77
«jonlanib» ketadi, yer yuzasi pasayishi, unda yoriqlar paydo bo’lishi,
bino va
inshootlarda darzlar hosil bo’lishi, qulab tushishi mumkin.
Ofat keltiruvchi zilzilalar minglab turar joylarni bo’zib tashlaydi, ko’p
minglab kishilarning yostig’ini quritadi. Tarixda bunday dahshatli zilzilalar
ko’plab ro’y bergan: Dastlabki bizga ma’lum bo’lgan zilzila Xitoyda, Miloddan
avval VII asrda Syan’ shahrida ro’y bergan, Kal’kutta
shahri butunlay vayron
bo’lgan va 300 mingdan ortiq aholi halok bo’lgan. O’tgan XX - asrdagi ofatli
zilzilalar quyidagilardir: 1923 yil sentyabr oyidagi Yaponiyada ro’y bergan zilzila
oqibatida - Tokio va Iokogamu shaharlari butunlay vayron bo’lgan, minglab
insonlar nobud bo’lgan. Oxirgi yillarda bo’lib o’tgan ofatli zilzilalarni aytib o’tish
mumkin. Bular: Yugoslaviyaning, Skople shahridagi, Turkmanistonning Ashxobod
shahridagi, Poytaxtimiz Toshkent shahridagi,
yoki yaqin yillarda Meksika, Xitoy
va Armeniyadagi zilzilalardir. Toshkent shahrida zilzila 1966 yil 26 aprelda, 8 balli
kuch bilan 3-4 sekund muddatda bo’lib o’tdi. Epitsentr shahar markazida bo’lib,
yer kimirlashi sezuvchi kuch bilan bir yildan ko’proq davom etdi. 1988 yil
7dekabrdagi Armeniyaning Spitak va Leninakan shaharlarida ro’y bergan zilzila
8-9 ballarga yetib borib, ko’plab insonlarning yostig’ini quritdi, katta iqtisodiy
zarar yetkazdi. Har yili yer yuzida 100000 ko’proq zilzila ro’y berib, shulardan
100 tasi kuchli bo’lib, qolganlarini
odamlar sezmaydilar ham, ularni faqatgina
sezgir seysmik asboblar bilan aniqlash mumkin. Zilzila kuchini aniqlash uchun
seysmik shkalalar ishlatiladi. Ball shartli birlik hisoblanib, zilzilalarning kuchi
bo’yicha taqqoslash mumkin. Seysmik to’lqinlarning
amplitudasi va davr
seysmograflar yordamida aniqlab olingach, quyidagi formula yordamida
tuproqning tebranish tezlanishi (
E
) ni aniqlab olishimiz mumkin.
2
2
4
Т
А
Е
(13.1)
Bu yerda A - amplituda: mm T- seysmik to’lqinning tebranish davri, sek.
Zilzilalarning intensivligi zilzila paytida, gipotsentrdagi ajralib chiqqan energiya-
ning miqdori bilan aniqlanadi.
Zilzila energiyasi miqdorini, B.B.Galitsin
formulasi bilan aniqlash mumkin: