Ular jamiyat boyligi mehnat natijasida vujudga keladigan moddiy va ruhiy
qadriyatlar yig’indisi ekanligini tushuna olmadilar. Ilk metallik nazariyasi
targ’ibotchilari savdo burjuaziyasi manfaatlarini himoya qilib chiqqan edilar.
XVIII asr oxiri va XIX asrning birinchi yarimiga
kelib sanoat burjuaziyasi
manfaatlarini qondira olmagan metallik nazariyasi o’z mavqesini yo’qotdi. Ammo
XIX asrning ikkinchi yarimiga kelib nemis iqtisodchisi, tarixiy maktab vakili K.Knis
(1821-1898 y.) bu nazariyani himoya qilib chiqdi. Bu g’oyaning qayta tiklanishiga
1871-1873 y. da Germaniyaga kiritilgan oltin tanga standarti sabab bo’ldi. K.Knis
targ’iboti metallchilar nazariyalarini yangi sharoitga moslashtirdi. Knis pul sifatida
faqatgina
metallni emas, balki markaziy bank banknotalari ham e’tirof etdi. Bu
paytga kelib xo’jalikda asosiy rolni kredit o’ynay boshladi va bu oltin monetalar bilan
birga muomalada bo’lgan va ularga almashtiriladigan banknota emissiyasining
asosini tashkil etdi. K.Knis banknotalarni tan olgan holda hech nima bilan
ta’minlanmagan qog’oz pullarga qarshi chiqdi. Uning fikricha pul muomalasi metall
bilan ta’minlangan banknotalar va metall monetalarga asoslanishi shart. Qog’oz
pullar
uning fikricha, xuddi «qog’oz bulka» kabi ma’nosiz narsadir. K.Knis
ta’kidlashicha oltin o’z tabiatiga ko’ra puldir.
Birinchi jahon urushidan so’ng metallizm tarafdorlari oltin moneta standartni
qayta tiklash mumkin emasligini tan olib o’z nazariyalarini himoya qilish maqsadida
oltin quyma standart va oltin deviz standartga asoslangan banknota ishlab
chiqarishini yoqlab chiqdilar.
Dostları ilə paylaş: