Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik



Yüklə 6,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/120
tarix28.11.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#168240
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   120
Z. Toxirov - Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik mahorati

24-m ashq.
1-talqin
M aqolalarda, asosan, audiovizual jurnalistikaning nazariyasi 
va amaliyoti masalalari o ‘z ifodasini topgan.
2-talqin
To plamdan, asosan radioeshittirish hamda telekoisatuvlar 
nazariyasi va amaliyotiga oid maqolalar joy olgan.
25-m ashq.
1-talqin
M aqolalar to ‘plami 0 ‘zbekistonning bugungi teleradiosi, kanal 
va dasturlari hamda jurnalistika nazariyasi, amaliyoti masalalariga 
oid dolzarb muammolar bilan birga jurnalistlar uchun muhim 
b o ig a n ijtimoiy fanlar mavzularini o ‘z ichiga olgan.
2-talqin
To ^ pi am teleradio kanallari, dasturlari, jurnalistika nazariyasi, 
amaliyotining dolzarb masalalariga va jurnalistika ta iim ig a 
aloqador fanlarga oid mavzulardagi maqolalami o ‘z ichiga olgan.
179


26-inashq.
Sarlavhalar
1.Teleko‘rsatuvda boshlovchi mahoratli b o ‘lishi 
tabiiy. 
M uharrir qanday mahoratga ega bo‘lishi kerak?
2.Televideniyeda sharh va sharhlovchi b o ‘lsa, boshqa OAVda 
y o ‘qmi?
3.Radiomuloqot va telcmuloqotning umumiy va farqli jihatlari.
4.Rekreativ ko‘rsatuvlar: mohiyat va tijorat.
5.Telesharhlovchi mahorati.
6.Teledasturlami 
yanada 
takomillashtirish 
bo'yicha 
izlanishlar.
7.Jurnalistika ta’limi va radiojumalistika.
180


EN SIK L O P E D IK A SA R T A H R IR I
M u allif m atni
B oburnom a
Buyuk 
davlat 
arbobi, 
shavkatli 
sarkarda, 
boburiylar 
sulolasining asoschisi, nosir va iste’dodli shoir Zahiriddin 
Muhammad Boburning qomusiy ko‘lamli, tarixiy, ilmiy va badiiy- 
voqeiy asari. Am ir Temur va temuriy hukmdorlarga bag'ishlangan 
“Zafarnoma”, “ Humoyunnoma”, “Akbarnoma” kabilarga taqlidan 
hamda mohiyatiga k o ‘ra muallifning boshidan kechirmishlarini 
tarixiy aniqlik bilan yilma-yil va tartibli qayd etilishidan shartli 
“Boburnoma” nomi bilan jahonda shuhrat tutgan.
Avvalida “Tuzuki Boburiy”, “Voqeoti Boburiy”, Tabaqoti 
Boburiy”, “Tavorixi Boburiy” kabi turlicha nomlar bilan yuritilgan. 
Boburga kichik zamondosh asami oqqa ko‘chirgan kotib uni 
“Boburiya” deb, Gulbadanbegim esa “Voqeanoma” deb ataganlar.
Boburning o ‘zi asariga nisbatan “V aqoe” ’ va “Tarix” 
nomlarini ishlatgan. Ruboiylarining birida o ‘z shaxsiy hayoti, 
k o ‘rgan-bilganlarini va ruhiy kechinmalari bayon etilishini 
ta’kidlab shunday yozadi:
Bu olamda ajab alamlar koi'dum ,
Olam elidin turfa sitamlar k o id u m ,
H ar kim bu “V aqoe” ’ni o'qub - bilgavkim,
Ne ranju ne mehnatu ne g ‘amlar ko‘rdum.
Chindan ham, asar, avvalo, buyuk tarixiy shaxsning boshidan 
kechirganlarining jonli bayonnomasi b o iib , unda ibratomuz 
voqealarga boy va nihoyatda murakkab hayotining eng muhim 
sahifalari, parvoz va inqirozlar, zafar quvonchi va m ag‘lubiyat 
alamlari, erishgan shon-u shavkat, shod-u xurramlik va yuzlangan 
xor-u zorlik, qayg‘u-tashvishlar sovuqqonlik bilan haqqoniy 
yoritilgan. “ Bobumom a”da muallifning o ‘z jonli siymosi butun 
ulug‘vorligi va salobati bilan, ayni zamonda, butun murakkabligi 
va ojiz belgilari bilan o ‘quvchi ko‘zi oldida ravshan gavdalanadi. 
U qomusiy bilim sohibi, o'tm ishning ilmiy-badiiy inerosini chuqur
181


o ‘zlashtirgan, joriy hayot g‘ov-to‘siqlari va bosh yo‘nalishlarini 
teran 
idrok 
etuvchi 
komil 
inson; 

shonli 
zafarlardan 
g"ururlanmaydigan 
va 
m agiubiyatdan 
umidsizlanmaydigan, 
nihoyatda faol va tinib-tinchimas sheryurak va g ‘ayratli shaxs; u 
o 'ta samimiy, chinso‘z, nomusli va ochiqyuz, mehribon va o 'm i 
bilan qahrli, beshafqat; u diniy ta ’limotga katta hurmat va to ‘la 
ishonch bilan qarovchi, islomiy e ’tiqodi butun, pok iymonli va ayni 
zamonda, bid’at-xurofatni qat’iy qoralovchi, nodonlik va jaholatni 
ayovsiz fosh etuvchi muboriz; “Boburnoma” muallifi o ‘z 
qimmatini, 
sha’n-u 
shavkatini 
baland 
qadrlaydi, 
yirik 
g‘alabalaridan faxrlanadi va ayni zamonda, qilmishlariga tanqidiy 
nazar bilan boqadi, behuda kekkayish va sun’iy g ‘urur, manmanlik 
va maqtanchoqlik, xudparastlik va takabburlik unga tamoman 
begona.
0 ‘quvchi butun “Boburnoma” davomida o ‘n ikki yoshida 
taxtga o ‘tirgan, katta bobosi sohibqiron Am ir Tem ur kabi kuchli 
davlat tuzish ishtiyoqida b o Llib, dadil siyosiy rejalar tuzgan va 
qat’iylik bilan amalga oshirishga kirishgan, A fg‘onistonm zabt 
etib, Hindistonda buyuk boburiylar saltanaliga mustahkam asos 
sola bilgan donishmand davlat arbobi va ustomand siyosatchi bilan, 
harb ishlarida, qo‘shin tuzish, quroliantirish va boshqarishda o ‘z 
davridan ancha ilgarilab ketgan, urush olib borish usullari va sir- 
sinoatini mukammal egallagan, oz kuchi bilan ko^p sonli raqiblarini 
tor-mor etgan muzaffar va tadbirkor sarkarda bilan yuzlashadi.
Asarda Bobur gul-u gulshan va go‘zallik shaydosi, bahor 
tarovati va hatto “xazon sayri”dan zavq-shavq topuvchi, tabiat 
saxovati va hayot nashidasidan bahramandlikni targ‘ib etuvchi 
hayotsevar va nekbin shaxs sifatida, she’riyat nazariyasi va 
amaliyotining bilimdoni, nozikta’b va iste’dodli shoir, ijod va 
san’at ahlining homiysi sifatida o^quvchi ongiga ko‘chadi. 
“ Boburnoma” da Vatan sog‘inchi, ona yurtni qo'm sash, do‘st-u 
diyor tomon talpinish va chin sadoqat, afg‘on va hind tuprog‘ini 
e ’zozlash va unga samimiy muhabbat tuyg‘ularini ifodalovchi 
lavhalar bilan uyg‘un-omuxta ifodasini topgan. M uallif o 'zi muqim 
o'rnashgan viloyatlarga kelgindi yoki istilochi ko‘zi bilan
182


qaramaydi, aksincha, ko'ngil qo'yadi, mevazdr-u polizlar ochadi, 
bir so‘z bilan aytganda, bunyodkorlik ishlarini amalga oshiradiki, 
bu tarixiy haqiqat “Boburnoma”da qayd etilgan ko'plab daliliar 
bilan isbotlanadi.
Ammo ta ’kidlash lozimki, asar faqat yakka shaxs hayoti va 
ruhiy kechinmalarining tafsiloti emas - m uallif tomonidan 
“V aqoe” ’ (“Tarix”) deb atalishining o ‘ziyoq asarning mazmunan 
keng qamroviga va murakkab qurilmasiga hamda voqeiy-tarixiylik 
y o ‘nalishiga aniq ishora etadi. “Bobum om a” matni hijriy 936 
(milodiy 
1529-30) 
yil 
voqealarida 
Humoyun 
Mirzoning 
xastalanishi ham Boburning valiahd farzandining dardini olish 
evaziga o ‘z jonini tasadduq etishi bayonida yozilgan. “ ... Uch qatla 
boshidan o ‘rgulub dedimki: - “Men k o ‘tardim har ne darding bor!” 
0 ‘shal zamon men o g ‘ir bo‘ldim, ul yengil b o id i. U1 sihhat b o ‘lib 
qo‘pti. Men noxush bo‘lib yiqildim ...”
Demak, asar xuddi shu yilda, voqea-hodisalarni izma-iz qayd 
etish, peshma-pesh qog'ozga tushirish jarayonida yakunlangan. 
Ammo uning qachondan boshlab yozishga kirishilgani biror tarixiy 
manbada qayd etilgan emas. Mutaxassislarning taxminlariga ko‘ra, 
asarning ilk fasllari 1518-19 yillarda afg‘on o ‘lkasida yozila 
boshlagan va 1530- yil o ‘rtalarida hind tuprog'ida oxirgi 
sahifalariga nuqta q o ‘yilgan. Bir qator belgilarga, jum ladan, bayon 
usuliga ko‘ra, Boburning hijriy 899, (milodiy 1483) yildan to 914 
hijriy (milodiy 1508-09) yilgacha kechgan hayot yo'li, k o ‘rgan- 
bilganlari va taassurotlari, o ‘tmishni eslash, xotirotlami tiklash 
asosida yozilgan, deb hisoblaydilar. “Bobum om a”ning bu qismida 
voqea-hodisalar 
bayonida 
muxtasarlik, 
lo ‘ndalik, 
ortiqcha 
tafsilotga berilmasdan umumlashtirishga moyillik seziladi. Hijriy 
925 (milodiy 1519) voqealariga bag‘ishlangan fasldan boshlab, 
aksincha, bayonda mufassallik va o ‘ta aniqlik ustunlik qiladi, har 
bir voqea-hodisani keng sharhlash, kichik nuqta-unsurlarigacha 
tasvirlash old o ‘ringa ko‘tariladi. Ayrim fasllarda voqealar hafta 
kunlari va hatto kunning qismlariga qadar shanba kuni “rajah 
oyining yettisida” ... “odina kuni muharram oyining uchida...”, 
“yakshanba namozi digari..., “tonglasi namozi peshindan so‘ng”,
183


“chorshanba kechasi o g iz ochib” va hokazo, aniq va barcha 
tafsilotlari bilan qog‘ozga tushiriladi.
“Bobumom a”ning asl nusxasi shu kunga qadar topilgan emas. 
Mavjud barcha qoiyozm alarda voqea-hodisalarning yilma-yil 
izchil bayonida bir necha katta-kichik uzilishlar bor. Q oiyozm alar 
matnida, masalan, hijriy 910 (milodiy 1504-05), 915-924 (milodiy 
1509-18), 927-931 (milodiy 1520-24) yillar voqealari tavsiloti 
uchramaydi, hijriy 914 (milodiy 1508) va 926 (milodiy 1520) yil 
voqealari bayoni chala. Uzoq yillar davomida va asosan safar 
noqulayliklari bilan b o g iiq sharoitda yozilganligi, bu jarayonda 
ba’zan noxush hodisalar yuz bergani inobatgaolinsa, “Boburnoma” 
matnidagi bunday uzilish va kemtiklik sa'cablari anglashilgandek 
tuyuladi. Masalan, hijriy 935 (milodiy 1528) yil voqealariga 
bag‘ishlangan faslda Bobur kunlaming kechga yaqin nogahon 
q o ‘zg ‘olgan kuchli shamol 
va boshlangan qa^tiq 
jaladan 
qo‘lyozmaga jiddiy zarar yetganini shunday yozadi:
“Men xirgoh (chodir-A.A.) ichida kilobat (yozish, kitob 
ko‘chirish-A.A) qiladur edim, qog‘oz va ajzoni (jamlant.^gan 
das’hatlar m a’nosida-A.A.) yigishtirguncha fursat b o im ad i _ 
xirgohni peshxona bila-o‘q mening boshim ga yiqti... Kito va ajzo 
g ’arq o i (h o i-A .A .) b o id i. Tashvish bila yigishtiruldi... 
M ashaqqat bila o i yondurub tong otguncha uxlamay, avroq 
(varaqlar-A A.) va ajzoning qurutm ogiga m ashg'ul eduk”.
Ana shunday kutilmagan hodisa va tasodiflar oqibatida 
“Boburnoma” matnining ayrim qismlari o sha yillardayoq yo^qolib 
ketgan b o iish i mumkin.
Qattiq shamol va kuchli jala voqeasidan bir necha hafta ilgari, 
Boburning o Lz guvohligiga ko‘ra, asardan bir nusxa Agradan 
Kobulga jo'natilgan: “X oja Kalon Xoja Yahyoning nabirasi 
mendin bitiyturgan “ V aqoe’”ni tilaydur edi - istiktob (nusxa 
ko‘chiraioq -A .A .) qildurib erdim - Sharhrakdin yiborildi” .
K o'rinadiki, Boburning asar ustida ishlayotgani yaqinlari va 
jamoatchilikka m a iu m b o ig a n va u uzil-kesil yakunlanmagan 
holda ham ayrim nusxalarda tarqalgan. Ehtimolki, Shahrak orqali 
yaqin kishiga yuborilgan matn barcha o in n s h yillar voqealari
184


bayonini jam lagan mukammal nusxa bo‘lgan. Hozirgi nusxalar 
qariyb qirq yetti yil umr ko‘rgan buyuk siymoning faqat yigirma 
ikki yili voqea-hodisalarining bayonini o^zida jam qiladi.
“Boburnoma” o ‘rta asrlarda yaratilgan tarixiy asarlar va 
xotirotlar majniualaridan o ‘zining qator betakror fazilatlari bilan 
ijobiy farqlanib turadi. Bobur bu asarida XV asm ing oxirgi o ‘n 
yilligidan tortib to XVI asming o ‘ttizinchi yillariga qadar 
Movarounnahr, A fg‘oniston, Xuroson va Hindistonda yuz bergan, 
shaxsan o ‘zi faol qatnashgan hamda jonli guvoh bo‘Igan ju d a 
ko'plab tarixiy-siyosiy vaijtim oiy-iqtisodiy voqealargaham , necha 
o ‘nlab yirik tarixiy shaxslar shajarasi, amaliy-ijtimoiy faoliyati, 
inson sifatidagi tabiati, xulq-atvori, nuqson-fazilatlari, qiziqish 
doirasi va farzand-avlodlari tavsifiga ham keng o ‘rin ajratadi.
Asarda Bobuming F atg ‘ona taxtiga o'tirishidan boshlab, 
M ovarounnahrda yagona va kuchli davlat luzish yo‘lida olib 
borgan kurashlari, qudratli va ko‘p sonli Shayboniyxon qo'shinlari 
tazyiqida ona yurtdan A fg‘oniston tomon otlanishga majbur 
boMishi va Kobulda barqaror davlat qurishi, u yerda mamiakatni 
birlashtirish va obodonlashtirish, shuningdek, kasb-u hunar va 
qishloq x o ‘jaligini oyoqqa turg‘izish b o ‘yicha amalga oshirilgan 
tadbirlari birinchi shaxs tilidan dalilli va maroqli bayon etiladi. 
“Boburnoma”da Hindistonni zabt etish inaqsadida bir necha bor 
uyushtirilgan harbiy yurishlarga ham, nihoyat Panipat janglarida 
Dehli 
sultoni 
Ibrohim 
L o‘diyni 
tor-mor 
etib, 
Shimoliy 
Hindistonning qo‘liga kiritilishi va hind o ‘lkasidagi ijtimoiy xayrli 
faoliyatlari tafsilotlariga ham, shu tariqa buyuk boburiylar 
^Itanatiga asos solinishiga ham necha yakunlovchi fasllar 
bag shlangan.
“boburnom a” toMa m a’noda qomusiy qamrovli kamyob 
yodgorlik. Unda, masalan, ijtimoiy-tabiiy fanlaming qator yetakchi 
sohalariga (tarix, falsafa, fiqh, diniy ta’limot, tilshunoslik, 
ju g ‘rofiya, 
tabiatshunoslik, 
m a’danshunoslik, 
dehqonchilik, 
polizchilik va h.) oid nihoyatda aniq va hanuzgacha o ‘z tarixiy va 
ilmiy ahamiyatini y c‘qotmagan ma’lumotlar, asoslangan xuiosalar 
keltiriladi.
185


Asarda bevosita Boburning o‘zi lashkarboshi sifatida 
qatnashgan bir necha katta-kichik janglar manzaralari katta 
mahorat bilan xolisona chizilgan. M uallif o ‘sha davrdagi qo'shin 
tuzilishi, urush taktikasi, jang usullari, qamal holatlari, qurol va 
yarog‘ turlari, qo‘rg ‘onbuzar qurilmalar qatorida ko‘plab harbiy 
atamalarni (bulong‘or, juvongor, g ‘ul, irovulyasol, o ‘ron, “ itl”, 
to ‘lg ‘oma va h.) tegishli izohlar bilan keltiriladiki, bu hoi uning 
harbiy soha tarixi bo‘yicha ham muhim manba sifatida tavsiflashga 
asos beradi. M uallif M ovarounnahr, A fg‘oniston, X uroson va 
Hindistonlar o ‘tmishi va joriy holati, u yerlarda yashovchi turli 
xalqlar va o ‘nlab qabilalar, ularning tili, madaniyati, kasb-u hunari, 
urf-odatlari, 
rasm-rusumlari, 
an'anaviy 
tadbir-marosimlari 
bo‘yicha, shuningdek, o ‘sha jamiyatdagi ijtimoiy tabaqalarga 
tegishli ishonchli m a’lumotlami qiziqarli bayon etadi. Zikr etilgan 
mintaqalardagi Farg‘ona, Andijon, Samarqand, Kobul, Hirot, Agra 
kabi yirik shahar-viloyatlarning ju g ‘rofiy-ma’muriy tuzilishi, 
madaniy hayoti, tumanlari, aholisi, qishloq x o ‘jaligi, daryo va suv 
havzalari, choT-adirlari, tog‘-sahrolari, bog‘u rog‘lanning tavsiliy 
tavsifi qatorida tabiati va iqlimi, hayvonot dunyosi va nabotot 
olami, tabiiy boyliklari haqida “Bobumom a”da jam langan 
m a’lum otlar o ‘z aniqligi va ilmiyligi bilan mutaxassislar diqqatini 
hamon tortib kelmoqda.
“Bobumom a”ning shuhratini olamga yoygan va barcha 
tadqiqotchilar tom onidan beistisno qayd etilgan fazilatlaridan biri 
uning haqqoniyligi, voqeiyligi vatarixan asoslanganligidir. M uallif 
voqea-hodisalarni zikr etish va baholashda, o ‘zini, eng yaqin 
kishilarini, do‘st-u dushman, yor-u raqib bo igan tarixiy shaxslar 
tabiati, xulqi-atvori, faoliyat-amaliyoti va demishlarini bayonida 
nihoyatda halol va odilona zam inda turadi, hech qanday yuz-xotir 
qilmay, q o ‘shmay-bo‘yamay, hayotda-amalda qanday boMsa, 
shundayligicha xolis qog‘ozga tushirildi, ijobiy va salbiy jihatlarini 
boricha tasvirlaydi. Haqqoniylik, hayotiylik va rostbayonlik 
“Bobum om a”ning bosh mezoni bo‘lib, butun asarning ilmiy- 
tarixiy qimmatini belgilaydi. Bobur bu masalaga alohida ahamiyat 
bergan va asarning bir necha o'rm da maxsus ta ’kidlashni lozim
186


k o ‘rgan. 
“Bu bitilganlardan g ‘araz... 
rost hikoyatdurkim,- 
bitibturmen. Bu mastur bo‘lg‘onlardin maqsud o ‘zning ta’rifi emas,
- bayoni voqei bu edikim, tahrir etibturmen. Chun bu “Tarix”da 
andoq iltizom (majburiyat olish, rioya qilish, lozim topish -A .A .) 
qililibturkim, har so‘zning rostini bitilgay va har ishning bayoni 
voqeini tahrir etilgay. Lojaram ota og‘adin har yaxshilig' va 
yom onlig‘kim shoe edi, tahdir qildim va qarindosh va begonadin 
har ayb va hunarkim bayoni voqe’ edi - tahrir ayladim. 0 ‘qig‘uvchi 
m a’zur tutsun, eshitguvchi taarruz maqomidin o‘tsin!”... “Bu 
bitilganlardin maqsad o'zini ortturmoq emas, rosti, bu edikim, 
mastur bo‘ldi” - deb yozadi yana boshqa bir munosabat bilan.
Bobur xuddi ana shu nihoyatda odilona zamindan o ‘z asari 
davomida Movarounnahr, A fg‘oniston va Hindiston siyosiy- 
iqtisodiy, madaniy-ijtimoiy hayotida ko'rinarli faoliyat ko'rsatgan 
necha o‘nlab tarixiy shaxslarga, o ‘z qarindosh-urugiariga, davlat 
arboblari va taxt da’vogarlanga, sarkardalar va bek-hokimlarga, 
kasb-hunar ahli va olim-u fozillarga xolis va tarixan haqqoniy 
munosabat-baho va ta’riflar beradi. O 'quvchi “Boburnoma” 
davomida, masalan, Umarshayx Mirzo, Sulton Ahmad Mirzo
Sulton M as’ud Mirzo, Sulton Mahmud Mirzo, Xusravshoh, Tanbal, 
Uzun Hasan, Ali D o‘st tag‘oyi,Sulton Mahmudxon, Sulton Husayn 
Mirzo, Boysung‘ur Mirzo, Badiuzzamon, 
Ibrohim L o‘diy 
kabilaming har birining shajarasi, avlodi, tashqi gavda-qiyofasi, 
fahm-u idroki, yurish-turishi, xulq-atvori, odat-qiliqlari, bola- 
chaqasi, amaliy-ijtirnoiy faoliyati, jam iyatda tutgan o 'm i va 
boshqa-boshqa 
muhim 
belgi 
jihatlari 
yuzasidan 
muhim 
m a’lumotlar topa oladi, yetarli ta sa w u r hosil qiladi.
Uch katta mintaqada faoliyat ko‘rsatgan Boburga zamondosh 
ijod, san’at va kasb-u hunar ahli, olim-u fuzalolar haqida ham xuddi 
shunday fikrni bildinsh mumkin. “Bobum om a”da Alisher Navoiy, 
Abdurahmon Jomiy, Shayxim Suhayliy, Husan Ali Tufayliy, 
Osafiy, Binoiy, Sayfiy Buxoriy, Ohiy, M uhamad Solih kabi o ‘nlab 
ijodkorlar, X oja Abdullo Marvariy, Qul M uhammad Udiy, Shayx 
Nayiy, Y usuf Ali, M ulla Yorak, Shohquli G 'ijjakiy, Xusayn Uliy, 
Behzod, Shoh Muzaffar kabi ko‘plab san’atkorlar zikr etilib, ular
187


ijodiy faoliyatlariga xolis balio-munosabat bildiriladi. Umuman, 
“B oburnom a’ning adabiyot tarixi bo‘yicha ham muhim manba 
ekanligini, unda adabiyotshunoslik va she’riyat nazariyasiga oid 
qimmatli m a’lumotlar mavjudligini alohida ta ’kidlash lozim. Unda, 
xususan, Alisher Navoiy va uning ijodiy-ijtimoiy faoliyati 
to 'g ‘risida, yaratgan yirik asarlari va yurt obodonchiligi y o iid ag i 
amaliy ishlari, shuningdek, o'zaro boshlangan yozishma haqida 
alohida muliabbat va chuqur ehtirom bilan so‘zlanadi:
“ Alisherbek naziri yo‘q kishi edi. Turkiy til bila to she’r 
aytibturlar, - hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas”, kabi 
lo ‘nda, ammo nihoyatda purma’no yuksak bahosi ilk bor shu 
“Bobum om a”da bitilib, o ‘sha davr va keyingi asarlarda shuhrat 
topgan.
“B obum om a” muallifning o ‘tmish she’riyatdan chuqur 
bilimini namoyish qiluvchi hujjat hamdir. Uning sahifalaridan 
Firdavsiyning “ Shohnoma”, Sa’diyning “Guliston” va “Bo ston” 
asarlaridan, Xoja Flofiz devonidan iqtiboslar o ‘rin olgan, Nizomiy 
va Xusrav Dehlaviy “X am sa’lari, Jaloliddin Rumiy masnaviyi, 
shuningdek, zamondosh ijodkorlaming o ‘nlab badiiy asarlari zikr 
qilinadi, ko'plab tarixiy kitoblarga ishoralar uchraydi.
“Bobum om a” muallifning shoir sifatidagi ijodiy faoliyatini 
tadqiq etishda, ijodiy yuksalish jarayonini yilma-yil kuzatishda 
ham eng ishonchli manbadir. Shuni aytish kerakki, unda Boburning 
“M ubayyin”, Risolai Volidiya” , “Xatti Boburiy” kabi asarlarining, 
“ Topm adim”, “Qoldim u?”, “Yaxshilig1” radifli g ‘azallarining, 
shuningdek, o ‘nlab ruboiy va qifalarining qog‘ozga tushish 
tarixini, yaratilishiga bevosila turtki boMgan hayotiy voqea- 
hodisalarning tafsilotini uchratamiz.
“Boburnoma” ayni zam onda XV asr o'zbek badiiy nasrining 
yorqin namunasi hamdir. Gap shundaki, aslan ko pqatlamli 
qomusiy obida bo'lgan “ B oburnom a’da sof badiiy lavhalar, 
o‘quvchini o ‘ziga maftun etuvchi jonli tasvirlar, a n ’anaviy badiiy 
san’atlar bilan zeblangan lirik chekinishlar kam emas. Nasriy matn 
davomida ko‘plab keltirilgan she’riy parchalar 
ham uning 
badiiyligini oshiradi, aJohida joziba bag‘ishlaydi.
188


0 ‘rta asrlar tarixchilari va xotiranavislariga xos bo‘Igan 
bayonda jim jim adorlik, shaklbozlik va dabdabali ohang, havoiy 
bilimdonlik va nasihatgo‘ylik, murakkab va balandparvoz 
mubolag‘alar, o'xshatish-qiyoslashlar, til g ‘alizligi va ko‘pso'zlik 
“Boburnoma’' uchun batamom begona. Aksincha, u boshdan-oyoq 
xalqchil uslub va samimiy ohangda, nihoyatda sodda va ravon 
yozilgan, uning tili tushunarli, jozibali va shirador. Turli-tuman 
badiiy tasviriy vositalardan, jum ladan, aytishuv-dialog shaklidsn 
mahorat bilan foydalanish, mantiqiy va uslubiy izchi'jik 
“Boburnoma”ning qator o ‘rinlarini 
voqeiy 
badiiy 
hiloyat 
saviyasiga ko‘taradi, zavq va maroq bilan o ‘qilishini ta ’mblaydi, 
bayonga sur’at bag‘ishlaydi. Butun asar davomida ustrjlk bilan 
qo'llagan “ishonmagil do‘stingga, somon tiqar *o‘stingga”, 
“ko‘zlarini tuz tutti”, “Muqarrardur: har kim ko‘p aiiUr - parishon 
aytur”, “dushman ne demas, tushga ne kirma5% “el oyoq bila 
borg‘onda - biz bosh bila borg‘oymiz, el tayoo Mia borg‘onda - biz 
tosh bila borg‘oymiz”, “Yomon ot bil tir ib ^ d in - yaxshi ot bila 
o ‘lgan yaxshiroq” kabi ko'plab maqo-’-matallar, xalq iboralari, 
ibratli o ‘gitlari” alohida fayz va xalejn a ru^ bag‘ishlaydi.
Tabiat manzaralarining, ba’-or go‘zalliklarining, uyg‘onish 
faslining latofati va jonbay-^n fazilatlarining tasvirida, tarixiy 
shaxslamirig tashqi qiyofrsini chizish va ruhiy olamini ochishda 
tarixchi-xotiranavis B^fturdan ijodkor Boburning ustunhgi ko‘zga 
aniq tashlanadi - bunday lavhalar bayonida m uallif iste’dodli adib 
kabi qalam tebratadi
. “Boburnoma” uning niuallifi nomini butun dunyoga mashhur 
etdi, insoniyat tarixida faxrli o ‘rinlardan biriga k o ‘tardi. Hech bir 
mubolag‘asiz aytish mumkinki, avvalo, xuddi shu asar tufayli jahon 
boburshunosligi shakllandi va tobora keng quloch yoymoqda. 
“Boburnom a” 

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin