Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik


Alisher Navoiy, Abduraxmon Jomiv



Yüklə 6,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/120
tarix28.11.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#168240
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   120
Z. Toxirov - Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik mahorati

Alisher Navoiy, Abduraxmon Jomiv,
Shayxim 
Suhayliy, Husan Ali Tufayli, Osafiy, Binoiy, Sayfiy Buxoriy, Ohiy, 
M uhammad Solih kabi o‘nlab ijodkorlar, llo ja Abdullo Marvariy, 
Qul Muhammad Udiy, Shayx Noyiy, Yusuf Ali, Mulla Yorak
Shohquli G ‘ijjakiy, Xusayn Udiy, Behzod, Shoh M uzaffar kabi 
ko‘plab san’atkorlar tavsif etilib, ular ijodiy faoliyatlariga xolis 
baho beriladi. Xususan, Alisher Navoiy va uning ijodiy-ijtimoiy 
faoliyati to ‘g ‘risida, yaratgan yirik asarlari va yurt obodonchiligi 
yo'lidagi amaliy ishlari, shuningdek, o ‘zaro boshlangan yozishrna 
haqida shunday deyiladi:
“Alisherbek naziri y o ‘q kishi edi. Turkiy til bila to she’r 
aytibturlar, - hech kim oncha ko'p va h o 'b aytqon emas” .
193


“ В.” m uallif she’riyat tarixidan ham chuqur bilimga ega 
ekanligini yaqqol ko'rsatadi. Unda Firdavsiyning “ Shohnoma”, 
Sa’diyning “Guliston” va “ B o‘ston” asarlaridan, Xoja Hofiz 
devonidan iqtiboslar o ‘rin olgan, Nizomiy va Xusrav Dehlaviy 
“Xamsa” lari, Jaloliddin Rumiy masnaviyi, shuningdek, zamondosh 
ijodkorlarning o ‘nlab badiiy asarlaridan namuna keltiriladi, ko‘plab 
tarixiy manbalarga havolalar uchraydi.
“ B.” muallifning podshoh sifatidagi faoliyatinigina emas, balki 
shoir sifatidagi ijodiy faoliyatini ham tadqiq etishda ishonchli 
manbadir.
“B.” 15-a. o‘zbek badiiy nasrining yorqin namunasi sifatida sof 
badiiy lavhalar, jonli tasvirlar, an’anaviy badiiy san’atlar b-n 
jilolangan lirik chekinishlarga boy. Nasriy matn ichida keltirilgan 
she'riy parchalar uning badiiyligini yanada oshiradi, o ‘ziga hos 
joziba bag‘ishlaydi. Butun asar davomida mahorat b-n q o ’llangan 
“ Ishonmagil d o ‘stingga, somon tiqar po'stinga”, “ K o'zlarini tuz 
tutti” , “Muqarrardur: har kim ko‘p aytur - parishon aytur”, 
“Dushman ne demas, tushga ne kirmas”, “El oyoq bila borg‘onda -
biz bosh bila borg‘oybiz, el tayoq bila borg‘onda 
biz tosh bila 
borg‘oybiz”, “Yomon ot bila tirilgandin 
yaxshi ot bila o ‘lgan 
yaxshiroq” kabi xalq maqol-matallari, iboralari, ibratli o'gitlari 
“B”ga alohida fayz va xalqona ruh bagishlaydi.
“B.” dek shoh asar m ubolag'asiz aytish mumkinki, Bobumi 
ijodchi 
sifatida jahonga 
tanitdi 
shu 
asar 
tufayli jahon 
boburshunosligi shakllandi va toborakeng quloch yoymoqdi. “B."
16-a.dan boshlab hoz.gacha dunyoning barcha yetakchi (ingliz, 
golland, fransuz, rus, fors, nemis, italyan, hind, urdu va b.) lillariga 
bir necha marta tarjima qilindi, sharh-izohlar b-n nashr etildi. 
Angliya, Amerika, Fransiya, Rossiya, Hindiston, Pokiston, 
A fg‘oniston, 
Turkiya, 
Yaponiya 
kabi 
o ‘nlab 
rivojlangan 
mamlakatlar olimlari (Vitsen, D.Derbelo, J.Leyden, V.Erskin, 
M .R.Kaldekot, S.Leyn Puul, E.Xolden, Bakye-Grammon, A. Pave 
de 
Kurteyl, 
F.G.Telbot, 
A. 
Denison 
Ross, 
A.S.Bevirij, 
K o‘prulizoda, N.I. Ilminskiy, N.N.Pantusov, N.I.Veselovskiy,
V.Bartold, A.N. Samoylovich, M. Sale, Ahmad Ali K o‘xzod,
194


Abdulxay Habibiy, Zokir Xusayn, Muni L a’l, A.S. Sharmi, R.P. 
Tripatxi, Muxibbul Hasan va b.)ning ilmiy ladqiqotlarida “B.” 
insoniyat yaratgan buyuk qadriyatlar qatorida alohida ta'kidlanadi.
“B.”ning 
jahonga 
mashhur 
b o iish id a, 
asosan 
ingliz 
sharqshunoslarining xizmati katta b o ‘ldi. Yevropadagina emas, 
balki jahonda birinchi to ‘liq nashrini (ingliz tilida) 1826 y.da 
J.Xayden va V.Erskin amalga oshirdi. F. G. Telbot esa mazkur 
nashr asosida 2 marta (1878, 1909 y.) uning qisqartirilgan 
nashrlarini chop ctdi. 1921 y.da esa atoqli ingliz sharqshunosi 
Annel Bevirij xonim “B” ni mustaqil suratda asl nusxadan qayta 
tarjima qildi. Birgina Angliyaning o'zida “B.” tarjimalari 9 marta 
chop etilishi unga qanchali katta e ’tibor qaratilganidan dalolat 
beradi.
“B.”ga, umuman, Bobur ijodi va faoliyatiga jahon miqyosida 
qiziqish tobora ortib bormoqda. Asarning ilmiy-tanqidiy matni 
prof. V.Takston tomonidan Amerikada (Kembrij, 1993 y.) hamda 
ikki jild hajmda, mukammal so‘zlik, ko‘rsatkichlari va sharh- 
izohlar b-n Yaponiyada (Kioto, 1995-96 y.) nashr etildi.
Bundan tashqari, yana shuni ta ’kidlash joizki, garchi “B.” 
salkam 36 yillik voqealar bayonini o ‘z ichiga olgan bo‘lsa-da lekin 
bu voqealar silsilasidan turli sabablarga ko‘ra tushib qolgan 
voqealar umumiy muddati 18 yilga tengdir. Bir o ‘rinda 10-11 y.lik, 
ikkinchi bir o‘rinda 4-5 y.lik va boshqa o ‘rinda 5 oylik uzilishlar 
bor. Mana shu uzilish bo'lgan o ‘rinlarni ingliz sharqshunoslari 
boshqa manbalar (“Tarixi saltanati A fg‘ona”, “Tarixi Rashidiy” , 

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin