63-§.
Badiiy nutq shunday nutqki, muallif, so ‘z san’atkori
undan shunchaki dolzarb infomiatsiyani to ‘g ‘ridan to ‘g ‘ri
yetkazish uchungina foydalanmaydi. Uni shaxslararo munosabat
vositasi sifatida qo'llam aydi: u yordamida kundalik turmushning
muayyan
mavzusini yoritmaydi; unga biror siyosiy, iqtisodiy,
davlat ahamiyatiga molik masalani kundalik maqsadda hal
etishda
kishilar ongiga ta ’sir etish vositasi sifatida qaramaydi. Yozuvchi
kundalik nutqiy muloqot maqsadini k o ‘zlamaydi, balki, ayni mana
shu nutq yordamida badiiy obraz yaratadi.
Badiiy nutqdan ijodkor
go‘yo mavjud narsa, voqea, hodisa,
shaxslar,
aloqa va
munosabatlami, o‘z ijodiy tasavvuri, o ‘z
badiiy hayoloti, o ‘z
dunyoqarashi, orzu-umidlarini bayon etishda foydalanadi. Badiiy
nutq (uslub)ga xos ayrim unsurlar boshqa nutq (uslub)larda uchrab
turadi. Lekin, ular asosiy emas,
balki yordamchi, nutqiy “bezak”
vazifasini o ‘taydi.
Birinchi
bosqichda
o ‘zlashtirilgan
bilimlarga
tayanib,
ikkinchi
bosqichdagi
bilimlar
o ‘zlashtiriladi.
M uharrirlik
mahoratiga ega b o ‘lish uchun bu bosqichda quyidagilarni puxta
bilish talab etiladi:
-uslubiyat va nutq madaniyati;
-uslubiyat va
adabiy tahrir;
-funksionai uslublar;
-nutq birliklari uslubiyati;
-m atn uslubiyati;
-badiiy nutq uslubiyati;
. -adabiy nutqning funksionai tabaqalanish asoslari;
-rasm iy-ish yuritish uslubi;
-ilmiy uslub;
-publitsistik uslub;
-badiiy nutq uslubi;
-s o ‘zlashuv
nutqi - kitobiy nutq;
-yozm a kitobiy nutq;
-o g ‘zaki kitobiy nutq;
-o g ‘zaki so ‘zlashuv nutqi;
-og'zaki-rasm iy so‘zlashuv nutqi;
119
-o g ‘zaki-oddiy so‘zlashuv nutqi;
-s o ‘zlashuv nutqining asosiy uslubiy xususiyatlari;
-ilm iy asar uslubi;
- o ‘quv adabiyotlari uslubi;
-ilmiy-ommabop asarlar uslubi;
-publitsistik asarlar uslubi;
-ensiklopedik asarlar uslubi;
-m a’lumotnoma, y o ‘riqnom a asarlar uslubi va b.
Yuqorida qayd etilganlar to iiq o ‘zlashtirilgandan so‘ng
muharrirlik
mahoratiga ega bo‘lishning uchinchi bosqichiga
o ‘tiladi.
Dostları ilə paylaş: