1-amaliy mashg‘ulot


belgilar soni (hajmi) bir xil bo‘lmasa  notekis kodlash  usuli



Yüklə 435,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix28.11.2023
ölçüsü435,95 Kb.
#168934
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-- mashg\'ulot

 
belgilar soni (hajmi) bir xil bo‘lmasa 
notekis kodlash 
usuli
 
deb ataladi. 
Ma’lumki. kompyuterlar elektr toki asosida ishlaydi. Kompyuter maxsus 
qurilmada tokning bor bo‘lishini 1 ga teng. aks holda, ya’ni tok bo‘Imaganda 0 ga 
teng axborot deb oladi. Ikkinchi tomondan, axborotlarni kodlash uchun kodlash 
sistemasi ikkita belgidan iborat bo‘lishi yetarli bo‘ladi. Endi belgilarni ikkita belgi 
orqali qanday kodlash mumkinligini ko‘rib chiqamiz. 
Kompyuter raqamlarning o‘zini emas, balki shu
 
raqamlarni ifodalovchi 
signallarni
 
farqtaydi. Bunda raqamlar signalning ikki qiymati bilan (magnitlangan 
yoki magnitlanmagan; ulangan yoki ulanmagan; ha yoki yo‘q va hk.) ifodalanadi. 
Bu holatning birinchisini 1 raqami bilan, ikkinchisini csa 0 raqami bilan belgilash 
qabul qilingan bo‘lib, 
axborotni ikkita belgi yordamida kodlash
 
(qisqacha. 
ikkilikda kodlash

nomini olgan. Masalan: A – 01000001, B – 01000010, D – 
01000100 va hk. 
Kompyuterlarda har bir belgiga 0 va 1 belgilarining ketma-ketligidan iborat 
8 ta belgi mos qo‘yiladi. 8 ta nol va birlarning turli o‘rin almashtinshidan 
foydalanib, turli xildagi belgilarni kodlashimiz mumkin. 0 va 1 dan iborat raqamlar 
yordamida ularni 8 tadan ajratsak, bu o‘rin almashtirishlar soni 2
8
=256 ga teng 
bo‘ladi, ya’ni ular yordamida 256 ta harflar, raqamlar, turli boshqa belgilarni 
kodlash mumkin bo‘ladi. 
KITOB so‘zini quyidagicha kodlash mumkin: 
01001011 01001001 01010100 01001111 01000010 
Buyruqlarni yoki turli boshqa turdagi axborotlarni kodlash uchun shu 
tartibda yondashiladi. Biroq, turli rusumdagi kompyuterlar uchun turlicha bo‘lishi 
mumkin. Bu texnikaning xususiyatiga bog‘liq bo‘lgan holatdir. 
Agar ikkilikda kodlangan belgilarni o‘n oltilikda kodlamoqchi bo‘lsak, 
tetrada
kodlash usulidan foydalanishimiz mumkin. Bu holda sanoq sistemasidagi 
sonlarni taqqoslash jadvaliga ko‘ra 4=0100 va 1=0001 ekanligidan A belgisi kodi 
o‘n oltilikda 41 ga teng bo‘ladi. Agar birinchi raqamni ustun, ikkinchi raqamni satr 
tartib raqami deb olsak, yangi jadval hosil qilamiz. Bunda har bir raqam va 


alifbodagi belgi jahon andozalaridagi kodlash jadvali – 
ASCII 
(American Standard 
Code for Information Interchange) jadvali hosil bo‘ladi. 
Nol va birlar ketma-ketligi bilan grafik axborotlarni ham kodlash mumkln. 
Buning uchun quyidagi usuldan foydalaniladi. 
Biror rasmga diqqat bilan razm solsangiz, u mayda nuqtalardan (ularni 
poligrafiya tilida “rastr” deyishadi) tashkil topganligini ko‘rasiz. Turli poligrafiya 
uskunalaridan foydalanganlik bois, bu nuqtalarning zichligi turlicha bo‘ladi. 
Ko‘pchilik gazetalardagi rasmlarda bir santimetrlik uzunlikda 24 ta nuqta bo‘ladi, 
ya’ni 10×10 santimetr o‘lchovidagi rasm taxminan 60 ming nuqtadan iborat 
bo‘ladi. Agar bular bir xil darajadagi oq va qora nuqtalardan iborat bo‘lsa, u holda 
ularning har birini 0 yoki 1 qiymatni qabul qiluvchi bitta bit bilan kodlasa bo‘ladi. 
Agar nuqtalar holati har xil bo‘lsa, u holda bitta nuqtaga bir bit yetarli bo‘lmaydi. 
Ikki bit bilan nuqtaning to‘rt xil rangini: 00 – oq, 01 – och kul rang, 10 – to‘q kul 
rang, 11 – qora rangni kodlash mumkin bo‘lsa, uch bit 8 xil rangni, 4 bit 16 xil 
rangni kodlash imkoniyatini beradi va hokazo. 
Kompyuterda rangni ifodalash uchun uch xil – qizil, yashil va ko‘k 
ranglardan foydalaniladi. Bu qurilma RGB modul deb nomlanadi. 

Yüklə 435,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin