75
13.1
–
rasm
. Zilzilaning
gipotsentri va epitsentri:
G–giposentr; E–episentr
13. SEYSMIK HODISALAR VA ZILZILALAR. SEYSMIK
RAYONLARDA QURILISH ISHLARI
13.1. Seysmik hodisalar va zilzilalar
Seysmik hodisalar
- yer qobig’ining ayrim joylarini keskin ravishda turli
kuch bilan harakatlanishi natijasida tog’ jinslarining elastiklik muhitda seysmik
to’lqinlarni hosil bo’lishida namoyon bo’ladi va
buni -
zilzila
deb ataladi. Zilzilalar
juda qiska vaqt ichida, bir necha sekundan bir necha minutgacha davom etadi.
Agar zilzila markazi okean va dengiz ostida bo’lsa,
dengiz zilzilasi
deb yuritiladi.
Zilzilaning sabablari tabiiy va sun’iy bo’lishi mumkin.
Sun’iy zilzilalar kishilarning muhandislik faoliyatlari, yer osti portlashlari
(yadroli), tog’larda shaxta qazishda tog’ jinslarining o’pirilish
natijasida hosil
bo’lishi mumkin.
Tabiiy zilzilalarni keltirib chiqaradigan sabablar: denudatsion, vulqon va
tektonik harakatlar bo’lishi mumkin.
Denudatsion (o’pirilish) zilzilalar asosan suyuqlanuvchan tog’
jinslari
(ohaktoshlar va tuzli qatlamlar) bo’lgan joylardagina yuz beradi. U joylarda juda
katta yer osti g’orlari hosil bo’ladi. Agar g’orlarning shiftlari yetarli darajada
mustahkam bo’lmasa, ular o’z og’irligini
ko’tara olmay o’pirilib
tushadi va tushgan
massaning zarbidan zilzila hosil bo’ladi.
Ular kuchli bo’lmasdan, uncha katta
bo’lmagan maydonlardagina tarqaladi.
Vulqon zilzilalari vulqondan magmaning
yer sirtiga chiqish
kanali berkilgan vaqtda
vulqon gazlarining portlashi natijasida yuz
beradi. Bunday zilzilalar zo’r vulqon otqini
vaqtida sodir bo’lib, ba’zan katta halokat-
larni yuzaga
chiqaradi va butun - butun
shaharlarni vayron qiladi. Bunday zilzilalar
tektonik zilzilalar singari katta maydonni
76
egallamaydi. Katta vayronagarchiliklar keltirgan kuchli zilzilalarning
hammasi
tektonik, ya’ni yer pustining dislo-kasiyalari, tog’ hosil bo’lishi jarayonlari
bilan bog’lan gan zilzilalar qatoriga kiradi.
Yerning
ichki qismidagi, qobig’ ostidagi seysmik energiya to’planadigan
joy zilzila o’chog’i yoki -
Dostları ilə paylaş: