Demak, tovarlar bahosi hamisha pul miqdoriga to’g’ri proportsional bo’ladi.
Yoaqiqatda esa yangi oltin va kumush konlarining ochilishi bilan bu metallar kamroq
ijtimoiy mehnatni o’zlarida aks ettira boshladilar.
Shunday qilib, miqdoriy nazariya vakillarining fikrlari shunda ediki: pulning
sotib olish qobiliyati xuddi baho kabi (yangi tovar bahosi kabi) bozorda aniqlanadi;
muomalada barcha chiqarilgan pullar bo’ladi; pulning sotib olish qobiliyati pul
miqdoriga teskari proportsional va baholar o’zgarishi pul miqdoriga to’g’ri
proportsional.
Miqdoriy nazariya pulning faqat muomala vositasi ekanligini ko’ra oldi, xolos.
Ular ta’kidlashicha pul va tovar massalarining to’qnashishi
natijasida baholar
belgilanadi va pulning qiymati aniqlanadi. K.Marks Yumni tadnqid qilib, uning
asosiy xatosi shundaki, u «pul muomalaga kirayotganda qiymatga ega emas, tovar esa
bahoga ega emas» degan noto’g’ri taxminda edi» deb yozgan edi.
Ularning ikkinchi xatosi shunda ediki, ular
hamma pul massasi faqat
muomalada bo’ladi deb qarashgan. Aslida qiymat qonuniga muvofiq muomala uchun
zarur bo’lgan pul miqdorini aniqlovchi iqtisodiy qonun mavjud. Muomalada bo’lgan
haqiqiy naqd pulga, har qanday pul miqdori emas balki, shu davr uchun zarur
bo’lgan, to’lov
muddati uzaytirilgan, hisob-kitoblar va pul biriklarining aylanishida
band bo’lgan pullar kiradi.
Miqdoriy nazariya xazinaning metall pul muomalasida stixiyali regulyator
ekanligini rad etadi.
79