Devalvatsiya - bu milliy valyuta kursining chet el vayutasiga nisbatan
tushishidir. Pul birligining oltin miqdori belgilangan sharoitda devalvatsiya pulning
oltin miqdorining tushib ketishini anglatgan. Masalan, 1971 yilda AQSh dollarining
oltin miqdori 7,89 % ga, 1973 yil fevralda 10% ga kamaytirilgan. Suzuvchi valyuta
kurslariga o’tgandan keyin devalvatsiya boshqariladigan valyuta kurslari asosida olib
boriladi.
Denominatsiya - baholar
masshtabini yiriklashtirish, yani pul birligidagi «0»
larni qisqartirishdan, pul birligida ko’rsatilgan nominalni kamaytirishdan iborat.
Sovet pul tizimi qaror topa boshlagan davr - 1921 -1922 yillarda ikki marta
denominatsiya o’tkazilgan. Birinchi denominatsiyada muomalaga «1922 yil pul
birliklari» chiqarilgan va ular oldingi pul birliklariga 1000 : 1 nisbatda almashtirilgan.
Ikkinchi denominatsiyada muomalaga «1923 yil pul birligi» chiqarilgan va 1922 yil
pul birligiga» 100 : 1 nisbatda almashtirilgan. Pul denominatsiyasi inflyatsiya
suratlari past bo’lgan sharoitda qulay bo’lishi mumkin.
Agar inflyatsiya suratlari
yuqori bo’lsa, denominatsiya o’tkazish hech qanday samara bermasligi mumkin.
Faqat pul islohotini o’tkazish yo’li bilan pul tizimini barqarorlashtirish mumkin
bo’ladi.
Pul islohotini o’tkazish quyidagi yo’llar bilan amalga oshirilishi mumkin.:
- muomaladagi pul massasini kamaytirish maqsadida, deflyatsiya kursi
bo’yicha eski pullarni yangi pullarga almashtirish:
-
aholi va korxonalarning banklardagi jamg’armalarini vaqtincha (to’liq yoki
qisman) harakatsiz ushlab turish (qotirib qo’yish):
-
ikkala usulni birgalikda qo’llash yo’li orqali pul islohotini o’tkazish: bu usul
xalqaro amaliyotda «shok yo’li» bilan davolash nomi bilan mashhurdir. Bu usul 1948
yilda G’arbiy Germaniyada harbiy davlat boshqaruvidan bozor iqtisodiga o’tishda
qo’llanilgan. «Shok yo’li» bilan davolashda ish haqini to’lashni to’xtatib qo’yish,
ishlab chiqarishni qisqartirish, pul islohotini o’tkazish, ish o’rinlarini qisqartirish kabi
qattiq choralar qo’llanilishi mumkin. Masalan, G’arbiy Germaniyada 1948 yilning
iyun oyida o’tkazilgan pul islohotida aholining nakd pullari va jamg’armalari 6,5
yangi nemis markasiga 100 eski reyxsmarka qilib almashtirildi.
67
Aholining pul jamg’armalarini to’lash vaqtincha to’xtatilgan, keyinchalik faqat 30
foiz atrofida to’langan va har bir kishiga 60 nemis
markasi miqdorida nafaqa
ajratilgan. Natijada davlatning reyxs markasidagi qarzi, mamlakatda bo’lgan
disbalans tugatilgan va shu yo’l bilan inflyatsiyaning o’sish templari to’xtatilgan.
«Shok yo’li» bilan davolash Yaponiyada 1949-50 yillarda o’tkazilgan va u
«Dodj rejasi» degan nomni olgan.
Bu rejaga asosan Yaponiyada inflyatsiyaga qarshi juda qattiq chora-tadbirlar
amalga oshirilgan. Erkin bahoga o’tish bilan bir vaktning o’zida er islohoti o’tkazildi,
byudjet kamomadini yo’qotish yo’llari ishlab chiqildi. Yaponiyada mavjud zarar
bilan ishlovchi korxonalarga davlat tomonidan beriladigan subsidiya bekor qilindi,
korxona, tashkilotlarga kredit berish
shartlari mukammallashtirildi, aholi
jamg’armalari ishlatilmasdan qotirib qo’yildi.
Iqtisodni «shok yo’li» bilan davolash Sharqiy Evropa mamlakatlari -
Yugoslaviya, Polsha kabi mamlakatlarda xam qo’llanilgan. «Shok yo’li» bilan
davolash iqtisodiy siyosati 1989 yilning oxirlarida Polshada ko’lanilgan bo’lib, ish
haqi vaktinchalik kotirib qo’yilgan holda , baholar erkinlashtirilgan. Natijada 1990
yilning boshlariga kelib Polshada tovarlar mo’l-ko’lchiligi vujudga kelib boshladi va
tovarlar bahosining bir necha barabor oshishi natijasida inflyatsiya suratlari
sekinlashishiga erishildi. Polshada bu iqtisodiy tadbirning o’tkazilishi
aholining
yashash sharoitini ancha qiyinlashtirdi va ishsizlar sonini ko’paytirdi.
Dostları ilə paylaş: