Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/100
tarix28.11.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#167689
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   100
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003

1. Oltin tanga standarti.
Oltin standarti birinchi marta 18-asrda Angliyada va
19-asrning
oxirlarida boshqa mamlakatlarda joriy etildi. Bu standart oltin monometalizmi deb 
ham ataldi. Oltin tanga standarti oltin standartining ilk ko’rinishidir. Bu standart 
birinchi jahon urushi boshlanishiga qadar hukm surdi.
Oltin tanga standartga xos bo’lgan belgilar qo’yidagilardan iborat bo’lgan: 
tovarlarning baholari faqatgina oltinda o’lchanardi; oltin tanganing muomalada 
bo’lishi; davlat xazinasi tomonidan cheklanmagan miqdorda moneta zarb qilinishi
kredit pullarini ularni nominali bo’yicha oltinga erkin almashtirilishi; oltinni olib
73


kirish yoki olib chiqishning ta’qiqlanmanligi; ichki bozorda oltin moneta va 
banknotalar bilan birga haqiqiy qiymatga (ya’ni, to’la haqiqiy qiymatga) ega 
bo’lmagan paytda chaqalar va ma’lum kursga ega bo’lgan davlat qog’oz pullarining 
muomalada bo’lishi.
Bu pul tizimi mustahkam pul tizimi bo’lib, inflyatsiyani inkor etar edi. 
Muomala uchun zarur bo’lmagan oltin miqdori yana xazina ko’rinishiga qaytar edi. 
Ammo kapitalizmning krizisi davrida bu muvozanat izdan chiqdi. Ikkinchi jahon 
urushi davrida AQSh dan boshqa urushayotgan davlatlar banknotalarni oltinga 
almashtirishini va oltinni chetga olib chiqishni bekor qilindi. Oltin muomaladan surib 
chiqarilib xazinaga aylantirildi. AQShda esa oltin monetalar 1934 yilga qadar 
muomalada bo’ldi.
2. Oltin quyma standart
Birinchi jahon urushidan keyin 20-yillarda ba’zi mamlakatlarda oltin quyma 
standart joriy qilindi. Bu standartning oltin tanga standartdan asosiy farqi shunda 
ediki, muomaladagi banknotalar 12-12,5 kg. atrofidagi oltin quymalarga 
almashtirilardi. 12,5 kg. lik quymaga banknotani almashtirish uchun Angliyada 1700 
ft. st., Frantsiyada 215 ming fr. talab qilinar edi. Bu bilan oltin muomaladan xalqaro 
oborotga chiqarildi. Ichki oborotda esa bunday imkoniyatga faqatgina yirik firmalar 
va puldorlar ega bo’lib qoldilar xolos.

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin