalliy byudjet mablag’lari q byudjet,
jamoa va boshqa tashkilot mablag’lari;
M2 -M1 q Yoalq bankidagi muddatli jamg’armalar;
M3 - M2 q sertifikatlar q maqsadli zayom obligatsiyalari q davlat zayom
obligatsiyalari q xazina majburiyatlari.
Pul agregatlari M1 va M2 ning bir-biridan farqi M2 ning o’z tarkibiga yaqin
orada pulga aylanishi mumkin bo’lgan «kvazi» - qariyb pullarni olishdadir.
O’zbekistonda oxirgi yillarda pul agregatlari hisob qilinadigan bo’ldi.
1995 yilda nominal pul massasi M2 pul massasining 1994 yildagi o’sish
darajasidan 1,5 marta kam bo’lgan. Markaziy bank tomonidan inflyatsiyaga qarshi
olib borilayotgan chora - tadbirlar natijasida pul massasini o’sish sur’atlari
qisqarib
bormoqda. 1996 yilning birinchi yarimida pul massasining o’sishi 1995 yilning
46
birinchi yarim yilligiga nisbatan 7,6% hisobida va 1994 yil darajasidan 2 barabarga
kam bo’lgan.
1996 yil boshida muomalaga naqd pul chiqarish hajmi 1995 yildagi 20,7%
o’rniga 15,8% ni tashkil qilgan.
1 - diagramma
Dostları ilə paylaş: