Qadimgi rim imperatori Yuliy Sezar ham axborotning maxfiyligini saqlash
uchun matnni kodlash usulini o‘ylab topgan. “Sezar shifri”da
matndagi harf
alifboda o‘zidan keyin kelgan uchinchi harfga almashtiriladi. Bunda alifbo
doiraviy yozilgan hisoblanadi. Bu kodlash usul
alifboni surish usuli
deyiladi. Sezar
usulidan foydalanganda belgini istalgancha surish mumkin.
Semyuel Morze 1837-yilda elektromagnit telegraf
qurilmasini ixtiro qilgan
va 1838-yilda shu qurilma uchun telegraf kodini ishlab chiqqan. Unda turli harf va
raqamlar nuqta va tirelarning maxsus ketma-ketligi ko‘rinishida ifodalangan, ya’ni
axborot uchta belgi yordamida kodlanadi: “uzun signal” (tire yordamida
ifodalanadi), “qisqa signal” (nuqta yordamida ifodalanadi), “signalsiz” (bo‘shliq.
pauza bilan ifodalanadi). Mazkur kodlash usuli hozirgi kunda ham qo‘llanib
kelinmoqda.
Morze kodlash usuli
notekis (o‘zgaruvchan) kod
deb yuritiladi.
Insoniyatga ma’lum belgilar bu usuldagi ikki yoki undan ko‘p belgilar yordamida
ifodalanadi. Umuman, kodlash usulida ishtirok etgan belgilar soni (hajmi) bir xil
bo‘lsa
tekis kodlash usuli,
Dostları ilə paylaş: