Toshkent 2020 yil


Havo, rel‘ef va boshqa ekologik omillar



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

 
Havo, rel‘ef va boshqa ekologik omillar.
Havo - o‗simliklar uchun faqat 
muhit bo‗libgina qolmasdan, ularda kechadigan bir qator hayotiy jarayonlar va 
oziqlanishda birdan-bir ekologik omil sifatida ishtirok etadi. 
Atmosfera havosi bir necha gazlarning aralashmasidan iborat bo‗lib, 
o‗simliklar uchun bevosita ahamiyatga ega bo‗lganlari - karbonat angidrid
kislorod va azot hisoblanadi. Karbonat angidridning havodagi miqdori – 0,03%. U 
atmosferada o‗simlik va hayvonlarning nafas olishi, yonish jarayonlari hamda 
vulqonlar otilgan paytda ajralib chiqadi. Kislorod havoda o‗simliklar uchun zarur 
bo‗lgan miqdordan ham ortiqroq bo‗ladi. Azot ko‗pchilik o‗simliklar uchun 
ahamiyatsiz hisoblansada, u tuban o‗simliklar, ayniqsa, tuganakli bakteriyalar
azotobakteriya va aktinomitsetlar, yashil suv o‗tlari uchun ozuqa manbai sifatida 
xizmat qiladi. Havodagi sulfat angdirid, azot oksidlari, vodorod galogenlari, 
ammiak va boshqa zararli moddalar o‗simliklardagi gaz almashish paytida
yog‘ingarchilik vaqtida, yerga tushganda va changlarning o‗tirishi natijasida 
o‗simlik organlariga kirib, ularning barglari va boshqa organlarini zaharlaydi. 
Natijada, o‗simlikda hayotiy jarayonlar buziladi va ular butunlay nobud bo‗lishi 
ham mumkin. Shuning uchun hozirgi vaqtda atmosfera havosini muhofaza qilish 
bo‗yicha juda katta konstruktiv, texnologik, sanitar-texnologik va boshqa tadbirlar 
amalga oshirilmoqda. 
 
Shamol deganda
havo massasining yer yuzi bo‗ylab ko‗chib yurishi 
tushuniladi. O‗simliklarga shamol bevosita va bilvosita ta‘sir ko‗rsatadi. 
SHamolning to‗g‘ridan-to‗g‘ri ta‘siri, uning mexanik ta‘siridir. U daraxtlarning 
poyasini sindiradi, barglarini yulib ketadi.
Shamol o‗simliklardagi fiziologik jarayonlarga ham ta‘sir qiladi, U o‗simlik 
bug‘latayotgan suvni olib ketadi. Uning o‗rnini quruq havo massasi egallaydi. 
O‗simlik fotosintez uchun zarur bo‗lgan karbonat angidrid bilan shunday 
ta‘minlanadi. O‗rta Osiyo cho‗llarida esadigan ―garmsel‖ shamoli o‗simliklarga 
jiddiy zarar yetkazadi. 
Shamolning bilvosita ta‘siri shundan iboratki, u qum va 
tuproqlarni ko‗chirib yuborishi natijasida o‗simliklar ildizlari ochilib qoladi. 
Shamolning doimo bir tomonga esishi o‗simliklarning tashqi qiyofasiga ham ta‘sir 
qiladi. Natijada, ular bayroqsimon shaklli bo‗lib qoladi. 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
48 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin