Axborotlarning tuzilishi, turlari, shakllari va turkumlanishi.
Inson
hayotini axborotsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Axborotning esa hayotda har xil
ko‘rinishlari va turlari bor. Ma’lumki, har bir inson moddiy ne’matlar bilan birga
ular haqidagi axborotlarni ham bilishi zarur. Inson o‘zining qo‘li
orqali jismning
qattiq va yumshoqligini, tili orqali ovqat ta’mini, burni
orqali har xil hidlarni
sezadi, quloqlari orqali har xil tovushlarni eshitadi, ko‘zi
orqali turli shakllar,
manzaralar va ranglarni ko‘radi, umumiy qilib aytganda, sezgi a’zolari orqali turli
axborotlarni oladi. Bundan ko‘rinib turibdiki,
axborotni hayotdan har xil
ko‘rinishlarda olish mumkin ekan. Masalan:
rasm, chizma, yozuv va fotosurat ko‘rinishida;
nur yoki tovush signallari ko‘rinishida;
radioto‘lqinlar ko‘rinishida;
elektr va nerv impulslari ko‘rinishida;
magnit yozuvlari ko‘rinishida;
mimika ko‘rinishida;
hid va ta’m sezgisi korinishida;
xromosomalar ko‘rinishida va hk.
Informatikada
narsalar, jarayonlar, moddiy
va nomoddiy xususiyatli
hodisalar ularning axborot berish xususiyatlaridan kelib chiqib
axborot obyektlari
deb ataladi.
Axborot ko‘rinishlardan tashqari shaklan
Dostları ilə paylaş: