Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va


-§. Pul funktsiyalarining o’zaro bog’liqligi



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/100
tarix28.11.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#167689
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   100
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003

2-§. Pul funktsiyalarining o’zaro bog’liqligi
Bizning fikrimizcha, pul biz yuqorida keltirgan funktsiyalarni alohida olingan 
davlatda yoki davlatlar o’rtasida bajarishi mumkin. Bu holda biror mamlakatning 
valyutasi jahon puli funktsiyasini bajaradi deb xulosa qilishga o’rin qolmaydi.
Pulning funktsiyalari bir-biri bilan o’zviy bog’liq va ular bir-birini to’ldirgan 
holda pulning mohiyatini to’liq ifoda qiladi.
Pulning asosiy bosh funktsiyalaridan biri qiymat o’lchovi funktsiyasi 
hisoblanadi. Ba’zi chet el va rus iqtisodchilari adabiyotlarida pulning birinchi 
funktsiyasi deb muomala vositasi funktsiyasi, keyin qiymat o’lchovi funktsiyasini 
keltiradilar. Bizning fikrimizcha, pulning funktsiyalari to’g’risida gapirganda
funktsiyalarning ketma-ketligiga e’tibor berish zarur. Pul qiymat o’lchovi 
funktsiyasini bajarmasdan turib muomala, jamg’arma vositasi bo’la olmaydi. Pulning 
qiymat o’lchovi sifatida mustahkamligi uning muomala, to’lov, jamg’arma 
funktsiyalarida roli va ahamiyatini oshiradi.
Tayanch so’zlar
funktsiya;
muomala vositasi;
pul muomalasi;
to’lov vositasi;
pulning funktsiyasi;
jamg’arish vositasi.
qiymat o’lchovi;
O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar
1.
Pulning funktsiyalarini sanab bering. 
2.
Pul qiymat o’lchovi funktsiyasini qanday bajaradi? 
3.
Pulning muomala vositasi va to’lov vositasi funktsiyalarini 
xususiyatlarini ayting. 
4.
Rivojlangan davlatlarda pulning qanday funktsiyalari o’rganiladi? 
5.
Jamg’arish vositasi funktsiyasini hozirgi vaqtdagi dolzarbligi. 
28 
o’ziga xos


III BOB. PUL OBOROTI VA UNING TUZILIShI 
1-§. 
Pul oborotiga tavsifnoma va uning tuzilishi
Naqd pulsiz va naqd pul o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladigan 
to’lovlarning yig’indisi pul oborotini tashkil qiladi.
Xalk xo’jalligi tarmoqlarida yaratilgan tovarlarning barisi pul yordamida ayirbosh 
qilinadi. Pul oborotiga tovar aylanishining pul shaklidagi ko’rinishi deb qarab 
bo’lmaydi. Chunki pul oboroti tovar oborotidan kengroq bo’lib, u tovarning sotilishi 
va sotib olinishidan tashqari, har xil sohalarda mehnatga haq to’lash jarayonini ham 
o’z ichiga oladi.
Pul oborotining sodda sxemasini quyidagicha ifoda qilish mumkin, ya’ni pul 
harakati faqat aholi va korxona, tashkilotlar o’rtasida bo’ladi deb qaraymiz. Bu 
sxemada pul oborotining asosiy ikki omili: bir tomondan tovar va resurslar harakati 
bilan; - ikkinchi tomondan pul harakati ko’rsatilgan. Bu sxemada davlat tashkilotlari, 
moliyaviy bozor, pul bozorlari, eksport va import va boshqa iqtisodiy munosobatlar 
yo’q deb qaralgan. Aholi va korxonalar hech qanday vositachilarsiz, to’g’ridan-
to’g’ri iqtisodiy munosabatda bo’ladilar. Bu sodda sxemada ko’rsatilgan.
1-sxema

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin