Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik



Yüklə 6,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/120
tarix28.11.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#168240
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   120
Z. Toxirov - Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik mahorati

Gulbadanbegim
esa 
“Voqeanoma” deb ham ataganlar.
Bobur esa “V aqoe” ’ va “Tarix” degan nomlarni ishlatgan
ruboiylaridan birida shunday yozadi:
Bu olamda ajab alamlar k o ‘rdum,
Olam elidin turfa sitamlar ko'rdum ,
Har kirn bu “V aqoe’”ni o ‘qub - bilgaykim,
190


\
Ne ranju ne mehnatu ne g ‘amlar ko‘rdum.
Lekin asar jahonda “B ” nomi bilan mashhur.
“B.” qachondan yozila boshlagani biror tarixiy manbada qayd 
etilgan emas. Mutaxassislarning fikriga ko"ra, uning ilk fasllan 
1518-19 yillarda A fg‘on o ik a sid a yozila boshlagan va 1530 y. 
o ita s id a Hindistondatugallangan. Bayon usuliga ko‘ra 899 h. (mil. 
1483) y. dan to 914 h. (mil. 1508-09) y. gacha qismini Bobur hayot 
y o li, ko‘rgan-bilganlari va taassurotlari, o ‘tmishini eslash, 
xotiralarini tiklash asosida yozgan, deb hisoblash mumkin. 
“B .”ning bu qismida voqea-hodisalar bayonida muxtasarlik, 
lo iidalik , ortiqcha tafsilotlarsiz umumlashtirish seziladi. 925 h. 
(mil. 1519) voqealariga bag‘ishlangan fasldan boshlab, aksincha, 
bayonda mufassallik va o ‘ta aniqlik ustunlik qiladi. Ayrim fasllarda 
voqealar hafta kunlari va hatto kunning qismlariga qadar: (shanba 
kuni, rajab oyining yettisida..., odina kuni, muharram oyining 
uchida...”, “chorshanba kechasi, og‘iz ochib” va b.) aniq tafsilotlar 
mavjud.
“B.”ning asl nusxasi shu kunga qadar topilgan emas. Mavjud 
barcha qoiyozm alarda voqea-hodisalam ing yilma-yil izchil 
bayonida bir necha uzilish bor. Q o iy ozm alar matnida, masalan, 
910 h. (mil. 1504-05), 915-924 h. (mil. 1509-18), 927-931 h. (mil 
1520-24) y.lar voqealari tafsiloti uchramaydi, 914 h. (mil. 1508) 
va 926 h.(mil. 1520) y. voqealarining bayoni tugal emas. Buning 
sababini Boburning quyidagi so ‘zlaridan anglash mumkin.
“M en xirgoh 
ichida kitobat qiladur edim, qog‘oz va ajzo 
(qo‘lyozmalar)ni yig‘ishtirguncha fursat bo‘lmadi - xirgohni 
peshxonabila-o‘q m eningboshim g‘ayiqti... Kitob vaajzo g ‘arq o ‘l 
(ho‘l) bo‘ldi. Tashvish bila уig‘ishtiruldi... M ashaqqat bila o ‘t 
yondurub tong otg‘uncha uxlamay, avroq (varaqlar) va ajzoning 
qurutm og‘iga m ashg‘ul eduk” .
Ana shunday kutilmagan hodisa va tasodiflar oqibatida “B.” 
matnining ayrim qismlari y o ‘qolgan b o iish i ham mumkin.
“B.” o i l a asrlarda yaratilgan xotirot, tarixiy asarlardan 
o ‘zining 
hech bir adabiy janrga o'xsham agan fazilatlari b-;n 
farqlanadi. Unda 15-a.ning oxirgi o ‘n yilligidan tortib to 16-a.ning
191


o ‘ttizinchi y.lariga qadar Movarounnahr, A fg‘oniston, Xuroson va 
Hindistonda yuz bergan, shaxsan o ‘zi qatnashgan, guvoh bo'lgan 
tarixiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy voqealarga, o ‘nlab yirik tarixiy 
shaxslar shajarasi, amaliy-ijtimoiy faoliyati, tabiati, xulq-atvori, 
nuqson-fazilatlari, qiziqish doirasi, aviodlari tavsifiga keng o ‘rin 
berilgan.
“B.” to‘la m a’noda keng qamrovli qomusiy noyob yodgorlik. 
Unda, 
ijtimoiy-tabiiy fanlar (tarix, falsafa, fiqh, din ta’limoti, 
tilshunoslik, 
jug'rofiya, 
tabiatshunoslik, 
m a’danshunoslik, 
dehqonchilik, bog‘dorchilik va b. ga oid aniq va hanuzgacha o ‘z 
tarixiy va ilmiy ahamiyatini yo‘qotmagan m a’lumotlar, ilmiy 
asoslangan xulosalar keltiriladi.
Asarda 
bevosita Boburning o ‘zi 
lashkarboshi 
sifatida 
qatnashgan bir necha katta-kichik jang manzarasi katta mahorat 
bilan xolisona chizilgan. 0 ‘sha davrdagi qo‘shin tuzilishi, urush 
olib borish, jang usullari, qamal holatlari, qurol-yarog4 turlari, 
q o ‘rg‘onbuzar qurilmalar b-n bir qatorda ko‘plab harbiy atamalar 
(bulong‘ir, juvong‘ir, g ‘ul, xirovul yasol, o ‘ron, “til”, t o i g ‘ama va 
b.)ga 
izohlar 
beriladi. 
Bundan 
tashqari 
Movarounnahr, 
A fg'oniston, Xuroson va Hindiston o'tm ishi va zamonaviy holati, 
xalqlari, qabilalari, ularning tili, madaniyati, kasbu hunari, urf- 
odatlari, rasm-rusumlari, ananaviy tadbir-marosimlari, shuningdek, 
o ‘sha 
davr jamiyatiga 
xos 
ijtimoiy 
tabaqalarga 
tegishli 
m a’lumotlar 
bayon 
etiladi. 
Ayniqsa 
Farg‘ona, 
Andijon, 
Samarqand, Kobul, Hirot, Agra kabi yirik shahar, viloyatlaming 
ju g ‘rofiy-ma’muriy tuzilishi, madaniy hayoti, tumanlari, aholisi, 
qishloq xo‘jaligi, choi-adirlari, tog‘-sahrolari, bog‘u-rog‘lar, 
tabiati, iqlimi, hayvonot va o ‘simliklar dunyosi, tabiiy boyliklari 
haqida mufassal m a’lumotlar beriladi. Bundan tashqari, 15-16-a.da 
Turkiston (M ovarounnahr)da yashagan turkiy qabilalar (qipchoq, 
barlos. m ang‘it, bahrin, do'lday, bekchik, uyg‘ur, ulug‘ yuz, ming, 
dug‘lat, o ‘tarchi, charos, m o ‘g ‘ul, qora quyunli va b.) nomlari, 
ularning urf-odatlari, tirikchilik tarzi, harbiy salohiyati to ‘g ‘risida 
qimmatli m a’lumotlar ham borki, bular hoz. o ‘zbek, turkman,
192


\
qo/.oq, qirg‘iz va b. turkiy xalqlar etnik o ‘tmishini o ‘rganishda 
muhim ilmiy ahamiyatga ega.
‘‘B.”ning jahon tadqiqotchilari 
tomonidan 
tan olingan 
fazilatlaridan biri uning haqqoniyligi, voqeiyligi va tarixan 
asoslanganligidir. Bobur bunga alohida ahamiyat berganligini bir 
necha o ‘rinda maxsus ta’kidlagan. “Bu bitilganlardan g‘araz... rost 
hikoyatdurkim, - bitibturmen. Bu mastur bo‘lg‘onlardin maqsud 
o ‘zning ta ’rifi emas, - bayoni voqei bu edikim. tahrir elibturmen. 
Chun bu “Tarix”da andoq iltizom (majburiyat olish, rioya qilish, 
lozim topish A.A.) qilibturkim, har so'zning rostini bitilgay va har 
ishning bayoni voqeini tahrir etilgay. Lojaram ota, og‘adin har 
yaxshilig' va yom onlig'kim shoe edi. taqdir qildim va qarindosh 
va begonadin har ayb va hunarkim bayoni voqe’ edi - tahrir 
ayladim. 
0 ‘qig ‘uvchi 
m a’zur 
tutsun, 
eshitguvchi 
taarroz 
maqomidin o ‘tsin!”... Haqiqatdan ham. Umarshayx Mirzo, Sulton 
Ahmad Mirzo, Sulton M as’ud Mirzo, Sulton Mahmud Mirzo, 
Husravshoh, Ahmad Tanbal, Uzun Hasan, Ali D o ‘st tag‘oyi,Sulton 
Maxmudxon, 
Sulton 
Husayn 
Mirzo, 
Boysung‘ur 
Mirzo, 
Badiuzzamon, Ibrohim L o‘diy kabilarning har birining shajarasi va 
avlodi, gavda tuzilishi, qiyofasi, fahmu idroki, yurish-turishi, xulq- 
atvori, avlodi, amaliy-ijtimoiy laoliyati, jamiyatda tutgan o ‘rni va 
muhim sifatlari yuzasidan muhim m a’lumotlar keltiriladi.
“B.”da 

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin