Buxoro davlat universitetining pedagogika



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/87
tarix28.11.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#168260
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   87
Bahronova ShaxloTexnik ijodkorlik va konstruksiyalash MAJMUA

Adabiyotlar: 
1. З.Давлетшева Тикув буюмларини тайёрлаш технологияси. Ўқув қўлланма 
Тошкент “Сано стандарт” нашриёти 2017
 
2. Г.К.Хасанбаева. Кийим моделини ишлаш ва конструциясини тайёрлаш. 
укув кулланма. Тошкент.укитувчи 1990 йил.
3. Э. К. Амирова и др. Конструирование одежды: Учеб. пособие, М.: 
Издательский центр «Академия», 2005.
4. Р.И.Егорова, В.П.Монастырная «Учись шить» книга для среднего 
школьного возраста 2-е издание. – М.: Просвещение, 1989 г.
5. Чижикова Л.П. Кружок конструирования и моделирования одежды. 
Пособие для руководителей кружков шк. И внешкю учреждений. – М.: 
Просвещение, 1990.


6. Трудовое обучение. Учебник для 5-класса школ общего среднего 
образования: / Авторы Ш.Шарипов и другие. – T.: «Шарк», 2015. 155-168 стр.
MA’RUZA № 5 
 
Mavzu: 
Choynak uchun yopqish, taglik asos chizmalarini chizish, o‘lchov 
olishni, fartuk va ro‘mol fasonlarini o‘zgartirishni o‘rganish. 
Reja: 
1. Modelni tanlash va modelning tashqi ko'rinishini tavsiflash. 
2. Fartukni modellashtirish. 
3. Choynak uchun qozonlar, isitish yostiqchalari va stendlarni modellashtirish

Tayanch so‘zlar: 
taglik, asos chizma, fartuk, ro‘mol, astarlar, bo‘laklar, 
bichiqlar, dazmollar. 
Choynak yopqichni tikish uchun albatta birinchi navbatda gazlama, ichki 
qatlam va bezaklar tanlanadi. Bezak berish hammaning didiga qarab bezaladi. Eskiz 
chiziladi. Shablon tayyorlanadi. Shablonni gazlamaga joylab chok haqlari tashlanib 
bichib olinadi. Bichiq bo‘laklarini bir-biriga ulab tikib chiqiladi. CHoklarni orasi 
ochilib dazmollanadi. Astarlari gazlama ham huddi shu tariqa bichib tikiladi. Asos 
va astarni bir biriga ulab tikiladi. Astar ulab bo‘lgach ichiga suniy paxta yoki tabiiy 
paxta solinibetak qismi ham yopib tikib chiqiladi. Qavib chiqiladi. Qopqoqg‘i ham 
shu 
tarzda 
tikiladi. 
Bezak berish hammaning didiga qarab bezaladi. 
Oshxona fartuklarini oddiy tikuv mashinalarida ham tikish mumkin. 
Matolarni ulgurji savdo do‘konlaridan sotib olgan ma’qul, bu xarajatni bir oz tejaydi. 
Dizaynerlik oshxona fartuklari bozordagi bir xillik fartuklardan farq qilishi uchun 
tikiladigan matoga e’tibor qaratish lozim. Matoni tanlashda namlik va kirlarni 
o‘tkazmasligi uchun qalinroq bo‘lishi, paxta, lyon matolari gulli, chiroyli rangli 
bo‘lishi yanada fartukka bo‘lgan talabni oshirishga yordamlashadi. 
Dizaynerlik oshxona fartuklarini tikishda dizaynerning ishlari e’tiborga 
sazovordir. Albatta oshxona fartugining konstruksiyasi va texnologiyasi jihatdan 


juda sodda bo‘lib, biznesingizni rivojlanishi fartuk uchun tanlangan mato va 
bezaklarga bog‘liq. Demak oshxona fartuklari matosining gullari, rangi, bezaklari 
nafaqat kiyimlarni himoyalashi, balki estetik zavq bag‘ishlashi muhimdir. Oshxona 
fartuklarini tikish uchun malakali tikuvchi bo‘lish shart emas. Oshxona fartuklari 
30-40 yillardan beri o‘z bichimlarini saqlab qolgan, uning eski andazalaridan ham 
foydalansa bo‘ladi. 
Siz tikayotgan oshxona fartuklarining qay birga talabni ko‘p bo‘lishi internet 
tarmog‘idagi ijtimoiy tarmoqlardan ham bilish mumkin. Buning uchun oshxona 
fartuklarini bir necha xil ranglarda va matolarda tiking va chiroyli fonlarda, sifatli 
qilib suratga oling, bunda mahsulot to‘liq ko‘rishini hisobga oling. Rasmlarni 
ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirib talabni o‘rganing.Mana shu talab asosida 
mahsulotlaringizni ishlab chiqarishingiz mumkin

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin