Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va


-§. Inflyatsiyaning turlari va toifalari



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/100
tarix28.11.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#167689
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   100
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003

2-§. Inflyatsiyaning turlari va toifalari
Xalqaro amaliyotda bozorda tovarlar va xizmatlar bahosining o’sib borishiga 
qarab inflyatsiyani bir necha turlarga bo’lib qaraladi:

sudraluvchi inflyatsiya. Baholarning o’rtacha yillik o’sishi 5-10% dan oshmaydi. 
Inflyatsiyaning bu turi ko’proq rivojlangan mamlakatlarga xos bo’lib, mamlakat 
iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab baholar oshishi 3-4% atrofida ham bo’lishi 
mumkin. Bu inflyatsiya aksincha ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni 
rag’batlantiruvchi omil sifatida namoyon bo’lishi mumkin. Pulning qiymati 
barqarorligidagi o’zgarish sezilmasligi mumkin.
 

shiddatli inflyatsiya. Baholarning o’rta yillik o’sishi 10-100% (ba’zida 200% 
gacha) bo’lishi mumkin. Inflyatsiyaning bu turi rivojlanayotgan mamlakatlarda 
ko’proq uchraydi.
 

giperinflyatsiya. Baholarning o’sish sur’atlari yiliga 200% dan oshib ketadi. Bu 
inflyatsiya mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining inqirozli davriga mos keladi va u 
iqtisodiyot tarkibiy qismlarining o’zgarishi bilan bog’liq. Yoozirgi davrda XVF 
baholar oyiga 50% dan oshgan vaqtda bu giperinflyatsiya deb qabul qilgan. 
Giperinflyatsiya davrida baholar kun sayin oshib boradi va baholar bilan ish haqi 
o’rtasidagi farq juda yuqori bo’ladi. Aholining yashash sharoiti qiyinlashadi, 
korxonalar faoliyati yomonlashadi. Xo’jalik faoliyati, bozor faoliyatida 
naturallashtirish avj oladi.
 
Inflyatsiyaning kelib chiqish sabablariga qarab uning ikki toifasini ko’rsatish 
mumkin: talab inflyatsiyasi va ishlab chiqarish bilan bog’liq inflyatsiya (taklif 
inflyatsiyasi).
Talab inflyatsiyasi. 
Inflyatsiyaning bu an’naviy turi talab oshib ketganda 
yuzaga keladi. Ishlab chiqarish sohasi aholining talabini to’la qondira olmaydi, 
taklifga nisbatan talab oshib ketadi. Natijada tovarlar bahosi o’sadi. Kam miqdordagi 
tovarlarga ko’p pul massasi to’g’ri keladi.
Talab inflyatsiyaning yuzaga kelish sabablari quyidagilardan iborat.
a)harbiy xarajatlarning o’sishi va iqtisodning militarlashuvi.
54


Yoarbiy texnika sotib olish va boshqa harbiy xarajatlarni qoplash bilan bog’liq 
bo’lgan jarayonlar muomalaga keragidan ortiqcha pul chiqarishning omili 
hisoblanadi.
b) davlat qarzlarning o’sishi va byudjet defitsitining mavjudligi.
Byudjet defitsiti odatda zayomlar chiqarish yoki banknotalar emissiya qilish 
yo’li bilan qoplanadi. Bu o’z navbatida qo’shimcha muomala vositalari bo’lishiga, 
qo’shimcha talab yuzaga kelishiga olib keladi. O’zbekistonda byudjeti defitsitini 
qoplash yuqorilardagidan tashqari 1996 yildan boshlab davlat qisqa muddatli 
majburiyatlarini (DQMO) sotish orqali ham qoplanmoqda.
v) Xalq ho’jaligiga ortiqcha kreditlar berish natijasida muomalada kredit bilan 
bog’liq muomala vositalari yuzaga keladi. Bular tovar va xizmatlarga bo’lgan talabni 
oshiradi.
g) Chet el valyutasining mamlakatga kirib kelishi va uning milliy valyutaga 
almashinuvi natijasida, muomalada pul massasi ortib boradi, milliy pulga nisbatan 
chet el valyutaning qadri oshadi.
d) Xalq xo’jaligining etakchi tarmoqlarini keragidan ortiqcha investitsiyalash 
ham oborotga qo’shimcha pul ekvivalentlarini chiqarishiga olib keladi.
Shunday qilib, talab inflyatsiyasi umumiy talabning o’sishi natijasida baholar 
o’sishi bilan namoyon bo’ladi. Ishlab chiqarish bilan bog’liq (taklif) inflyatsiyasi.
Bu inflyatsiyaning sabablari quydagilar bo’lishi mumkin:
a)
har xil jarayonlar va tarkibiy o’zgarishlar tufayli mehnat unumdorligining 
pasayishi natijasida mahsulot ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar oshadi. Umuman 
xalq xo’jaligi bo’yicha ishlab chiqarish hajmi, binobarin, tovarlar bo’yicha taklif 
qisqaradi va tovarlar bahosi oshadi. Korxonalarning foyda hajmi qisqaradi. 
b)
har xil yangi xizmat turlari paydo bo’ladi ishlab chiqarishga nisbatan kam 
mehnat unumdorligida yuqori ish haqi olishga imkoniyat tug’iladi. Natijada tovar va 
xizmatlarga bo’lgan baho oshib boradi. 
55 


v) aholini sotsial jihatdan himoyalash maqsadida ish haqining oshishi, tovarlar 
bahosining oshishiga olib keladi va yana ish haqi oshadi va h.k. bu zanjir uzluksiz 
davom qilish mumkin.
Inflyatsiyada nafaqat chakana baho, balki ulgurji baho ham oshib boradi. G’arb 
mamlakatlarida inflyatsiyaning asosiy ko’rsatkichi qilib chakana baholarning 
o’zgarishi (oshishi) qabul qilingan. Agar ma’lum davrda baholar ikki marta oshsa, pul 
ham ikki marta qadrsizlangan deb hisoblanadi.
Chakana baholar o’sishini hisoblash maxsus davlat organlari tomonidan 
aniqlanadigan baholar indeksiga asoslanadi. Baxolar indeksini hisoblashning 
boshlang’ich nuqtasi qilib (yuz foiz deb) bazis yili olinadi va joriy yilda baholar 
o’zgarishi, o’rtacha yillik o’sishi sur’ati hisoblanishi mumkin.
Baholar indeksi bu joriy yildagi tovarlar va xizmatlar bahosi yig’indisi, ya’ni, 
tovarlar bozor savati bahosining shu tovar va xizmatlarning bazis yildagi umumiy 
bahosi, ya’ni bozor savati bahosiga nisbati sifatida aniqlanishi mumkin. Yuqoridagi 
fikrni quyidagi formula orqali ifoda qilish mumkin.
х 100
Baholar 
indeksini 
hisoblashda 
iste’mol 
tovarlar bahosining indeksi katta axamiyatga ega. Baholar indeksi turli usullarda 
baholar darajasini solishtirishga imkon beradi. Joriy yildagi baholar indeksining bazis 
yildagi baholar indeksiga nisbatan oshishi - inflyatsiya - «Baholar darajasining 
oshishi» dan, baholar indeksining kamayishi-deflyatsiya-«Baholar darajasining 
kamayishi» dan dalolat beradi.
Aytaylik bazis davr 1990 yil bo’lsin (Baholar darajasi 100% deb olamiz) va 
1997 yilda baho darajasi 350. Demak 1990 - 1997 yillarda baholar 3,50 marta yoki 
250% ga oshgan, yoki 1990 yilda biror tovar 100 so’m turgan bo’lsa, 1997 yilda shu 
tovar 350 so’m turadi.
56 
joriy (1997) yilda bozor savati 
joriy (1997) yilda

Baholar indeksini
bazis yilda aynan bozor savat bahosi 
(masalan 1990 yil)


Iste’mol tovarlar bahosi indeksidan tashqari ba’zi guruh tovarlar va xizmatlar 
masalan, kiyim, oyoq kiyimlar, transport, uy joy xizmatlari va boshqalar bo’yicha 
baholar indekslarini hisoblash mumkin.
Baholar indeksiga asoslanib inflyatsiya sur’atlarini aniqlash mumkin. Buning 
uchun joriy yil baholar indeksidan bazis davr baholar indeksini chegirib, bazis davr 
baholar indeksiga bo’lamiz. Masalan, 1990 yilda ist’emol tovarlarning baho indeksi 
110, 1997 yilda 140 bo’lsa, 1997 yilda inflyatsiya sur’ti quyidagicha aniqlanadi:
140 - 110
х 100 = 27,27% 
Inflyatsiya sur’ati
=
110
Demak, 1997 yilda inflyatsiyaning o’sish sur’atlari taxminan 27,3% teng bo’ladi.
Inflyatsiyaning o’sish sur’atlari to’g’risida gapirganda, uning rivojlanishini son 
jihatdan aniqlanishning boshqa yo’li ham mavjud. Buning usul «70 lar qoidasi» deb 
ataladi. Agar har yili inflyatsiya darajasi ma’lum bo’lsa, baholar ikki karra oshishi 
uchun necha yil kerak ekanligini aniqlash mumkin. Buning uchun «70» ni har yilgi 
inflyatsiya darajasiga bo’lish kerak. Masalan, inflyatsiyaning har yillik darajasi 5% 
bo’lsa, baholar darajasi 14 yildan keyin, ikki karra oshishi kerak. Agar har yillik 
inflyatsiyasi darajasi 20% bo’lsa, baholar darajasi 3 yildan keyin ikki karra oshishi 
kerak.
Shuni ta’kidlash kerakki, bu usul hamma vaqt ham, masalan, inflyatsiyaning 
o’sishi sur’atlari yuqori, (har kuni, oyda o’zgarib boradigan) bo’lsa, qulay 
hisoblanmaydi «70 lar qoidasi» aholi jamg’armalarining, real yoki milliy mahsulot 
hajmining ikki marta oshishi uchun necha yil kerak ekanligini to’g’ri aniqlab berishga 
imkon beradi.
Pulning qadrsizlanish darajasi alohida olingan mamlakatda har xil bo’lishi 
mumkin. Inflyatsiya darajasi rivojlangan mamlakatlarda pastroq va u tez o’tishi, 
iqtisodiy jihatdan kam rivojlangan mamlakatlarda uning darajasi yuqori, surunkali va 
«davolash» ham ko’proq vaqt talab qilishi mumkin. Masalan, 1971 - 1984 yillarda 
baholar o’sishi sur’atlarni oladigan bo’lsak, u rivojlangan mamlakatlarda 4,9% dan 
(Germaniya), 71% (Jazoir) gacha bo’lsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda 8,5% dan
57


(Yoindiston), 153% ga (Argentina) etgan. Inflyatsiyaning namoyon bo’lishi har bir 
mamlakat iqtisodining rivojlanish darajasiga, milliy xo’jalik faoliyatiga va 
xususiyatiga, milliy an’nalariga, mintaqaviy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanish 
xususiyatlariga bog’liq.
Rivojlangan mamlakatlarda inflyatsiyaning sharoit va omillari har xilligini 
hisobga olib uni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin.
Birinchi guruhga rivojlanayotgan Lotin Amerika mamlakatlari - Argentina
Braziliya, Peru kabilar kiradi. Bu davlatlarga surunkali davlat byudjeti defitsiti, 
iqtisodiy muvozanatning yo’qligi asosiy va oborot fondlar qiymatining doimo 
indeksatsiya qilinishi, milliy valyuta kursining chet el valyutasiga nisbatan tushib 
borishi pul qadrsizlanishining omillari hisoblanadi.
Bu mamlakatlarda surunkali byudjet defitsitini emissiya yo’li bilan 
moliyalashtirish natijasida yillik pul qadrsizlanishi bir necha ming foizga etishi 
kuzatilgan.

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin